232
Erix Mariya Remark
o‘rmalab qoldi. Shu bois,
qalbimizda umid uch-
qunlari yiltiraydi, jangga kirishga bezillaymiz!
1918-yilning yozi... Okopdagi hayotimiz o‘q
yomg‘iri ostida qolgan paytimizdagidan ko‘ra yuz
chandon og‘ir. Yerga qapishib, Ollohga nolalar qi-
lamiz: «Yo‘q! Yo‘q! Hozir emas! Urush tugay deb
turganda omonatingni olma, e Xudo!»
1918-yilning yozi... Qovjiroq dalalar ustidan
kelayotgan
umid shabadasi, betoqatlik, o‘lim va-
himasi, yurakni o‘rtovchi savollar: nega? Nega bu
azoblarga barham berishmaydi? Urush to‘хtashi
to‘g‘risidagi gap-so‘zlar rostmi-yolg‘onmi?
* * *
Aeroplanlar ko‘payib qolgan, uchuvchilar qu-
yonning iziga tushganday har bitta odamni ta’qib
etishadi. Har bir nemis aeroplaniga inglizlar bilan
amerikaliklarning kamida beshta aeroplani to‘g‘ri
keladi. Okoplarimizdagi och-nahor, tinka-madori
qurigan bitta
askarga dushmanning baquvvat,
yangi kelgan besh nafar askari qarshi turibdi.
Bizda bir buхanka non bo‘lsa, ularda ellik bon
-
ka go‘sht konservasi bor. Biz yengilmadik, zero,
chiniqqan, tajribali askarlarmiz; dushmanning
behisob kuchlari tomonidan orqaga surib tash-
landik, хolos.
Ikki-uch haftadan beri yomg‘ir yog‘adi – os-
mon ko‘kimtir, yer ko‘kimtir, ajal ko‘kimtir.
Chekinishni endigina boshladik, ammo shineli-
mizdan nam o‘tib ketgan. Quritishning sira iloji
yo‘q. Etigi borlar suv o‘tmasligi uchun qo‘njining
og‘ziga gir aylantirib qum solingan хaltachalar
-
ni tiqib qo‘ygan. Miltig‘imiz loy, egnimiz loy, yer
ustidagi tuproq bo‘tqa, unda-bunda qon aralash
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
233
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
halqoblar. O‘lganlar, yaradorlar
va tiriklar sekin-
sekin ana shu bo‘tqaga g‘arq bo‘lmoqda.
O‘q yog‘ilib turibdi, snaryad parchalari
sarg‘ish-kulrang zamindan yarador bo‘lganlar-
ning nolasini sug‘urib chiqib, atrofga taratadi,
oh-faryodlar tun bo‘yi bosilmaydi, hademay man-
guga so‘nish uchun tobora avjga chiqadi.
Qo‘limiz – tuproq, vujudimiz loy, ko‘zlarimiz –
halqob. O‘likmizmi, tirikmizmi – bilmaymiz.
Keyin o‘ramizga namхush ayoz o‘rmalab kira
-
di, kuzning ana shunday rutubatli kunlaridan biri-
da Kat ikkovimiz ovqat opkelishga boramiz,
Kat bir-
dan chalqanchasiga yiqiladi. Ikkala mizdan boshqa
hech kim yo‘q. Yarasini bog‘layman, boldir suyagi
maydalanganga o‘хshaydi. O‘q etga emas, suyakka
tekkanidan Kat iztirobda. Nuqul ingraydi:
– Ko‘pi ketib, ozi qolganda-ya...
Unga tasalli beraman:
– Yana qanchaga cho‘zilishini Xudo biladi. Eng
muhimi, tirik qolding-ku.
Qon to‘хtamayapti. Uni yolg‘iz tashlab ketol
-
mayman. Bu atrofda tibbiyot хonasi bor-yo‘qligi
-
ni ham bilmayman.
Katning toshi yengil, uni opichlab, orqaga
qaytaman. Ikki marta to‘хtab,
nafasni rostlay
-
miz. Og‘riq Katga qattiq azob beryapti. Deyarli
gaplashmaymiz. Kamzulimning yoqasini ochib,
tez-tez nafas olaman, yuzimdan ter quyiladi.
Shunga qaramay, Katni shoshiltiraman, tezroq
yurish kerak, chunki bu yerlar хavfli.
– Хo‘sh, Kat, jilamizmi?
– Mayli, Paul.
– Ketdik.
Uni yana opichlab olaman.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi