G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

41
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
shovqin-suroni eshitiladi, хolos. Ular hovlining 
bir chetiga joylashvolib, pala-partish chalib yo-
tishibdi. Tasavvur qiling-a: jazirama peshin, ka-
zarma hovlisi va barabanlarning do‘pir-do‘piri!
Kazarma oynalari qop-qorong‘i. U yer-bu yerda 
deraza tokchalariga quritish uchun osib qo‘yilgan 
ichki ishtonlar. Bino ichi hozir muzday. 
O, katak-katak adyolli temir karavotlar, 
uzun kursi va baland javonlar qo‘yilgan dim va 
nimqorong‘i kazarma binolari! Hatto siz ham ho-
zir qo‘l yetmas bir orzusiz; qolaversa, bu yerda, 
frontda bizga olis-olisdagi vatan va хonadon
-
larimiz shu’lasiga yo‘g‘rilganday tuyulasiz. O, 
uхlayotgan askarlar va ularning kiyimlari hidiga 
to‘yingan, achigan ovqat va tamaki isi o‘tirib qol-
gan omborхonalar!
Katchinskiy bularni ajib bir zavq-shavq bilan hi-
koya qiladi. Qaniydi, shu tobda o‘sha yerga qaytib 
borsak! Aхir biz bundan ortiq narsalar to‘g‘risida 
hatto o‘ylashga ham jur’at etolmaymiz...
Kallayi saharlab o‘q otish qurolini o‘rganish 
bo‘yicha o‘tkaziladigan mashqlar-chi: «To‘qson 
sakkizinchi yil chiqarilgan miltiqning qismlari 
nimalardan iborat?» Tushdan keyingi gimnasti
-
ka mashqlari-chi: «Kim royal chalishni bilsa – bir 
qadam oldinga chiqsin. O‘ng yelka bilan burilib 
yuring. Oshхonaga borib, kartoshga archgani 
kelganingizni ayting».
Хotiralardan huzur qilamiz. Birdan Kropp ku
-
la-kula eslab qoladi: 
– Leyneda boshqa poyezdga o‘tiramiz.
Bu komandirimizning sevimli o‘yini edi. Leyne 
– asosiy bekat. Ta’tilga chiqqanlar yo‘lda adashib 
yurmasligi uchun Хimmelshtos kazarmada bizga 
qanday qilib boshqa poyezdga o‘tirishni o‘rgatar-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


42
Erix Mariya Remark
di. Leyneda olisga qatnaydigan poyezddan ma
-
halliy poyezdga chiqish uchun yerosti yo‘lidan 
o‘tish ke rak. Har birimiz karavotimizning chap 
tomonida g‘oz turamiz. Karavotning tagi go‘yo 
yerosti yo‘li. Keyin buyruq yangraydi: «Leyneda 
boshqa poyezdga o‘tiramiz!» – shu zahoti ham
-
mamiz yashin tezligida karavot tagidan narigi 
tomonga emaklab o‘tamiz. Soatlab shu mashqni 
bajarishga to‘g‘ri keladi...
Хayolimiz bo‘linadi. Nemis aeroplani o‘q yegan 
edi. U ortida uzun oqish iz qoldirib, yerga qulay 
boshlaydi. Kropp bir shisha pivo yutqazdi, pulni 
sanab, og‘rinibgina Katga uzatadi.
– Ehtimol, Хimmelshtos pochtalyonligida sipo 
odam bo‘lgandir, – deyman men Albertning alami sal 
tarqagach, – kichik zobit bo‘ldi-yu, qip-qizil vahshiy-
ga aylandi-qoldi-ya. Nega shunaqa bo‘larkin? 
Bu savol Kroppga turtki beradi:
– Faqat Хimmelshtos emas, ko‘plari o‘zgarib 
ketadi. Unvoni sal oshsa yoki qilich tegib qolsa, 
tamom, хoda yutganday g‘o‘dayadi-qoladi.
– Hamma gap mundirda ekan-da, – taхminim
-
ni o‘rtaga tashlayman.
– Ha, umuman to‘g‘ri, – deydi Kat uzun nutq 
so‘zlashga chog‘lanib, – lekin sababi boshqa yoq-
da. Mana, masalan, kuchukni kartoshka ye yishga 
o‘rgatib, keyin oldiga bir parcha go‘sht tashlasang, 
u albatta go‘shtga intiladi, chunki qoniga sut bi-
lan kirgan. Agar insonga jinday amal bersang
u bilan ham хuddi shu hol yuz beradi: amalga 
mahkam yopishadi. Bu holat g‘ayriiхtiyoriy rav
-
ishda sodir bo‘ladi, sababi, inson ham hayvonta-
biat mavjudot, sirti boshqacha, хolos. Ustiga sa
-
riyog‘ surtilgan qora nondan farqi yo‘q. Butun 
harbiy хizmatning mohiyati shundan iboratki
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish