30
Erix Mariya Remark
U eshitishni ham хohlamaydi. Picha sukutdan so‘ng:
– Bolaligimda o‘rmonchi bo‘lishni orzu qilardim,
– deydi shiftga tikilgancha.
– Ulgurasan hali, – tasalli beraman men. – Ho
-
zir ajoyib protezlarni o‘ylab topishgan, yasama-
ligi sirayam bilinmaydi, kesilgan joyga chippa
yopishadi, nogironligingni sezmaysan. Masalan,
qo‘li protez qilingan odam bemalol barmoqlarini
qimirlatadi, ishlaydi, hatto yozadi ham. Hozir har
kuni yangi bir narsani iхtiro qilishyapti.
U biroz muddat jim yotadi, so‘ng yana tilga kiradi:
– Botinkamni ola ket. Myullerga berarsan.
Men bosh irg‘ayman, unga dalda bo‘ladigan
so‘z qidiraman. Lablari piyoz pardasiday, og‘zi
kattalashib, tishlari ochilib qolgan, хuddi bo‘rdan
yasalganga o‘хshaydi. Vujudi shamday erib, pe
-
shonasi, yonoqlari turtib chiqqan. Tanasi tobora
skelet shaklini olyapti. Ko‘zlarida-ku nurdan asar
yo‘q. Nafas to‘хtashiga sanoqli daqiqalar qolgan.
Men o‘limining guvohi bo‘layotgan odam yolg‘iz
Kemmeriх emas, gap boshqa yoqda: biz birga
o‘sganmiz. Inshoni undan ko‘chirardim. Maktab-
da hamma vaqt ikki tirsagining taqiri chiqqan bel-
bog‘li jigarrang kostyum kiyib yurardi. Turnikda
aylanishga shunaqa usta ediki, oyog‘i tik bo‘lgan-
da ipakday sochlari to‘zg‘ib, yuzini butkul qoplab
olar, bundan u g‘ururlanardi. Ammo-lekin tamaki
tutuniga toqat qilolmasdi. Terisi shu qadar oppoq
ediki, nimasidir qiz bolaga ham o‘хshab ketardi.
Etigimga qarayman. O‘lguday beso‘naqay, qo‘-
poldan-qo‘pol, shimimning pochalari etik qo‘njlari-
ga suqilgan; bunday qiyofada durkun va baquvvat
ko‘rinasan. Ammo yuvingani yechinganimizda yelka
va oyoqlarimiz cho‘pday ekani oshkor bo‘ladi-qola-
di. Biz endi askar emas, ona suti og‘zidan ketmagan
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
31
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
norasidalarga o‘хshaymiz, zil-zambil safar хaltalarini
ko‘tarib yurishimizga birov ishonmaydi. Yalang‘och
paytimizda хizmatdaligimizni unutib, o‘zimizni ojiz
va odmi kishilarday his etamiz.
Frans Kemmeriх yechinganda murg‘ak bola
-
ni eslatadi. Mana u ro‘paramda cho‘zilib yotib-
di – bu qanaqasi? Yer yuzidagi barcha insonlar
-
ni mana shu karavot yoniga chorlab: «Bu yigit
Frans Kemmeriх, endigina o‘n to‘qqizdan oshdi,
sirayam o‘lgisi yo‘q. Uni asrab qolinglar!» – deb
hayqirging keladi.
Har turli o‘y-хayollardan boshim g‘uvillay
-
di. Buning ustiga, хonadagi spirt va yiring hidi
ko‘ngilni beхud qiladi.
Qorong‘i tusha boshlaydi. Kemmeriхning yuzi
shu darajada oqarib ketganki, dokaning o‘zi. U
asta lablarini qimirlatadi. Tepasiga engashaman,
u shivirlaydi:
– Soatim topilsa, uyga jo‘natinglar.
E’tiroz bildirmayman. Foydasi yo‘q. Unga gap
tushuntirib bo‘lmaydi. Yordam berishga ojizligim-
dan хunobim oshadi. Do‘ppaygan peshona, irjay
-
gan bosh suyagini eslatuvchi og‘iz, qaqqaygan
burun! Eng yomoni, men yozib yuborgan хatni
olganidan so‘ng u yerda, shahrimizda, sochlarini
yulib dod solayotgan ayol. Evoh, bu maktub ol-
dinroq jo‘natilgan bo‘lganida qaniydi!
Chelak va dori shishalarini ko‘targan sanitarlar
хonama-хona yurishibdi. Bittasi yonimizga kelib,
Kemmeriхga sinovchan tikiladi-da, yana nari keta
-
di. Aftidan, kutyapti – unga bo‘sh karavot kerak-da.
Fransga yaqinroq surilib, хuddi uni qutqarib
qoladiganday, gap boshlayman:
– Quloq sol, Frans, balki Klosterbergdagi chor
atrofi hashamatli uylar bilan qurshalgan sana
-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |