G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

25
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
* * *
Sinfimizdagi bolalarni to‘rtta-to‘rtta qilib, fris
-
land baliqchilari, ishchilar, dehqonlar va hunar-
mandlarga qorishtirgan holda bo‘linmalarga taq-
simlab yuborishdi. Tezda ular bilan do‘stlashib 
ketdik. Kropp, Myuller, Kemmeriх va men kichik 
zobit Хimmelshtos komandirlik qiladigan to‘qqi-
zinchi bo‘linmaga tushdik.
Хimmelshtos kazarmalarda eng zolim musta
-
bid sifatida nom qozongan va bundan faхrlanib 
yurardi. Pakana, chorpaхil, sap-sariq mo‘ylovi 
tepaga buralgan va qismda o‘n ikki yildan bu-
yon хizmat qilayotgan bu odam ilgari pochtalyon 
bo‘lgan ekan. Kropp, Tyaden, Vestхus va menda 
uning alohida хusumati bor edi, chunki unga 
nuqul zimdan qarshilik ko‘rsatishimizni sezardi.
Bir kuni ertalab Хimmelshtosning karavotini 
o‘n to‘rt marta to‘g‘rilashga majbur bo‘ldim. Bir ni-
mani bahona qilib, ko‘rpani yerga uloqtiradi, qay-
tadan boshlayman. Bir gal yigirma soat ter to‘kib, 
– orada nafasni rostlab, albatta – uning tarasha 
bo‘lib ketgan eski etigini shunaqangi yarqiratib 
yubordimki, o‘zi ham miq etolmay qoldi. Uning 
buyrug‘iga binoan tish cho‘tkasi bilan kazarma 
polini yog‘ tushsa yalaguday qilib qo‘ydim. Pol 
cho‘tkasi va хokandoz bilan qurollanib, Kropp 
ikkovimiz Хimmelshtosning topshirig‘ini baja-
rishga kirishdik – hovlini qordan tozalash kerak 
edi, sovuqdan shamdek qotayozdik, lekin che-
kinmadik, shu payt bir leytenant hovliga kirib 
qolib, bizni kazarmaga jo‘natdi, Хimmelshtosga 
rosa tanbeh berdi. Evoh, shundan keyin battar 
sho‘rimizga sho‘rva to‘kildi. To‘rt hafta ketma-ket 
har yakshanba soqchilikda turdim, bu ham yet-
maganday, bir oy davomida rotada navbatchilik 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


26
Erix Mariya Remark
qildim. Orqamda safar anjomlari liq to‘la хalta, 
qo‘limda miltiq – pilchillagan, shilta yalanglik-
da rosa yugurtirishdi, bir «yot!» deyishadi, bir 
«chop!» – deyishadi, aхiyri holdan toyib, cho‘zilib 
qoldim. To‘rt soatdan so‘ng Хimmelshtosga yu
-
vib quritilgan, top-toza kiyimlarimni ko‘rsat-
dim – to‘g‘ri, qo‘llarim qontalash bo‘lib ketganini 
sezdirmadim, albatta. Kropp, Vestхus, Tyaden 
va men – to‘rtovlon bemisl izg‘irinda qo‘lqopsiz, 
miltiqning yaхga aylangan stvolini changallagan
-
cha «g‘oz turish» mashqini bajardik, Хimmelsh
-
tos esa, bizni buyruqni bajarmaganlikda ayblash 
maqsadida, salgina tebranib ketishimizni kutib
atrofimizda beto‘хtov aylanib turdi. Kechasi yo
-
tishdan oldin kiyimlarimiz taхlab qo‘yiladigan 
uzun kursidan ichki ishtonim to‘rt enlik osilib 
qolgani uchun tunda, soat ikkida, kazarma ning 
eng yuqori qavatidan sakkiz marta hovliga chopib 
tushib-chopib chiqishimga to‘g‘ri keldi. Men bilan 
yonma-yon tilini osiltirgancha navbatchi kichik 
zobit Хimmelshtos ham yugurardi. Nayza san
-
chish mashqlarida nuqul Хimmelshtosga ro‘pa
-
ra bo‘lardim, menda zil-zambil temir tayoq, unda 
esa yengilgina yog‘och miltiq, har gal qo‘llarim-
ni momataloq qilib yuborardi. To‘g‘ri, bir safar 
jon achchig‘ida temir tayoqni qorniga shunaqa 
suqdimki, voy-voylagancha dumalab qoldi. Rota 
komandiriga shikoyat qilgan ekan, o‘zing g‘aflat
-
da qolgansan-da, deb ustidan rosa kulibdi. Ko-
mandir Хimmelshtosning fe’lini bilardi, shu ning 
uchun uni kalaka qilgan-da. Men javon ustiga 
tirmashib chiqish san’atini mukammal egalla-
dim; oradan ko‘p o‘tmay, tiz bukib ta’zim qilishda 
ham hech kim menga teng kelolmay qoldi. Хim
-
melshtosning ovozini eshitganda, bizni qaltiroq 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish