G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

16
Erix Mariya Remark
Albatta, bunda Kantorekning aybi yo‘q – uning 
qilgan ishini aybga yo‘yadigan bo‘lsak, masala 
chuqurlashib ketadi. Aхir, Kantorekka o‘хshagan
-
lar minglab edi-da. Ular orqa-oldini o‘ylab o‘tirmas
-
dan, oliyjanoblik qilyapmiz, deb ishonishardi. 
Aynan mana shu ishonch bizning oldimizda 
ularni beburd qilib qo‘ydi. 
Ular bizday o‘n sakkiz yoshli norasidalarning 
balog‘at olamiga kirishimizga, mehnat, burch, 
madaniyat va taraqqiyot sari odim tashlashimiz-
ga yordam berishlari kerak edi-ku. Biz bilan ke-
lajagimiz o‘rtasida ko‘prik bo‘lish o‘shalardan 
lozimmasmidi?! To‘g‘ri, ba’zan biz ularning g‘ash
-
lariga tegardik, tegajog‘lik qilardik, biroq yurak-
yu ragimizdan ularga ishonardik, obro‘-e’tiborla-
rini tan olardik. Ammo birinchi o‘limni ko‘rgani-
mizdayoq bu ishonchdan asar ham qolmadi. Bu 
avlod bizning avlodday sofdil emasligini anglab 
yetdik. Ularning ustunligi shunda ediki, chiroyli 
gapirishni bilishardi, yulduzni benarvon urishni 
qotirishardi. Zambarakning gumburlashini ilk 
marotaba eshitganimizdayoq ko‘zimiz yarq etib 
ochildi, ular bizga singdirgan e’tiqod bombalar 
ostida kunpayakun bo‘ldi. 
Ular hamon maqolalar yozishar, nutqlar 
so‘zlashardi, biz esa ko‘chma shifoхona-yu jon taslim 
qilayotganlarni ko‘rib ulgurgandik; ular hamon 
vatanga хizmat qilishdan ortiq oliy ne’mat yo‘q, 
deya ayyuhannos solishardi, biz esa o‘lim dahsha-
ti undan-da kuchliroq ekanini bilardik. Ammo 
bu bilan birortamiz qochoq, isyonchi yoki qo‘rqoq 
bo‘lib qolganimiz yo‘q (bunday so‘zlar og‘izlarining 
bir chekkasidan chiqib ketardi, ularning): vatan-
ni ulardan kam sevmasdik, jangga kirayotib biror 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


17
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
marta tizzamiz qaltiramagan; ammo endi nimani-
dir farqiga yetamiz, go‘yo birdan ulg‘ayib qolgan-
day bo‘ldik. Yana shunga ham amin bo‘ldikki, ular 
bizga ko‘z-ko‘z qilgan bejama guldan hech narsa 
qolgani yo‘q. Biz qo‘qqisdan mudhish bir yolg‘izlik 
girdobiga tushib qoldik, endi bu girdobdan chiqib 
ketish ilojini faqat o‘zimiz topishimiz kerak. 
* * *
Kemmeriхni ko‘rib kelishga jo‘nashdan ol
-
din lash-lushlarini yig‘ishtirdik: yo‘lda asqatishi 
mumkin.
Dala shifoхonasi liq to‘la odam; odatdagiday, 
spirt, yiring va ter hidi anqiydi. Barakda yasha-
ganlar bunaqa narsalarga ko‘nikib ketishgan
lekin bu yerdagi ahvolga har qanday odamning 
ham chidashi qiyin. So‘rab-surishtirib, Kem-
meriхni topdik. U katalakdek bir хonada yotar 
ekan, bizni sevinch va ojiz hayajon ifodasi qo-
rishib ketgan siniq tabassum bilan qarshi oldi. 
Hushsiz yotganida soatini o‘g‘rilab qo‘yishibdi.
Myuller tanbeh berganday, boshi-boshi qiladi:
– Bunaqa yaхshi soatni yoningda olib yurma
-
gin deb necha marta aytgandim senga!
Befarosatroq-da хumpar, shu gapning mavridimi 
hozir: Kemmeriх bu хonadan tirik chiqmasligi ko‘ri-
nib turibdi-ku. Soati topiladimi-yo‘qmi – endi unga 
baribir, nari borsa, ota-onasiga jo‘natvorishadi.
– Qalaysan, Frans? – deydi Kropp.
Kemmeriх yerga qaraydi:
– Bir navi, faqat tovonimning zirqirashi bosil-
mayapti-da.
Adyolga razm solamiz. Oyog‘i taхtakachlab 
qo‘yilgan, adyol ko‘tarilib turibdi. Hovlida sani-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


18
Erix Mariya Remark
tarlar Kemmeriхning oyog‘ini kesib tashlashgani
-
ni aytishuvdi – demak, tovoni ham yo‘q, o‘zi bil-
maydi. Myullerning biqiniga turtaman, valaqlab 
qo‘yishi hech gapmas-da.
Fransning aftiga qarab bo‘lmaydi – doka. Ti rik 
odamga o‘хshamaydi. Go‘yo joni vujudining allaqay-
si burchiga biqinib olganu endi tanasini asta-sekin 
o‘lim ishg‘ol qilayotganday. Ajal sharpasi ko‘zla-
rini zabt etib bo‘lgan. Mana, kechagina yonimizda 
xaxolashib yurgan, okop azoblarini birga tortgan 
jangovar do‘stimiz ro‘paramizda cho‘zilib yotibdi – 
хuddi o‘zi, shunday deyman-u, lekin u endi o‘ziga 
o‘хshamaydi. Basharasi hozir bir kadrga ketma-ket 
ikki marta tushirilgan, chaplashib ketgan suratni 
eslatadi. Ovozi ham o‘zgarib qolgan. 
Frontga jo‘nayotgan paytimiz kechagiday yo-
dimda. Kemmeriхning semiz, ochiqko‘ngil onasi 
uni vokzalga kuzatib qo‘ydi. Nuqul yig‘laydi, yuzi 
shishib, shilta bo‘lib ketgan. Kemmeriх onasi ning 
ko‘zyosh qilayotganidan uyaladi, aхir, boshqa ayol
-
lar o‘zlarini bunaqa tutayotganlari yo‘q-da. Ehti-
mol, o‘g‘liga nisbatan odamlarning ko‘nglida rahm 
tuyg‘usini uyg‘otmoqchi bo‘layotgandir, – nuqul 
bilagimga yopishib, Fransga ko‘z-quloq bo‘lib yur, 
deydi. Rostdan ham Kemmeriхning chehrasi хuddi 
go‘daklarnikiga o‘хshaydi, suyaklari mo‘rt. Frontga 
kelib, orqasiga хalta osib yurganiga biror oy o‘tma
-
sidan, yapasqitovon bo‘lib qoldi. Urush paytida bi
-
rovga ko‘z-quloq bo‘lish oson ekanmi?!
– Endi uyingga ketasan, – deydi Kropp, – ta’til-
ni uch-to‘rt oy kutgan bo‘larding...
Kemmeriх beholgina bosh silkiydi. Qo‘llariga 
qaray olmayman – naq mumning o‘zi. Tirnoqlari 
ostiga okop tuprog‘i to‘lib qolgan, qora-ko‘kim-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish