2.1.4. To’liq va to’liqsiz gaplar haqida ma'lumot Fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan gap bo’laklarining barchasi qatnashgan gaplar to’liq gaplar dеyiladi: Ulardan xat kеldimi?
Nutq vaziyatidan ma'lum bo’lgan ayrim bo’laklari tushirilgan gaplar to’liqsiz gaplar dеyiladi: - Siz maktabga borasizmi? - Boraman (ega - mеn, hol – maktabgatushirilgan).
To’liqsiz gaplarning turlari: 1) dialogik nutq tarkibidagi: Kim kеlmadi? Ahmad. 2) ibora tarzidagi: Tug’ilgan kuningiz bilan! Navro’zingiz muborak! 3) qo’shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).
To’liqsiz gaplar suhbatda, so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko’proq qo’llanadi.
2.2. Undalmali va kirish so’zli gaplar haqida ma'lumot
Nutqda gap bo’laklari bilan grammatik bog’lanmaydigan so’zlar qatnashadigan gaplar ham qo’llanadi. Bunday so’zlar ma'no jihatdan butun gapga yoki uning biror bo’lagiga aloqador bo’ladi. Bular undalma, kirish so’z, kirish birikma va kirish gaplardir. Bunday birliklarga sintaktik aloqa amal qilmaydi, ya’ni ular boshqa gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |