Yozma nutqda izoh bo‘laklar ko‘pincha vergul va tire bilan ajratiladi:
1) Izoh bo‘laklarning o‘z ichida vergul bo‘lsa, ikki tomoniga tire qo‘yiladi: Endi odamlar –otliq, piyoda, yosh-qari – uchray boshladi.
2) Ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib, gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi: Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo!
3) Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo‘laklardan avval tire, keyin vergul qo‘yiladi: Men – Fozilova Fotima, VII sinfda o‘qiyman.
4) Yozma nutqdagi: Otam – Ilyos Tohirov, zavodda ishlaydi, kabi gaplarda ham shunday.
Do'stlaringiz bilan baham: |