Yuqoridagi tipda ayrimlikka ega bo’lgan ikkinchi darajali bo’laklar gapning ajratilgan bo’laklari sanaladi.
Yuqoridagi tipda ayrimlikka ega bo’lgan ikkinchi darajali bo’laklar gapning ajratilgan bo’laklari sanaladi.
Anglashiladiki, biror bo’lakni ajratish hodisasi mazmun, grammatik (sintaktik) va intonatsion jihatdan o’zgarish hosil qilish bilan bog’langan. Demak, bunday vaqtlarda gapning struk-turasida ham o’zgarish bo’ladi.
Yana quyidagi misollarni chog’ishtiraylik: Erkin ukam inje-ner bo’ldi.— Erkin, ukam, injener bo’ldi. Birinchi gapda Erkin so’zi ukam so’ziga odatdagi aniqlovchi (keng ma’noda) bo’lib kelgan: q a y s i ukam?— Erkin ukam (So’zlovchining bir necha ukasi bor bo’lib, shulardan Erkin ismli ukasi...). Ikkinchi gapda ukam so’zi maxsus intonatsiya bilan ajratilgan, qo’shimcha ottenkaga ega bo’lgan: Erkin bulagining ma’nosini aniqlab, konkretlashtirib, ta’kidlab, izohlab kelgan. Yana chog’ishtiring: Ukam, Erkin, in-jener bo’ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |