Gapning uyushiq va ajratilgan bo'laklari
Gapning ajratilgan bo'laklari
O‘zidan oldingi bo‘lakning ma’nosini izohlab, bo‘rttirib, to‘ldirib, aniqlashtirib kelgan bo‘lak ajratilgan izoh bo‘lak deyiladi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan boshladim.
Ajratilgan bo‘laklarning uyushiq bo‘laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya’ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo‘laklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Gap bo‘laklarining ajratilishida gapda so‘z tartibining o‘zgarishi, gap bo‘laklarining kengayishi, bir bo‘lakning o‘zidan oldingi bo‘lakni izohlashi bir bo‘lakni boshqalaridan ajratib bo‘rttirib ko‘rsatish zaruriyati kabilar sabab bo‘lishi mumkin. M: Ko‘chada borar, g‘amgin va o‘ychan. Ukasi, ko‘zlari chaqnagan, unga g‘azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko‘rindi. U har kuni quyoshtikka kelganda, shaharga tushadi.
Ko‘pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hollar ham kengaygan holda ajratilishi mumkin:O‘zidan-o‘zi hadiksirab, atrofga ola-zarak boqadi. Otasi, ikki qo‘ltig‘ida narsa ko‘targan holda yo‘lga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |