Gap va uning turlari


Shaxsi umumlashgan gaplar



Download 132,16 Kb.
bet13/55
Sana23.09.2021
Hajmi132,16 Kb.
#183101
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
GAP VA UNING TURLARI va so`roq gap

3. Shaxsi umumlashgan gaplar mazmunan har uchala shaxsga taaluqli 

bo’lgan gaplardir: Sanamay sakkiz dema. 

Bunday gaplarning kesimi odatda, II shaxs birlikda buyruq maylidagi fe’l 

bilan ifodalansa ham, mazmunan barchaga qaratilgan bo’ladi, shuning uchun ega 

ifodalanmaydi. Halq maqollari shaxsi umumlashgan gaplar orqali ifodalanadi: 

Bugungi ishni ertaga ko’yma. 

4. Shaxsi topilmas gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib ham 

bo’lmaydigan gaplardir: U erda intizom haqida so’zlashga to’g’ri keladi. 

Shaxsi topilmas gaplarning kesimlari III shaxs majhul nisbatdagi fe’llar, 

bo’ladi, bo’lmaydi so’zlari orqali, -mas qo’shimchali so’zlar orqali, harakat 

nomidan keyin kerak zarur, lozim, mumkin so’zlarini keltirish orqali ifodalanadi: 

Raisning o’zi haqida gapirilsin! Mehnatsiz rohatga erishib bo’lmaydi. Oyni etak 

bilan yopib bo’lmaydi. Ertalabki salqinda etib borish kerak. 

5. Atov gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos 

yordamida ifodalangan narsa-buyumning borligini, mavjudligini anglatadi va 

ko’pincha badiiy va publitsistik asarlarda payt va o’rinni ifodalash uchun 

ishlatiladi:  Kuz. Izg’irin shabada esyapti. Atov gaplar matnda yolg’iz 

qo’llanmaydi, ulardan keyin uning mazmunini ochuvchi  boshqa bir gap kelishi 

zarur. 

Atov gaplarning oxiriga, odatda nuqta qo’yiladi, agar kuchli ohang bilan 

aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Tog’lar! Baland tog’lar!     

Nutqda  ha, yo’q, xo’p, mayli so’zlari hamda eh, uh kabi undovlar bilan 

ifodalangan so’z-gaplar ham qo’llanadi. Bu gaplar sodda gaplarning bir turi 

hisoblanadi: Ertaga Karimnikiga borasizmi? – Ha.  

So’z-gaplar tasdiq, inkor, so’roq his-hayajon ifodalovchi turlarga bo’linadi. 

Yozuvda so’z-gaplarning oxiriga nuqta, undov belgisi, ko’p nuqta qo’yilishi 

mumkin.  Ha, yo’q mayli so’zlaridan keyin vergul qo’yilib, keyin gap bo’laklari 

qo’llansa, bu so’zlar kirish so’zlar hisoblanadi va so’z-gaplar hisoblanmaydi: — 

Kecha muzeyga bordingizmi? — Ha, bordik. 

Ofarin, tashakkur, rahmat, barakalla, salom, marhamat, uzr kabi so’zlar bilan 

ifodalanib, minnatdorchilik, salomlashish, kechirim, iltimos kabilarni 

ifodalaydigan gaplar ham so’z gaplar hisoblanadi. 

 

Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan 



birikuvidan tuzilgan gap qo’shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, 

Qalandarovning yuzi ko’rindi. 

Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo’shma gap 

tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashdi. 

Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar o’zaro bog’lovchilar, yuklamalar, 

ko’makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog’lanadi. 

Mazmun munosabati va bog’lovchi vositalarining qo’llanishiga ko’ra 

qo’shma gaplar 3 xil bo’ladi: bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma 


Download 132,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish