Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


II. Sodda va murakkab to’ldiruvchi



Download 186,5 Kb.
bet9/17
Sana14.07.2022
Hajmi186,5 Kb.
#794375
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

II. Sodda va murakkab to’ldiruvchi 1. To’ldiruvchi ham boshqa gap bo’laklari singari tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: a) sodda to’ldiruvchi; b) murakkab to’ldiruvchi. 2. Sodda to’ldiruvchi shaklan bir so’zdan iborat bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi: - ot bilan M: Dilshod maktubni xolasiga berdi. – olmosh bilan M: Omon menga qaradi, men unga qaradim. – harakat nomi bilan M: Uning boqishlarini bir zum ham unutolmayman. – otlashgan sifat bilan M: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. – otlashgan son bilan M: Uchni uchga ko’paytirsak, to’qqiz hosil bo’ladi. – otlashgan ravish bilan M: Ko’pdan quyon qocha olmas. – sifatdosh bilan M: Bilmagandan bilgan yaxshi, to’g’ri ishni qilgan yaxshi. – otlashgan taqlid so’z bilan M: Chaqmoqning yalt-yultidan bola qo’rqdi. – otlashgan modal so’z bilan M: Yo’qni yo’ndirib bo’lmas. – otlashgan undov so’z bilan M: Bechoraning ohini hech kim eshitmadi. 3. Murakkab to’ldiruvchi shaklan ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’ladi. M: Men uning teppe sochi tikka bo’lishini kutmagan edim. Yoki: Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan xatarsiz o’tkazib qo’yganini aytdi.
III. Mustaqil va nomustaqil to’ldiruvchi 1. To’ldiruvchilar kesimga to’g’ridan to’g’ri bog’lanish-bog’lanmasligiga ko’ra 2 ga bo’linadi: a) mustaqil to’ldiruvchi; b) nomustaqil to’ldiruvchi. 2. To’g’ridan to’g’ri kesimga bog’lanib kelgan to’ldiruvchilar mustaqil to’ldiruvchi sanaladi. M: Men undan so’radim: bunchalar saralab gul terding kimga? (ishbu gapda 1 ta vositasiz, 2 ta vositali to’ldiruvchi bo’lib, har biri kesimga to’gridan to’g’ri bog’langan, shuning uchun mustaqil to’ldiruvchi sanaladi) 3. Agar to’ldiruvchi bog’lanib kelgan so’z kesim sifatida shakllana olmagan bo’lsa, u o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo’lagining bo’lagi sanaladi. M: Opamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bunda: - gaplarni so’zi vositasiz to’ldiruvchi bo’lib, kesimga to’gridan to’gri bog’langan, shuning uchun u mustaqil to’ldiruvchi sanaladi; - opamdan so’zi vositali to’ldiruvchi bo’lib, kesimga bevosita bog’lanmagan, sifatlovchi aniqlovchiga bog’langan, shuning uchun u nomustaqil to’ldiruvchi gap bo’lagining bo’lagi, ya’ni aniqlovchining to’ldiruvchisi sanaladi.
Hol 1. Ish-harakat, holatning belgisini, ya’ni o’rnini, paytini, holatini, daraja-miqdorini, bajaralish sababini, maqsadini bildirgan 2-darajali bo’lak hol deb nomlanadi. 2. Hol qanday? qanday qilib? qay tarzda? qayerga? qayerda? qayerdan? qayergacha? qachon? qachongacha? qancha? nechta? nega? nima sababdan? nima maqsadda? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 3. Hol bog’lanib kelgan so’z hollanmish deyiladi. 4. Hol o’zining hokim bo’lagiga ikki yo’l bilan bog’lanishi mumkin: a) agar hol ravish, ravish xarakteridagi so’zlar bilan ifodalansa, hokim bo’lakka bitishuv yo’li bilan bog’lanadi; b) agar hol jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi so’zlar yoki ayrim ko’makchilarni olgan so’zlar bilan ifodalansa, hokim bo’lakka boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi. 5. Hol mustaqil ma’noli istalgan so’z turkumi bilan ifodalanishi mumkin. 6. Hol quyidagicha tasnif qilinadi: a) ma’no jihatdan; b) tuzilishiga ko’ra; d) kesimga to’gridan to’g’ri bog’lanish-bog’lanmasligiga ko’ra.

Download 186,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish