Kimyoviy xossalari.
Havoda qizdirilganda temir oksidlari aralashmasi temir kuyindisini hosil qiladi:
3Fe +2O2 = Fe3O4 yoki FeO × Fe2O3
Temir qizdirilganda xlor, oltingugurt, uglerod, azot bilan
reaksiyaga kirishadi:
2Fe + N2= 2FeN temir (III)-nitrid
Fe + S =FeS temir (II)-sulfid
3Fe + C =Fe3C temir karbid
2Fe + 3Cl2 =2FeCl3 temir (III)-xlorid
Cho‘g‘langan temir suv bug‘i bilan ta’sirlashadi, natijada, temir kuyindisi va vodorod hosil bo‘ladi, lekin bu reaksiya qaytar reaksiya hisoblanadi:
3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2
Nam havo va suvda temir korroziyaga uchraydi, yemiriladi, zanglaydi.
• Zang — temir (III)-gidroksiddan Fe(OH) 3 iborat sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli tuzilma.
Gaz va bug‘larni oson o‘tkazuvchi g‘ovak zang qatlami metallni yemirilishdan saqlay olmaydi:
4Fe + 6H2O + 3O2 = 4Fe(OH)3
Metallarning faollik qatorida temir vodoroddan chap tomonda turadi. Shuning uchun xlorid kislota va suyultirilgan sulfat kislotadan vodorodni siqib chiqaradi, +2 oksidlanish
darajasiga to‘g‘ri keladigan tuzlar hosil qiladi:
Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2
Odatdagi haroratda konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalari temirni passivlashtiradi: temir yuzasida shu kislotalarda erimaydigan birikmalar hosil bo‘lib qoladi. Shuning uchun konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalar temir idishlarda saqlanadi.
Suyultirilgan nitrat kislota bilan esa kislota eritmasining konsentratsiyasi va sharoitga qarab turlicha reaksiyaga kirishadi.
a) isitilgan va suyultirilgan nitrat kislota bilan:
Fe + 4HNO3= Fe(NO3)3+ NO + 2H2O
b) juda suyultirilgan va harorat 0–10 °C bo‘lganda:
5Fe + 12HNO3 = 5Fe(NO3)2 +N2 + 6H2O
Metallarning faollik qatorida o‘zidan keyin turgan metallarni ularning tuzlari eritmalaridan siqib chiqaradi:
Fe + CuSO4= FeSO4 + Cu
1) +2 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar:FeO,Fe(OH)2, FeCl2
2) Fe Aralash birikmasi: (+2 va +3) Fe3O4 [FeO, Fe2O3] magnetit
3) +3 oksidlanish darajasiga mansub birikmalari: Fe2O3, Fe(OH)3, FeCl3
Temir havoda yonganda Fe3O4 ni hosil qiladi. Fe3O4 aralash oksid. Temirning ikki valentli birikmalari temirga kislota ta’sir ettirib olinadi:
Fe +2HCl = FeCl2 +H2
Temir (II)-xloriddan temirning ikki valentli gidroksidi va oksidini olish mumkin:
FeCl2 + 2NaOH = Fe(OH)2 +2NaCl
Fe(OH)2 = FeO + H2O
2) temirning uch valentli birikmalarini qaytarish yo‘li bilan ham temirning ikki valentli birikmalarini olish mumkin.
2FeCl3 + Fe = 3FeCl2
Temirning ikki valentli birikmalari uchun reak tiv qizil qon tuzi
(geksatsianoferat (III)-kaliy). Natijada turnbul ko‘ki (geksatsianoferrat (III)-temir (II)-kaliy) hosil bo‘ladi.
FeCl2 + K3[Fe(CN)6] = KFe[Fe(CN)6] + 2KCl
Temirning uch valentli birikmalari konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarga yoki xlorga qizdirilgan temir ta’sir ettirib olinadi:
2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3;
2Fe + 6H2SO4 = Fe2(SO4)3 +3SO2 + 6H2O
Temirning uch valentli tuzlaridan temirning qolgan uch valentli birikmalarini olish mumkin:
FeCl3 H 3NaOH = Fe(OH)3 H 3NaCl
2Fe(OH)3 Fe2O3 H 3H2O
Temirning uch valentli birikmalari uchun reaktiv sariq qon tuzi (geksatsionoferrat (II)-kaliy). Bu reaksiya natijasida berlin lazuri (geksatsionoferrat (II)-temir (III)-kaliy) tiniq ko‘k rangli oz eriydigan kompleks tuz hosil bo‘ladi.
FeCl3 + K4[Fe(CN)6] = KFe[Fe(CN)6] + 3KCl
Temirning uch valentlik birikmalarini aniqlash maqsadida kaliy rodanit (KNCS) yoki ammoniy radonit (NH4NCS) dan ham foydalaniladi. Natijada to‘q qizil (qon rangi) rangli temir radonit hosil bo‘ladi.
FeCl3 + 3KNCS = Fe(NCS)3 + 3KCl.
Fe(OH)2 – och-yashil cho‘kma. Och-yashil rangli Fe(OH)2 vaqt o‘tishi bilan qo‘ng‘irlashadi; Fe(OH)3 – qo‘ng‘ir rangli cho‘kma:
4Fe(OH)2 + 2H2O + O2 = 4Fe(OH)3
Do'stlaringiz bilan baham: |