33
(g) kompg‘yuter renogramma (mehyorda)
Buyrak angiografiyasi
- buyrak tomirlarining rentgen kontrastli tekshiruvi.
Kursatmalar:
faoliyatsiz buyrak, tugma va orttirilgan tomirlar kasalliklari, turli
sabablarga kura buyraklarni kon bilan tahminlanishini buzilishi.
Yukorida aytib
utilgan rentgenologik tekshiruvlar yetarli bulmasa kursatilgan.
Buyrak angiografiyasi.chap buyrak qo‗shimcha qon tomiri
Kontrast moddani son arteriyasiga selg‘dinger buyicha kateterizatsiya kilib
yuboriladi. Son arteriyasidan kateter televizion ekran nazorati ostida asta-sekin
kiritilib birinchi kukrak umurtkasigacha siljitiladi. Kontrast modda 1 ml/kg
miqdorda yarim avtomatli shprits yordamida 5 - 8 atm bosimi bilan yuboriladi.
Keyinchalik snimkalar kuyidagi tartibda kilinadi: birinchi 2 sek. Xar sekunda 3 ta
dan snimka, keyingi 3 sekundda - 1-tadan.
Bu usul yordamida buyrak
arteriyasining stenozi, anomaliyalari, buyrak o‗smasi kasalliklariga tashxis
qo‗yiladi. Angiografiyada og‗ir asoratlar ham kuzatilgani
uchun uni maxsus
klinikalarda bajarish maqsadga muvofiqdir.
Tsistografiya
pastga tushuvchi (ekskretor urografiya vaqtida) va yuqoriga
ko‗tariluvchi (retrograd) bo‗lishi mumkin. Retrograd tsistografiyaning ko‗pincha
quyidagi turlari qo‗llaniladi:
1. Suyuq rentgenkontrast modda bilan qilinadigan tsistografiya qovuq divertikulini,
rentgennegativ tosh, o‗sma, rivojlanish nuqsoni, shikastlanishlar, qovuq sili va b.ni
aniqlash imkonini beradi.
34
2. Gazsimon rentgenkontrast moddalar (kislorod) bilan qilinadigan tsistografiya
qovuqning
rentgennegativ toshi, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi
(adenoma)da qilinadi.
3. Suyuq rentgenkontrast modda va kislorod bilan (qovuqqa 20 ml 40% li suyuq
rentgenkontrast modda, keyin esa 100–150 ml kislorod) birga qo‗shib
Kontrastlash tsistografiyasi prostata bezi xavfsiz giperplaziya (adenoma)si va
rakini, qovuq o‗smasi va toshini aniqlash imkonini beradi
4. Quyqali tsistografiya qovuqqa 50 – 100 ml 10 – 15% li bariy sulg‘fat
suspenziyasi yuborib,
keyin uni yuvib, 30 – 40 daq.dan so‗ng 100 – 150 ml
kislorod yuborib amalga oshiriladi. Bu usul qovuq o‗smasining tasvirini
Olishga imkon beradi, chunki o‗sma tufayli yuzasi o‗zgarganda bariy
ushlanibqolinadi, qovuqning mehyordagi shilliq pardasi
bilan esa u butunlay
yuvilib ketadi.
tsistografiya
Bolalarda yuqoriga ko‗tariluvchi tsistografiya ko‗pincha uretrografiya bilan
birga qilinadi. Bu siydik yo‗llarining pastki bo‗limlarida urodinamika buzilganligi
to‗g‗risida yetarli mahlumot olishga imkon beradi. Uretrotsistografiya uchun
tarkibida yod bo‗lgan 10 – 20% li eritmalar va juda kam hollarda –
gaz hosil
qiluvchi (kislorod, karbonat angidrid hosilqiluvchi) modda ishlatiladi. Bunday
tekshirishni elektron–optik o‗zgartiruvchi asbob nazorati ostida yoki katta kadrli
tsistouretrografiyaniishlatib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Siydik–tanosil
ahzolarining o‗tkir yallig‗lanish kasalliklarida retrograd
tsistografiyani qilish
mumkin emas.