38
Retropnevmoperitoneum
buyraklar
bor-yukligi, ulariiig xajmi, shakli,
joylanishini aniqlash uchun utkaziladi. Bemorni peshob soxasi yoki kuvuk ustidan
igna bilan teshilib kurin bushligi ortiga uglekislota yoki kislorod yuboriladi.
Snimkalar oldi-orqa, yonbosh va kiyik proektsiyalarda gaz yuborilgandan sung 60-
120
minut
utgach
kilinadi.
Bu
tekshiruvni
tomografiya
tuldiradi.
Retropnevmoperitoneumga karshi kursatmalar - umumiy ogir xolat, nafas va
yurak-kon tomiri yetishmovchiligi, isitmali xolatlar,
korin bushligi ortidagi
yalliglanish jarayonlari, yomon sifatli usmalar.
Urotomografiya.
tomografiya – qavatma–qavat rentgenologik tekshirish
bo‗lib, uning yordamida suratga tushiriladigan obhektni keyingi hamma
qavatlarning proektsiyasidan plenkada bitta qavatning proektsiyasiajratiladi va
saqlanadi. Rentgen nurlarining yutilish darajasi har xil muhitlarda turlicha bo‗lib,
ular muhitning zichligi va qavatning qalinligiga bog‗liq. Bundan tashqari, yutilish
yana rentgen nurlanishining sifatiga (to‗lqin uzunligiga) bog‗liq. Yutilishning
rentgen nurlari to‗lqin uzunligiga bog‗liqligi
shundan iboratki, to‗lqin uzunligi
qanchalik qisqa (nurlanish qanchalik kuchli) bo‗lsa yutilish shuncha kam, va
aksincha, uzun to‗lqinli (yumshoq) rentgen nurlari ko‗proq yutiladi. Shuning
uchun tekshiruvchi oldida tekshiriladigan obhektga rentgen nurini eng kam
yo‗qotishlar bilan ―olib borish‖ vazifasi turadi. Boshqacha qilib aytganda, ayni shu
obhektning boshqa qavatlari yaratgan soyalarni yo‗qotish uchun rentgen suratlarini
qavatma–qavat olish zaruriyati paydo bo‗ladi va ayni vaqtda oddiy rentgenologik
imkoniyatlardan tashqaridagi tuzilmaning tasvirini olish imkonini beradi.
Buyraklar tomografiyasida
asosiy kesma buyrak darvozasi, jom va buyrak
parenximasidan o‗tadigani hisoblanadi. Asosiy kesmadan tashqari 0,5–1sm orasida
qo‗shimchalari o‗tadi. Rentgen nurining ventrodorsal yo‗lida tomografiya
o‗tkazilayotganda, chap buyrak o‗ngiga qaraganda bir oz kattaroq bo‗lishiga
qaramay, tomogrammada uning soyasi o‗ng buyrak soyasi bilan teng yoki kichik
bo‗lishi mumkinligini ehtiborga olish kerak. Bunga sabab chap buyrak gavdaning
orqa devoriga yaqinjoylashganligidir. Agar bemorning chalqancha yotganida
olingan tomogrammada aniq tasvir bo‗lmasa, unda tekshirish bemor qorni yoki
39
yonboshi bilan yotgan holatida o‗tkaziladi. Ko‗p pozitsiyali
tekshirishlarda ikki
proektsiya bo‗yicha ahzoning hajmiy tasvirini tasavvur etish mumkin, bu topik
tashxis uchun juda muhim. Umumiy tomografiya buyraklarning o‗lchamlari, shakli
va joylashishini aniqlashga, ichaklar ustidagi yelni yo‗qotish, buyrak o‗smasini
buyrak tashqarisidagi o‗smadan, siydik tizimsidagi haqiqiy toshlarni soxtasidan
differentsiatsiya qilish, ko‗pincha urat toshlarini aniqlash imkonini beradi.
Tomografiyaga bemorni maxsus tayyorlash shart emas. Buyrak parenximasining
soyasi aniqroq ko‗rinishi uchun tomografiya oldidan to‗g‗ridan–to‗g‗ri qon
oqimiga rentgenkontrast modda yuboriladi (nefrotomografiya).
Ayniqsa buyrak
o‗smasini solitar kistadan va polikistozdan yaxshi differentsatsiya qilishga
muvoffaq bo‗linadi, ularning soyasi buyrak parenximasi soyasiga qaraganda
intensivligi kamroq va ko‗proq to‗g‗ri konturga ega. Bahzi hollarda
nefrotomografiya
boshqa
tekshirish
usullariga
tayanmasdan,
buyraklar
anomaliyalarini aniqlash imkonini beradi. Toshlarning joylashishini aniqlash
uchun ayniqsa kosachalar bir - biriga yoki kosacha jomga proektsiya qilinsa,
kosachalar divertikulini sil kavernasidan farq qilish
maqsadida tomografiyani
ekskretor urografiya va retrograd pielografiya bilan birga qo‗shib qilinadi. Buyrak
va qorin parda orti bo‗shlig‗i o‗smalarini differentsial tashxislash va o‗smalarni
yoki buyrak usti bezi giperplaziyasini aniqlash uchun ham tomografiyani
pnevmoretroperitonium bilan bir vaqtda qilinadi.
Qovuq va prostata bezi o‗smalarini tashxislash uchun tomografiyani pnevmotsisto–
va pnevmoperitsistografiya bilan birga qo‗shib o‗tkaziladi. Buqovuq konturlarini
aniqlash va o‗smani ko‗rish, uning joylashish chuqurligini va zararlanish
uzunligini aniqlash imkonini beradi. Tomografiyaning afzalliklari bilan bir qatorda
tomogramma seriyalarini (shu sababli rentgen nurlanish dozasi ko‗payadi) bajarish
zaruriyati, ajratiladigan qavatning qalinligi kamligi sababli hamda buyraklarning
gavdani frontal tekisligida burchak ostida va bir–biriga nisbatan har xil darajada
joylashishi bilan bog‗liq bo‗lgan bir qancha muhim kamchiliklari mavjud.
Tomografiyaning yangi usuli – zonografiya rentgen
trubkasini kichik burchak
ostida tebranishi va ajratiladigan qavatning ancha qalinligi bilan xarakterlanadi.
40
Zonografiyada, xuddi tomografiyadagi kabi yupqa qavat emas, balki obhektning
zonasi aniqlanadi. Bu usul skeletning bahzi bir bo‗limlarini, o‗t ajratish tizimi,
buyraklar va yuqori siydik yo‗llarini tekshirganda ayniqsa yaxshi samara beradi.
Ajratiladigan qavatning ancha qalinligi hisobiga ahzolarning tasviri yoki skeletning
elementlari zonogrammada butun va aniq chiqadi, halaqit beradigan soyalar
―surkaladi‖. Sistemalarning tebranish burchagi kamayganda ya‗ni, tomografiyadan
zonografiyaga o‗tganda ajratiladigan qavat proportsional qalinlashib boradi.
Naychaning tebranish burchagi minimaldan maksimalga o‗tganda aniq
ajratiladigan qavatning qalinligi aylanmada ―surkalganda‖ taxminan 15
marta va
chiziqlida 6 marta oshadi. Zonografiya qilishga asosiy ko‗rsatma xalaqit beradigan
soyalar hamda buyrakda uning o‗lchamlari, shakli va konturlari o‗zgarganligi
sababli patologik jarayon bor deb taxmin qilish tufayli umumiy rentgen suratlari va
urogrammalarni tahlil qilishning qiyinligi bo‗ladi. Rentgenkontrast moddani
yuborgungacha taxminiy qavatma–qavat rentgen surati qilishga hamda bemor
gavdasini buyraklar joylashishi darajasida o‗lchab hisoblashga zarurat yo‗q. Gavda
og‗irligi mehyorda bo‗lgan bemorda kesmaning past–balandlik darajasi stol
sathidan 7sm ni, ozg‗inlarda – 6sm, semizlarda – 8–9sm ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: