G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


-§ Megasporogenez va urug‘chi gametofit



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

 
35-§ Megasporogenez va urug‘chi gametofit 
Gulning tugunchasida bir yoki juda kо‘p miqdorda urug murtak 
(megasporangiy) taraqqiy etadi, uning ichida urug‘chi gametofit 
(murtak xaltasi) rivojlanadi. 
Yopiq urug‘li о‘simliklarda urug‘murtakning rivojlanish jarayonini 
chet el olimlaridan Braun, Malpigi, Rozanov, Meyer va boshqalar 
о‘rganishgan. Murtak xaltasining rivojlanish jarayonini S. G. 
Navashin (1894, 1899) batafsil о‘rgangan. 
Urug‘murtak yosh urug‘chi barglarining chetlarida kichkina 
dо‘mboqchalar shaklida hosil bо‘ladi va hujayraning mitoz bо‘linishi 
natijasida tez о‘sadi. Keyinchalik uning yuqori tomonidan 
urug‘murtakning markaziy qismi nutsellus, pastki qismidan urug‘band 
rivojlanadi. Nutsellus hujayralari parenxima tо‘qimalariga о‘xshash 
bо‘lib, uning hujayralarida oziq moddalaridan: polisaxarid, lipid, 
oqsil, aminokislota, nuklein kislota, geteroauksin, vitamin, mineral 
tuzlar uchraydi. Nusellusning yon devorlaridan dо‘mboqchalar о‘sib, 
qoplag‘ich tо‘qima – intigument (lot. intigumentum – qoplama)ga 
aylanadi. Yopiqurug‘li о‘simliklarda bir yoki ikkita intigument 
taraqqiy etadi. Ularning shu xususiyatiga qarab urug‘murtak bir yoki 
ikki qoplag‘ichli guruhga ajratiladi. 
Intigument pastdan yuqoriga qarab о‘sib nutsellusni о‘rab oladi, 
lekin uchi birlashmasdan ochiq qoladi, bunga chang yо‘li, yoki 
272


mikropile deyiladi. Mikropile urug‘murtak va embrion xaltasi bilan 
tutashgan. Yopiqurug‘li о‘simliklarning ba’zi oilalarida intigument 
birlashib bitta qoplag‘ichga aylanadi. Urug‘murtakning tagi, 
urug‘band (funikulus) bilan tutashgan, uning osti xalaza deb ataladi. 
Yopiqurug‘li о‘simliklarda tuguncha ichidagi urug‘murtakning shakli 
besh xil (147-rasmlar) bо‘ladi. 
1. Ortotrop yoki tо‘g‘ri urug‘murtak. Bu xildagi urug‘murtak 
torondoshlar, qalampirdoshlar, kuchalaguldoshlar oilasiga xos belgi 
bо‘lib, nutsellus urug‘ bandining davomidir. 
2. Anatrop yoki teskari urug‘murtak. Urug‘murtakning notekis 
о‘sishi vaqtida uning uchi va uchidagi teshikcha (urug‘ yо‘li) teskari 
(ostki) tomonga aylangan bо‘ladi. Bu xildagi urug‘murtak 
yopiqurug‘li о‘simliklarda eng kо‘p uchraydi. 
3. Gemitrop yoki yarim qayrilgan urug‘murtak. Nutsellus bilan 
intigument о‘sish davrida platsentaga nisbatan 90° qayrilgan 
(sigirquyruqdoshlar, primuladoshlarda uchraydi). 
4. Kampilotrop yoki bir tomonlama qayrilgan urug‘murtak. Bunday 
urug‘murtakda nusellus bilan intigumentlarning bir tomoni bukilgan 
bо‘lib, chang yо‘li xalaza yoniga borib qoladi. Bu xildagi urug‘murtak 
kapalakdoshlar, dukkakdoshlar, butguldoshlar va boshqa oilalarda 
uchraydi. 
5.Amfitrop yoki egma urug‘murtak. Bunda nusellus bukilib 
taqasimon shaklga kiradi (kapalakdoshlarni ayrim vakillarida 
uchraydi). 
Evolyutsiya jarayonida yopiqurug‘li о‘simliklar nusellusining qalin 
devorlari yupqalashib boradi. Tojbarglari birlashmagan о‘simliklarda 
urug‘murtak krassinuselyat (lot. kraus. – qalin), tojbarglari birlashgan 
о‘simliklarda esa tenuinuselyat (lot. tyeniuis – yupqa) rivojlangan. 
Tenuinuselyat urug‘murtakning ichki intigument hujayralaridan 
tapetum taraqqiy etadi. Tapetum sitoplazmasi uglevodlar, oqsillar, 
vitaminlarga boy. Bu moddalar amilaza, proteaza fermentlari 
yordamida parchalangandan sо‘ng о‘tkazuvchi tо‘qima orqali 
murtakka о‘tib oziq bо‘ladi. 
Yopiqurug‘li о‘simliklar urug‘murtagining xalaza ustidagi 
hujayralari takomillashib gipostaza (yunon. xipostazis – tirgak, ayri) 
deb ataladigan tо‘qimaga aylanadi. Bu tо‘qimalarning xususiyati 
haligacha aniq emas. Ba’zilar gipostaza embrion xaltasining 
urug‘murtak tomon о‘smasligiga ta’sir etadi deyishsa, boshqa birovlar 
273


gipostaza embrion xaltasining fermentlar yoki bо‘lmasa oziq 
moddalar bilan ta’minlashda faol ishtirok etadi, deb taxmin qiladilar. 
Ba’zi yopiqurug‘li о‘simlik vakillarida urug‘band yoki 
intigumentlardan obturator deb ataladigan maxsus tо‘qima hosil 
bо‘ladi va chang naychasining о‘sib embrion xaltasiga yetishiga 
sababchi bо‘ladi. Bu tо‘qima urug‘murtak rivojlanishining dastlabki 
davrida paydo bо‘lib, urug‘lanish sodir bо‘lgandan sо‘ng yemiriladi.

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish