76
±15” dan katta bo’lmasiligi, burchak o’lchash aniqligi 3” dan, masofa aniqligi esa
1:100000 dan ziyod bo’lishi kerak. Yuksak aniqlikdagi 4-klass
tarmoqlarda
uchburchaklar tomonlari 1-5km, 1-bosqichda 2-5km, 2-bosqichda esa 0.5-3 km
bo’lishi mumkin.
1 va 2-bosqich poligonometriya tarmoqlari asosan shahar,
qishloq
territoriyasida va sanoat qurilishi maydonlarida yuqori klass tayanch
tarmoqpunktlari oralig’ida alohida yo’l tarzida o’tkaziladi.1 va 2-
bosqich
poligonometriya tarmoqlari mustaqil tarmoq bo’lsa, yopiq poligon tarzida
o’tkaziladi. Imorat tutashgan joylarda mahalliy poligonometriya tarmoqlari har 10
gektar joyga bittadan punkt to’g’ri keladigan qilib quriladi. Zarur bo’lganida shahar,
qishloq territoriyalarida va sanoat qurilishi maydonlarida yuqori aniqlikda 1-bosqich
poligonometrik tarmoq o’tkazilishi mumkin.
Odatda yuqori aniqlikdagi 1-bosqich
poligonometrik tarmoq katta
territoriyalarda (15-20 km
2
joyda) barpo qilinadi. Ba’zan 4-klass triangulyatsiya
o’rniga 1-bosqich poligonometrik tarmoqlar o’tkazilishi mumkin.
Bunday vaqtda
masofa o’lchashdagi nisbiy xato 1:20000 va 1:25000 , burchak o’lchashdagi nisbiy
xato esa 3” dir. Yuqori aniqlikdagi 1-bosqich poligonometriya yo’lining uzunligi
yuqori klass tarmoq punktlari oralig’ida 10 km gacha, tugun nuqtalar oralig’ida 7
km gacha bo’lishi mumkin. 1-bosqich poligonometrik
tarmoq tomonlarini
o’lchashdagi nisbiy xato 1:10000, burchak o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato esa
±5” dir. Yuqori klass tarmoq oralig’ida o’tkazilgan 1-bosqich poligonmetriya
yo’lining uzunligi imorat tushgan territoriyalarda 3,5 km tugun nuqtalar oralig’ida
esa 2,0 km bo’lishi mumkin, bunday vaqtda poligonometriya yo’li
tomonlarining
o’rtacha uzunligi taxnminan 300 m bo’lishi kerak. Imoratlar bo’lmagan joylarning
1:1000 va 1:2000 masshtabli planini olishda poligonometriya yo’lining uzunligi 4-5
km gacha bo’lishi mumkin.
2-bosqich poligonometrik tarmoq o’tkazishda masofa o’lchashdagi xato
1:5000, burchak o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato esa 10” ga teng. Imorat
tushgan joylarda yuqori klass tarmoq punktlari oralig’ida o’tkaziladigan 2- bosqich
poligonometriya yo’lining uzunligi 2.5 km, tugun nuqtalar oralig’ida 1.5 km, yo’l
77
tomonlarining uzunligi taxminan 200 m, imorat bo’lmagan ochiq joylarda yo’lning
uzunligi 3-4 km bo’lishi mumkin.
Mahalliy poligonometrik tarmoq o’tkazishda poligon
burilishi burchaklari
aniq teodolitlar bilan o’lchanadi. Burchak o’lchashdagi xato quyidagi formula
yordamida topiladi:
∆Q
chek
= ±m√n (6.6)
formulada: m-burchak o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato
n- burchaklar soni.
Mahalliy poligonometrik tarmoqlar qurishda poligon tomonlarining uzunligi
topografik svetodalnomerlar yoki invar similar bilan yo bo’lmasa paralaktik uslubda
o’lchanadi. 2- bosqich poligonometriyada masofani
aniq optik dalnomer bilan
o’lchash mumkin.
Mahalliy balandlik tarmoqlari geometrik nivelirlash uslubida yuqori klass
nivelirlash tarmoqlari punktlari oralig’ida yoki yopiq
poligon tarzida nisbiy
balandliklar xatosi
h
chek
= ± 50 mm √L
dan katta bo’lmaydigan qilib o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: