1. O‘quvchilarni faollashtiruvchi, rivojlantiruvchi didaktik majmualarga ega bo‘lish. Mavjud didaktik majmualardan o‘quv-biluv jarayonida keng foydalaniladi. Ushbu majmualar bilan ishlash o‘quvchilarga quvonch bag‘ishlashi, ularda hayotiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi, o‘quvchilarga o‘quv materiallaridan erkin tanlov asosida foydalanish imkoniyatining berilishi, o‘quv materiallari o‘quvchilarning ehtiyojlari, izlanishlari, xohishlariga mos kelishi, o‘quvchilarga har bir darsda yangi bilimlar bilan uchrashish imkoniyatini berishi, o‘quv materiallari yordamida o‘quvchilarning dunyoqarashlari va tassavvurlari kengayishi, o‘quv materiallari tarkibiga ta’limiy o‘yinlarning singdirilishi, o‘quv materiallari o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishi, ularni mustaqil va tanqidiy fikr yuritishga o‘rgatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |