2. O‘quvchilar shaxsiga nisbatan insoniy yondashuvni ta’minlash. Bunda o‘quvchilar bilan demokratik munosabatlarni o‘rnatish shaxslararo do‘stona munosabatlarni o‘rnatishning muhim tamoyili bo‘lib, bunday munosabat o‘quv-biluv jarayoni samaradorligini ta’minlaydi. Bunday munosabat zamirida har bir o‘quvchini mustaqil shaxs sifatida tan olish, ularning huquqlarini hurmat qilish, his-tuyg‘ularini tushunish, ularning qarorlarini e’tirof etish va unga ishonish, o‘quvchilarning erkinliklari ta’minlanishi, a’lochilar bilan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning huquqlarini tenglashtirish, ularning bir-birlariga ko‘makdosh bo‘lishlarini ta’minlash imkoniyati vujudga kelishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |