81
tarbiya
uslublarini
E. Eydemiller, V. Yustitskiy, N. Lengard
lar
о‘rganib, uning oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari,
masalan, qaysarlik, obrо‘li shaxslarning tazyiqini notо‘g‘ri
baholash
kabilar
shakllanishini
isbotlaganlar.
Ota-ona
tarbiyadagi
beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni
bilmaydi. Kо‘pincha bu – bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni
tinchlantiradi. Aksariyat ota-onalar bolasini yо‘qotib qо‘yish yoki
uning kо‘ngli qolishidan qо‘rqib ham notо‘g‘ri tarbiya yо‘llarini
tutadi. Shuning uchun oilaviy tarbiya о‘ta murakkab jarayon bо‘lib,
unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor bо‘lishlari kerak.
4. 4. Xalq pedagogikasida oila ma’naviyati
Xalqimiz oila ma’naviyatiga yuksak qadriyat sifatida alohida
e‘tibor bilan qaraydi.
Oila doimiy mehru muhabbat, izzat-u hurmat
mujassam bo‘lgan, oila a’zolari bir-birlarini sevadigan, suyanadigan
bir maskan sifatida e’zozlangan. Chunki aynan oilada mehr-shafqat,
muhabbat, muruvvat va oqibat tushunchalari
farzand ongiga
murg‘akligidanoq singdiriladi, shu bois ham har bir inson uyiga,
oilasiga talpinadi. Ma’naviy komillik, milliy tarbiyaning bosh va
betakror o‘chog‘i ham bolani doimiy o‘rab turgan ijtimoiy
muhitning
bir bo‘lagi bo‘lgan - oiladir. Bu haqda Abdurauf Fitrat “Rahbari najot”
asarida shunday yozgan edi: “Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha
rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo‘lsalar, o‘sha
muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy
tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi
va yomon ahvolni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o‘rtoqlaridan,
maktabdagi o‘quvchilardan qabul qiladilar”.
Ma’rifatchilardan
biri
Rizouddin
ibn
Faxriddinning
“Insonlarning dinu-dunyolarini tuzatmoq matlub bo‘lsa, eng avval
go‘zal xulqqa ega bo‘lmoq ila oilalarni tuzatingiz.
Oilalar
tuzalganidan so‘ng din ham, dunyo ham tuzaladi”
13
, - degan gaplarida
katta bir haqiqat ifodalangan. Insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari,
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida
shakllanadi.
Bolaning
xarakteri,
tabiati
va
dunyoqarashini
belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik,
olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas
13
Ibn Faxruddin, Rizouddin. Oila. - Т.: Mehnat, 1991.
82
tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.
Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga
hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash
har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik
fazilatlari va oilaviy
munosabatlaming negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi.
Dono xalqimiz uzoq asrlar davomida yaratgan oila ma’naviyati
bilan bog‘liq farzandlarni axloqiy tarbiyalash usul va vositalari,
insoniy fazilatlar qoidalari xalq pedagogikasi manbalarida o‘z aksini
topgan.
O‘zbek xalq pedagogikasida bolalarda ijobiy fazilatlarni
shakllantirish uchun birinchi navbatda oila a’zolari - ota-ona, aka-uka,
opa-singil va oiladagi kattalarga bo‘lgan mehr-muhabbat hissini
tarbiyalash zarurligiga amal qilingani ko‘rinadi.
Oilada bolalarning
kattalarga bo‘lgan mehribonligi tarbiya natijasidagina tarkib topadigan
ma’naviy fazilat ekanligi ta’kidlanadi. Oilada bolalarni axloqiy
tarbiyalashda xalq donishmandlarining odob va axloq haqidagi
hikmatli so‘zlari hamda xalq og‘zaki ijodining turli janrlaridan o‘rinli
foydalana bilish katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: