3.4. Oʻzbekistonda zamonaviy innovatsion strategiyani amalga oshirish
Bugun har bir mamlakat ilgʻor iqtisodiyot nazariyasiga asoslangan oʻz
milliy innovatsiya tizimini yaratishga intilmoqda. Biz bir necha rivojlangan
va rivojlanayotgan davlatlarning muvaffaqiyatli va kutilgan natijani
bermagan tajribasini tahlil qilinganda, har qaysi mamlakatda bu tizimni
rivojlantirish strategiyasi amaldagi davlat makroiqtisodiy siyosati, me’yoriy-
39
huquqiy qonunchilik, toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita davlat boshqaruvi
shakllari, ilmiy-texnologik va sanoat salohiyati, ichki tovar va mehnat
bozorining holati, tarixiy-madaniy rivojlanish darajasi bilan uygʻunlikda
belgilanganligi aniqlandi.
Milliy innovatsiya tizimini yaratayotgan har bir mamlakat uchun
quyidagi hal etilishi lozim boʻlgan asosiy muammolarni ajratib koʻrsatish
mumkin.
•
innovatsiyalarga nisbatan yondashuvning tashkiliy masalalarini ishlab
chiqish
•
innovatsiyalarni kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarish
mexanizmini yaratish
•
innovatsiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish
•
innovatsion jarayonlarni muvafaqqiyatli rivojlantirish sharti sifatida
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va oshirish.
Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy
vazifa yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar yashash
tarziga ta’sir qilishdan iborat boʻladi. Demak, yangilikni joriy etish birinchi
boʻlib mahsulot yoki xizmatni qoʻllash emas, balki yangi gʻoya va ilmiy
natijalarni tijorat darajasida oʻzlashtirishdir.
4-rasm. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik
40
Fundamental izlanishlar oʻzining harakat dinamikasiga ega. Ular
amaliy ishlab chiqarish faoliyati talabiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq emas.
Fundamental fanlar aksariyat hollarda tub oʻzgarishlarga olib keluvchi
ixtirolar va yangiliklar yaratishi mumkin. Yarim oʻtkazgichlar, lazer, gen
muhandisligi, oʻta oʻtkazuvchanlik va shu kabilar ishlab chiqarish va
xizmatlar sohasida yangi yoʻnalishlar ochilishiga sabab boʻladi. SHunga
qaramay, yangi ixtirolar innovatsion jarayonlarning bir boʻlagi boʻlishi
uchun, bozor chigʻirigʻidan oʻtishi kerak. Fundamental fanning hamma
natijalari ham ishlab chiqarishga zudlik bilan tatbiq etilavermaydi
(innovatsion jarayonlar aynan ishlab chiqarish sohasida amalga oshiriladi).
Bunda quyidagi muammolarga e’tibor qaratish zarur:
-
biznesning ilmiy-texnik axborotlarga ega boʻlishi uchun transaktsiya
xarajatlari juda katta;
-
yangi texnologiyalarning qiymat va bozor risklari korxonalar, ayniqsa,
kichik korxonalar uchun juda katta;
-
innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun oʻz
resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsion institutlarning keng
kamrovli va diversifikatsiyalangan bozori mavjud emas;
-
xususiy sektordagi koʻplab korxonalarda innovatsion boshqaruv
qarorlari tizimi shakllantirilmagan;
-
fanni ishlab chiqarish bilan bogʻlab turishi mumkin boʻlgan
innovatsion vositachilar instituti rivojlangan tarmogʻi yaratilmagan;
-
raqobatli muhit mahalliy korxonalarni innovatsiyalarni jalb qilishga
yetarli darajada ragʻbatlantirmaydi;
-
iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida biznes texnologiyalarining
asosiy massasida biznesni tashkil qilishning mablagʻlarni namunaviy tovarlar
ishlab chiqarish yoki ular bilan savdo qilishga kiritishni nazarda tutuvchi
an’anaviy yondashuvlar ustunlik qiladi.
Innovatsiya
faoliyatini
davlat
tomonidan
tartibga
solish
mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy ishlanma va ilmiy hajmdor
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun innovatsion muhitni
yaxshilash, ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va sifatini oshirish,
ilmiy hajmdor mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarida raqobatbardosh
ilmiy-amaliy natijalar olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 12 yanvarda qaror qabul qilindi.
41
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining ilmiy-tadqiqotlar natijalarini va innovatsion ishlanmalarni
ishlab chiqarishga samarali tatbiq etishni ta’minlaydigan mexanizmlari:
•
iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion texnologiyalarni yaratish va
mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq tadbirlarni
moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish;
•
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot
muassasalarining moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
•
xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida maxsus
boʻlinmalar– zarur
tajriba-eksperimental
va
konstruktorlik-texnologik
infratuzilmalari tashkil etish
Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga 2018 yil
yanvardan boshlab ilmiy tadqiqotlar natijalarini va innovatsion ishlanmalarni
amaliyotga tatbiq etish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishini
ta’minlashga qaratilgan quyidagi tahsirchan chora-tadbirlar kompleksi ishlab
chiqildi:
a) tasdiqlangan shtat birliklari doirasida oʻzlarining shtat jadvallariga
ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimini kiritish;
b)
oʻz tuzilmalarida innovatsiyalarga buyurtmalar portfelini
shakllantirish va yaratilgan texnologiyalarning tajriba-sanoat sinovini
oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish, mahsulotning tajriba partiyalarini
ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni tashkil
qilishga mashul boʻlimlarni tuzish;
v) yirik davlat korxonalarida mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy
ta’lim muassasalarining malakali yetuk mutaxassislari va ilmiy xodimlarini
jalb etgan holda yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur
tajriba-sanoat sinovlarini oʻtkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini
ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyorlash
chora-tadbirlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan muammoviy tarmoq
laboratoriyalarini tashkil etish;
g) xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida
Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (yuridik shaxs
tashkil etmagan holda) tashkil qilish, mazkur subhektlar sof foydasining 10
foizi miqdoridagi ajratmalarni uning mablagʻlarini shakllantirish manbai etib
42
belgilash, ushbu jamgʻarma mablagʻlarini faqat quyidagi maqsadlarga
yoʻnaltirish:
•
yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-
sanoat sinovlarini oʻtkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab
chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyorlash chora-
tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish;
•
mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari
bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish boʻyicha tuzilgan shartnomalarni
moliyalashtirish;
•
mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining
moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ularni
eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-
texnik xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va malakasini oshirishda
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.
Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari rahbarlari
ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz muddatida va toʻliq
bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan
imzolangan «2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi farmonga muvofiq,
2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish
strategiyasi va Oʻzbekistonni 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning
maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va
innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson
kapitalini rivojlantirish – Strategiyaning bosh maqsadi etib belgilandi.
Bosh
maqsadga
erishishda
Strategiyaning
asosiy
vazifalari
quyidagilardan iborat:
- Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks
reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
- barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini
rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga
moslashuvchanligini ta’minlash;
- ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va
samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik
43
ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni
integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;
- innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga
davlat va xususiy mablagʻlar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi
tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy
etish;
- boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat
hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
- mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar
tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-
xususiy sherikligini rivojlantirish;
- barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.
Shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha oʻzaro
bogʻliq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni
nazarda tutadigan 3 yilga moʻljallangan rivojlanish dasturlarini tasdiqlash,
keyinchalik 3 yilga moʻljallangan yangi rivojlanish dasturlarini qabul qilish
belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |