Global iqtisodiy boshqaruv sohasida
Butunjahon savdo
tashkilotining global savdo va investitsiyalashning asosiy kanali sifatidagi
32
ahamiyatini saqlab qolishni ta’minlash, “Kamar va yoʻl”ga kiruvchi davlatlar
bilan erkin iqtisodiy zonalarni faol tashkil etish, fors Koʻrfazidagi arab
davlatlari, Yaponiya, Koreya, Isroil, Kadana va Yevropa Ittifoqiga kiruvchi
davlatlar bilan erkin savdo zonalarini tashkil etish boʻyicha mintaqaviy
kelishuvlarni oʻrnatish jarayonlarini tezlashtirish, AQSH va Yevropa bilan
investitsiya kelishuvlari boʻyicha muzokaralar olib borishni davom ettirish;
-
Aholi farovonligi boʻyicha
50 mln. aholini kambagʻallikdan
chiqarib, ularni jamiyatdagi barcha munosabatlarda moddiy ta’minlash, “bir
oilaga – ikki bola” siyosatini hayotga keng tatbiq etish orqali 2020 yilda
umumiy aholi sonini 1,42 mlrd.kishiga yetkazish;
-
Strategiya va xavfsizlik boʻyicha
siyosat, davlat hududi,
iqtisodiyot, jamiyat, resurslar va internet kabi tayanch sohalarda milliy
xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va amalda qoʻllash, terrorizmga qarshi
kuchlarni mustahkamlash va shu yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni
kuchaytirish, milliy mudofaa va armiyani modernizatsiyalashni harakatga
keltirish.
3.2. Oʻzbekistonning XXR bilan iqtisodiy-innovatsion hamkorligi
Oʻzbekiston Xitoy bilan strategik sheriklikni yanada mustahkamlash,
oʻzaro manfaatdorlik va tenglikka asoslangan koʻp tomonlama hamkorlikni
kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Ikki mamlakat oʻrtasida hukumatlar darajasidagi delegatsiyalarning
oʻzaro tashriflari muntazamlik kasb etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek,
“Oʻzbekiston Xitoyni qadimiy tarix va noyob madaniyat, ulkan salohiyatga
ega, jahon iqtisodiyotining yetakchilaridan boʻlgan va oʻz maqsadlari yoʻlida
qat’iy borayotgan mamlakat sifatida biladi
10
”.
Faol aloqalar, jumladan, BMT, SHHT doirasida dolzarb masalalar
yuzasidan oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Pekin
Oʻrta Osiyoda ekologik muvozanatni buzishi mumkin boʻlgan gidroenergetik
loyihalarni amalga oshirishda qatnashmaslikka oid pozitsiyasini tasdiqladi,
mintaqadagi transchegaraviy daryolardan oqilona foydalanish printsiplarini
qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻzbekiston Xitoyni hududiy yaxlitlik, “uch yovuz
10
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-khitoy-strategik-sheriklik-va-d-stlik-munosabatlar-12-05-2017
33
kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish
masalalarida doim qoʻllab-quvvatlaydi.
Sarmoyaviy hamkorlik ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida 2010-
yilda imzolangan noxomashyo va yuqori texnologiyalar sohalaridagi
hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Bugun Oʻzbekiston va Xitoy turli loyihalar, avvalambor, yuqori
texnologiyalar sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etish borasidagi
hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod korxona
faoliyat yuritmoqda. Ularning 100 dan ortigʻi yuz foiz Xitoy sarmoyasi
asosida tashkil etilgan. Yurtimizda Xitoyning 100 ga yaqin kompaniyalari
vakolatxonlari ishlab turibdi.
2002-yildan boshlab Xitoy investitsiyalari va kreditlari ishtirokida
umumiy qiymati 7,8 milliard dollar boʻlgan 83 investitsiya loyihasi, shu
jumladan, 5,75 milliard dollar miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar
jalb etilgan 52 loyiha, 992,4 million dollarlik imtiyozli kreditlar
yoʻnaltirilgan 31 loyiha amalga oshirildi. 2017 yil davomida XXR
rezidentlari kapitali ishtirokida 163 ta yangi korxonalar roʻyhatdan oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyovning 2017-yil
may oyida Xitoyga tashrifi chogʻida oʻttizdan ortiq investitsiya loyihalarini
amalga oshirishga qaratilgan hujjatlar imzolanganini alohida qayd etish joiz.
Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish, raqobatdosh
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoatning eksport
salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etmoqda. XXRning yetakchi sanoat
kompaniyalari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli aloqalarni,birinchi
navbatda, yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlarni rivojlantirishga
alohida
e’tibor
qaratilmoqda.
Neftь-gaz
va
telekommunikatsiya
tarmoqlarida,
transport,
toʻqimachilik,
kimyo
sanoati
va
boshqa
yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xitoy
biznes sub’yektlari Oʻzbekistondagi koʻplab yangi sanoat korxonalari,
jumladan, Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar, Qoʻngʻirot soda zavodlari
qurilishida ishtirok etdi. XXR tadbirkorlari koʻmagida mamlakatimizda
elektr texnikasi mahsulotlari, mobilь telefonlar, qurilish texnikasi ishlab
chiqarish yoʻlga qoʻyildi. “Huawei” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahri
34
va
Oʻzbekiston
mintaqalarining
telekommunikatsiya
tarmoqlarini
rivojlantirish boʻyicha 20 ta loyiha amalga oshirildi. ZTE korporatsiyasi
bilan hamkorlikda chiqarilayotgan modem, smartfon hamda boshqa
uskunalarga ichki va xorij bozorlarida talab yuqori. XXR Milliy neftь-gaz
korporatsiyasi mamlakatimizda istiqbolli uglevodorod konlarini qidirish va
qazish ishlarida faol qatnashmoqda. Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy
gazni chuqur qayta ishlash boʻyicha hamkorlik qilib kelinmoqda
11
.
Oʻzbekiston oʻzining yaqin mintaqaviy qoʻshnisi hamda global
muammolarni hal etishda muhim oʻrin tutadigan davlat sifatida Xitoy Xalq
Respublikasi
bilan
strategik
sherikchilik
munosabatlarini
yanada
mustahkamlashdan manfaatdordir. Oʻzaro manfaatli hamkorlikning huquqiy
bazasini 2005 yilda imzolangan Doʻstlik, hamkorlik va sheriklik
munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma, 2010 yildagi Doʻstlik, hamkorlik va
sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish va rivojlantirish
toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya, 2012 yildagi Strategik sheriklik oʻrnatish
toʻgʻrisidagi Qoʻshma deklaratsiya, 2013 yildagi Ikki tomonlama strategik
hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi Qoʻshma
deklaratsiya,
2014-2018
yillarga
moʻljallangan
Strategik
sheriklik
munosabatlarini rivojlantirish dasturi hamda 2016 yilda imzolangan
Qoʻshma bayonot tashkil qiladi
12
.
COVID-19 ga qarshi vaksina, samarali sinov va mavjud profilaktika
choralari bilan birgalikda, pandemiyani nazorat ostiga olishga yordam
beradigan
muhim
vositaga
aylandi.
Bunda
Xitoy-Oʻzbekiston
hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi alohida ahamiyat
kasb etadi. Bu Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari
tomonidan yaratilgan, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd
farmasevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda oʻzbekistonlik
olimlar bilan hamkorlikda klinik tadqiqotlari olib borilgan koronavirusga
qarshi yangi rekombinant vaksinadir.
Xitoy-Oʻzbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001
vaksinasini yaratishda koronavirus tashqi oqsili biotexnologik usul bilan
sintezlanib olingan boʻlib, organizmga yuborilganda oqsilga nisbatan immun
javob hosil boʻladi. Bunday vaksinalar boshqa turdagi vaksinalar bilan
solishtirganda, eng yuqori xavfsizlik profiliga ega hisoblanadi.
11
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-khitoy-strategik-sheriklik-va-d-stlik-munosabatlar-12-05-2017
12
www.gov.uz/uz/pages/international_relations
35
Ta’kidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor
texnologiyalar markazi va Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Xitoyning ZF2001 vaksinasi
ustidagi tadqiqotlarni keng koʻlamda oʻtkazilishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida xitoylik hamkorlarimiz Oʻzbekistonni
mazkur vaksina hammuallifi deb e’lon qildi va vaksinaga ZF-UZ-VAC2001
deb nom berildi. Bugungi kunda ZF-UZ-VAC2001 Oʻzbekistonda
koronavirusga qarshi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yagona vaksinadir ZF-
UZ-VAC 2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell)
vaksina tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun tegishli tartibda davlat
roʻyxatidan oʻtkazildi. Roʻyxat raqami - DV/X 08646/03/21.
Bugungi kunga qadar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III-faza
sinovlarida emlanganlarning har biridagi oʻzgarishlar toʻla nazorat qilib
borilmoqda. Mazkur vaksina JSST talablariga mos holda Oʻzbekistonda III-
faza sinov tadqiqotlari oʻtayotgan yagona vaksinaligi ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
Tadqiqotchilar koronavirusning «britancha shtammi» va boshqa
shtammlaridan ham mazkur vaksina yordamida himoyalanish mumkinligini
qayd etmoqdalar. Negaki ZF-UZ-VAC2001 vaksina biotexnologiya usulida
yaratilgan boʻlib, bunda virusning tojlari, ya’ni boʻlakchalari kesib olinadi va
ular laboratoriya sharoitida koʻpaytiriladi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |