Mustaqil ishi mavzu



Download 21,14 Kb.
Sana04.09.2021
Hajmi21,14 Kb.
#164680
Bog'liq
Sanoatning milliy iqtisodiyotda tutgan orni I Alimukhammad Muminov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” fakulteti

“IQTISODIYOT” kafedrasi

“INDUSTRIAL IQTISOD” fanidan

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Sanoat tarmog’ining milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni

Bajaruvchi: Muminov Alimuhammad

Qabul qiluvchi: Davlyatova Gulnoraxon

FARG’ONA – 2020



Sanoat, industriya — xalq xoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi. Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi. XX asrning 80-yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika, yoqilgʻi sanoati, qora metallurgiya, rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish, oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza qogʻoz sanoati, qurilish materiallari sanoati, qurilish konstruksiyalari va detallari sanoati, yna va chinnifayans sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, mikrobiologiya Sanoati, unyorma va aralash yem sanoati, tibbiyot sanoati, poligrafiya sanoati armoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi. Sanoatning ijtimoiy ishlab chiqarishning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik Sanoat Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15- asrlarda paydo boʻldi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarda sanoat XX asr boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, XX asrning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi. Oʻzbekiston xududida sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlga hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi sanoatning paydo boʻlishi XX asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, aroq, konserva, paxta moyi zavodlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda sanoat Rossiya sanoati va iqtisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi. 1913-yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot ishlab chiqarishda ogʻir sanoatning hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiyaqurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi. XX asrning 20yillaridan boshlab Oʻzbekistonda sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari qurila boshladi. 1937 yilda Toshkent toʻqimachilik k-ti ishga tushirildi, XX asrning 40—50 yillaridan ko‘mir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi. 1941—45 yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning ko‘pi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq shaharlari rangli metallurgiya markazlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin sanoatda tub islohotlar amalga oshirildi, koʻpgina tarmoqdardagi sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlat aksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliy-huquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrinda turadigan sanoat tarmoqlarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalga oshirildi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar tashkil topdi (2000 yilda 6,4 ming oʻrta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali bilan hamkorlikda koʻpgina Sanoat tarmoklarida qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Sanoat tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoqlarga chet el investitsiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respublika sanoatida tarmoqlarning tutgan oʻrni har xil. Sanoat tarmoklari orasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi toʻqish, konserva, yogʻmoy va boshqa sanoat tarmoqlaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Sanoat taraqqiyotida yoqilgʻi energetika kompleksining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, ko‘mir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. Oʻzbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Oʻzbekistonda sanoat tarmoqlarida mulk shakllarini oʻzgartirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, Oʻzbekistonning kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini taʼminlaydi.2002 yilda Oʻzbekiston Sanoatda 1467 ta oʻrta va yirik ishlab chiqari korxonalar ishladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmogʻi umumiy ishlab chiqarish hajmining 88,5%ni tashkil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Davlat korxonalari soni salmogi 4,6%, nodavlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band boʻldi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat boʻldi.

O‘tish davrining murakkab sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari – neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Mustaqillik davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar tufayli uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus ishlab chiqaruvchi “Isuzu” (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “MAN” (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi.

Natijada O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi: iqtisodiy o‘sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi bosqichma-bosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga ko‘tarildi. Bunday o‘zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir.

O‘zbekistonning sanoati diversifikatsiya qilinishi natijasida uning eksport tuzilmasi ham o‘zgarib bormoqda. Agar o‘tgan asrning 90-yillari boshida mamlakatimiz eksporti, asosan, paxtadan iborat bo‘lgan va uning ulushi eksport umumiy hajmining 60 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi paytda chetga chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizi qishloq xo‘jaligi texnikasi, zamonaviy qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik buyumlari hamda poyabzal, kabel-o‘tkazgichlar singari qayta ishlashga asoslangan tarmoqlarning mahsulotlaridir.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‘rin egallaydi. Dastlab mahalliylashtirish dasturi 2000 yil iyoq qabul qilingan edi. O‘shandan buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSH dollarilik mahsulot importining o‘rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish butunlay to‘xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish 2 baravardan ziyod kamaydi.

Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ham har yili o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi hamda Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirishning shartnomaviy tizimini hamda undagi yengilliklar tartibini yaratishga olib keldi. Masalan, o‘tgan yilgi yarmarkada joriy yil davomida umumiy qiymati 1,9 trillion so‘mga teng bo‘lgan mahsulotni sotish bo‘yicha 13,3 mingdan ziyod yoki undan avvalgi yarmarkaning ko‘rsatkichlariga nisbatan 38 foizdan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 2,1 trillion so‘mligi ilgari import qilingan mahsulotlarga tegishlidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu joriy yilda sanoat tarmoqlarini asosiy ishlab chiqarish uchun import qilishni 637,5 million AQSH dollariga qisqartirishni ta'minlaydi.

Chet ellarda sanoatning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamgʻarilgan texnika jihatidan ilgʻor kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi bilan taʼminlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, koʻpgina Osiyo hamda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari kiradi.

Birgina Hindiston misolida sanoatning iqtisodiyotga ta’sirini ko‘radigan bo‘lsak: Hindiston paxta va to‘qimachilik sohasi sanoat mahslotlarning 12 %ini, YAIMning 4%ini tashkil qiladi. Samlakatda qariyb 35 million tajribali va yarim tarjibali ishchi ushbu sohada faoliyat olib boradi. Paxta va to‘qimachilik mahsulotlari yillik eksport mahsulotinig 12%ini tashkil qiladi.

Qimmatbaho buyumlar hamda zargarlik mahsulotlari Hindistonni ushbu sohada rng yirik markazlardan biriga aylantiridi. Ushbu sohaning umumiy eksportdagi hajmi 12%ni tashkil qiladi. Hindiston qimmatbaho buyumlar hamda zargarlik mahsulotlari bozoridagi ulushi jahon bozorining 80%ni tashkil qiladi. Hindistonning qimmatbaho toshlar va zargarlik buymlari mahsulotlari eksport bahosi 2015-yil hisobiga ko‘ra 31 mlrd. dollarni tashkil qilgan.



Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining ko‘proq ulushiga ega bo‘lgan sanoat tarmog’ining rivojlanishiga jiddiy e‘tibor qaratish hamda ushbu progress jarayonida mukammal rejalashtirilgan iqtisodiy qarorlarni to‘g‘ri qabul qilish qolgan barcha tarmoqlarning yuqori natijalarga erishishiga hamda mamlakat YaIMi salmog‘ining jadal suratlarda o‘sishiga turtki bo‘ladi.
Download 21,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish