G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


 Oʻzbekistonda zamonaviy innovatsion strategiyani amalga oshirish



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
3.4. Oʻzbekistonda zamonaviy innovatsion strategiyani amalga oshirish
Bugun har bir mamlakat ilgʻor iqtisodiyot nazariyasiga asoslangan oʻz 
milliy innovatsiya tizimini yaratishga intilmoqda. Biz bir necha rivojlangan 
va rivojlanayotgan davlatlarning muvaffaqiyatli va kutilgan natijani 
bermagan tajribasini tahlil qilinganda, har qaysi mamlakatda bu tizimni 
rivojlantirish strategiyasi amaldagi davlat makroiqtisodiy siyosati, me’yoriy-


39 
huquqiy qonunchilik, toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita davlat boshqaruvi 
shakllari, ilmiy-texnologik va sanoat salohiyati, ichki tovar va mehnat 
bozorining holati, tarixiy-madaniy rivojlanish darajasi bilan uygʻunlikda 
belgilanganligi aniqlandi. 
Milliy innovatsiya tizimini yaratayotgan har bir mamlakat uchun
quyidagi hal etilishi lozim boʻlgan asosiy muammolarni ajratib koʻrsatish 
mumkin. 

innovatsiyalarga nisbatan yondashuvning tashkiliy masalalarini ishlab 
chiqish

innovatsiyalarni kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarish 
mexanizmini yaratish 

innovatsiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish 

innovatsion jarayonlarni muvafaqqiyatli rivojlantirish sharti sifatida 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va oshirish. 
Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy 
vazifa yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar yashash 
tarziga ta’sir qilishdan iborat boʻladi. Demak, yangilikni joriy etish birinchi 
boʻlib mahsulot yoki xizmatni qoʻllash emas, balki yangi gʻoya va ilmiy 
natijalarni tijorat darajasida oʻzlashtirishdir. 
4-rasm. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik


40 
Fundamental izlanishlar oʻzining harakat dinamikasiga ega. Ular 
amaliy ishlab chiqarish faoliyati talabiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq emas. 
Fundamental fanlar aksariyat hollarda tub oʻzgarishlarga olib keluvchi 
ixtirolar va yangiliklar yaratishi mumkin. Yarim oʻtkazgichlar, lazer, gen 
muhandisligi, oʻta oʻtkazuvchanlik va shu kabilar ishlab chiqarish va 
xizmatlar sohasida yangi yoʻnalishlar ochilishiga sabab boʻladi. SHunga 
qaramay, yangi ixtirolar innovatsion jarayonlarning bir boʻlagi boʻlishi 
uchun, bozor chigʻirigʻidan oʻtishi kerak. Fundamental fanning hamma 
natijalari ham ishlab chiqarishga zudlik bilan tatbiq etilavermaydi 
(innovatsion jarayonlar aynan ishlab chiqarish sohasida amalga oshiriladi). 
Bunda quyidagi muammolarga e’tibor qaratish zarur: 

biznesning ilmiy-texnik axborotlarga ega boʻlishi uchun transaktsiya 
xarajatlari juda katta; 

yangi texnologiyalarning qiymat va bozor risklari korxonalar, ayniqsa, 
kichik korxonalar uchun juda katta; 

innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun oʻz 
resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsion institutlarning keng 
kamrovli va diversifikatsiyalangan bozori mavjud emas; 

xususiy sektordagi koʻplab korxonalarda innovatsion boshqaruv 
qarorlari tizimi shakllantirilmagan; 

fanni ishlab chiqarish bilan bogʻlab turishi mumkin boʻlgan 
innovatsion vositachilar instituti rivojlangan tarmogʻi yaratilmagan; 

raqobatli muhit mahalliy korxonalarni innovatsiyalarni jalb qilishga 
yetarli darajada ragʻbatlantirmaydi; 

iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida biznes texnologiyalarining 
asosiy massasida biznesni tashkil qilishning mablagʻlarni namunaviy tovarlar 
ishlab chiqarish yoki ular bilan savdo qilishga kiritishni nazarda tutuvchi 
an’anaviy yondashuvlar ustunlik qiladi. 
Innovatsiya 
faoliyatini 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solish 
mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy ishlanma va ilmiy hajmdor 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun innovatsion muhitni 
yaxshilash, ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va sifatini oshirish, 
ilmiy hajmdor mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarida raqobatbardosh 
ilmiy-amaliy natijalar olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 12 yanvarda qaror qabul qilindi.


41 
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya 
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining ilmiy-tadqiqotlar natijalarini va innovatsion ishlanmalarni 
ishlab chiqarishga samarali tatbiq etishni ta’minlaydigan mexanizmlari: 

iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion texnologiyalarni yaratish va 
mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq tadbirlarni 
moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish; 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot 
muassasalarining moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish; 

xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida maxsus 
boʻlinmalar–zarur 
tajriba-eksperimental 
va 
konstruktorlik-texnologik 
infratuzilmalari tashkil etish 
Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga 2018 yil 
yanvardan boshlab ilmiy tadqiqotlar natijalarini va innovatsion ishlanmalarni 
amaliyotga tatbiq etish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishini 
ta’minlashga qaratilgan quyidagi tahsirchan chora-tadbirlar kompleksi ishlab 
chiqildi: 
a) tasdiqlangan shtat birliklari doirasida oʻzlarining shtat jadvallariga 
ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimini kiritish; 
b) 
oʻz tuzilmalarida innovatsiyalarga buyurtmalar portfelini 
shakllantirish va yaratilgan texnologiyalarning tajriba-sanoat sinovini 
oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish, mahsulotning tajriba partiyalarini 
ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni tashkil 
qilishga mashul boʻlimlarni tuzish; 
v) yirik davlat korxonalarida mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy 
ta’lim muassasalarining malakali yetuk mutaxassislari va ilmiy xodimlarini 
jalb etgan holda yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur 
tajriba-sanoat sinovlarini oʻtkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini 
ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyorlash 
chora-tadbirlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan muammoviy tarmoq 
laboratoriyalarini tashkil etish; 
g) xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida 
Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (yuridik shaxs 
tashkil etmagan holda) tashkil qilish, mazkur subhektlar sof foydasining 10 
foizi miqdoridagi ajratmalarni uning mablagʻlarini shakllantirish manbai etib 


42 
belgilash, ushbu jamgʻarma mablagʻlarini faqat quyidagi maqsadlarga 
yoʻnaltirish: 

yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-
sanoat sinovlarini oʻtkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab 
chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyorlash chora-
tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish; 

mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari 
bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish boʻyicha tuzilgan shartnomalarni 
moliyalashtirish; 

mos yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining 
moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ularni 
eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-
texnik xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va malakasini oshirishda 
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash. 
Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari rahbarlari 
ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz muddatida va toʻliq 
bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
imzolangan «2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion 
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi farmonga muvofiq, 
2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish 
strategiyasi va Oʻzbekistonni 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning 
maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi. 
Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va 
innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson 
kapitalini rivojlantirish – Strategiyaning bosh maqsadi etib belgilandi. 
Bosh 
maqsadga 
erishishda 
Strategiyaning 
asosiy 
vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
- Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks 
reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; 
- barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini 
rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga 
moslashuvchanligini ta’minlash; 
- ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va 
samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik 


43 
ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni 
integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish; 
- innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga 
davlat va xususiy mablagʻlar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi 
tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy 
etish; 
- boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat 
hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish; 
- mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar 
tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-
xususiy sherikligini rivojlantirish; 
- barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish. 
Shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha oʻzaro 
bogʻliq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni 
nazarda tutadigan 3 yilga moʻljallangan rivojlanish dasturlarini tasdiqlash, 
keyinchalik 3 yilga moʻljallangan yangi rivojlanish dasturlarini qabul qilish 
belgilab berildi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish