241
ishchilari va aholini raqamli iqtisodiyot asoslariga o'qitish uchun yuqori
malakali mutaxassislarni talab qiladi, lekin bu zamon va xalq xizmatiga
qo'yiladigan ilgʻor axborot texnologiyalarining talabidir.
O'zbekiston hukumati raqamli iqtisodiyot dasturini davlatning strategik
rivojlanish
rejasiga kiritdi, uning maqsadi respublikada to'liq raqamli muhit
va raqamli maydon yaratishdir. Hukumatning fikriga ko'ra, aynan
iqtisodiyotni "raqamlashtirish" mamlakatga global raqobatbardoshlik va
milliy xavfsizlik masalalarini imkon qadar tezroq hal qilishga imkon beradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga
2018 yil 28 dekabrdagi murajaatnomasida: "... 2019 yilda biz raqamli
texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha sohalarini yangilashni ko'zda
tutadigan Raqamli iqtisodiyotning “Raqamli O‘zbekiston - 2030” milliy
konsepsiyasini ishlab chiqishni boshlashimiz va shu asosda dasturni amalga
oshirishimiz kerak", - deya ta’kidlangan. "Raqamli iqtisodiyot"
mamlakat
hayotining barcha sohalarini raqamli makon bilan ta'minlaydi. Dasturning
asosiy maqsadi mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun
huquqiy, texnik, tashkiliy va moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish va
keyinchalik
xorijiy
mamlakatlarning
raqamli
iqtisodiyotlari
bilan
integratsiyalashuvidir. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning kamida
30 foizga o'sishini ta'minlaydi va korruptsiyani keskin kamaytiradi. Nufuzli
xalqaro tashkilotlarning tahliliy izlanishlari buni tasdiqlaydi. Mamlakat
iqtisodiyotda raqamli formatga o'tish dasturini ishlab chiqishga kirishdi.
Ushbu dasturning bosqichlari 2030 yilgacha davom etadi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni
faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sogʻliqni
saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat
tizimini takomillashtirish, dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada
rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish,
shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220
dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy
iqtisodiyot tarmoqlarining
raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017
242
— 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan
manfaatdor
vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar
vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasi qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: