14.3.
Oʻzbekistonda innovatsion infratuzilmaning rivojlanishi
Innovatsion infratuzilmaning sub’yektlariga quyidagilar kiradi:
innovatsion texnologik park;
texnologiyalar transferi markazi;
innovatsion klaster;
venchur tashkiloti;
innovatsiya markazi.
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa shaxslar innovatsion
infratuzilmaning subyektlari bo‘lishi mumkin.
Innovatsion texnologik park
direksiyasi nomidan innovatsion
texnologik park innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratiladigan yagona moddiy-texnika majmuasi bo‘lgan hududga
mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda egalik qiluvchi yuridik
shaxsdir.
Innovatsion texnopark rezidenti innovatsion texnopark hududida
innovatsion loyihani amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Innovatsion texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan
iborat:
ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga
ko‘maklashish;
innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
innovatsion faoliyat subyektlariga moddiy-texnik, tashkiliy-uslubiy,
moliyaviy, axborotga oid, maslahat xizmatlari va boshqa servis xizmatlari
ko‘rsatish;
innovatsion loyihalarni boshqarishda ko‘maklashish;
yangi ishlanmalarning tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish va
intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza berilishiga ko‘maklashish;
yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etishdan
manfaatdor bo‘lgan mahalliy, xorijiy investorlarni hamda tadbirkorlik
subyektlarini jalb etish;
innovatsiyalarni tashqi bozorda ilgari surish maqsadida tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirishda ko‘maklashish;
226
innovatsion faoliyat subyektlari o‘rtasida uzviy va amaliy hamkorlikni
ta’minlash.
Innovatsion texnoparkning asosiy vazifasi uning rezidentlarini
quyidagi yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashdan iborat:
bozorda realizatsiya qilish uchun yangi yoki takomillashtirilgan
mahsulot chiqaruvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga ko‘maklashish,
shuningdek yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalarni o‘zlashtirish;
ko‘char va ko‘chmas mulkni, shu jumladan turli funksional
maqsadlarga mo‘ljallangan xonalarni shartnoma asosida ijaraga berish;
tajriba namunasini tayyorlash hamda ularning sinovlarini o‘tkazish
bilan bogʻliq ishlarni va boshqa tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish;
mahsulotni sertifikatlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha
xizmatlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza
berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
ko‘rgazmalarda, konferensiyalarda va boshqa tadbirlarda ularning
ishtirok etishini tashkil qilish orqali innovatsion mahsulotni, texnologiyalarni
ilgari surish;
innovatsion texnoparkning ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion
faoliyati bilan bogʻliq bo‘lgan boshqa xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish).
Rezidentlardan laboratoriya asbob-uskunalarining, ishlab chiqarish,
ofis xonalarining va boshqa xonalarning ijarasi, ko‘rsatiladigan xizmatlar
uchun kelib tushadigan mablagʻlar to‘liq hajmda innovatsion texnopark
tasarrufida qoladi.
Innovatsion texnoparkning faoliyat ko‘rsatish muddati o‘ttiz yilgachani
tashkil etadi, keyinchalik bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Innovatsion texnopark rezidentining maqomi tanlov asosida o‘n yil
muddatgacha beriladi.
Innovatsion texnoparkning rezidentlar bilan munosabatlari ular
o‘rtasida tuziladigan innovatsion faoliyatni amalga oshirishga doir
shartnomalar asosida tashkil etiladi.
Innovatsion
texnoparkka
hamda
uning
rezidentlariga
qonun
hujjatlariga muvofiq soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar
belgilanishi mumkin.
Innovatsion texnoparkni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
227
Innovatsion texnoparkning faoliyati vakolatli davlat organi tomonidan
muvofiqlashtiriladi.
Texnologiyalar transferi markazi
texnologiyalar transferini va
innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil
etilgan yuridik shaxsdir.
Texnologiyalar transferi markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
yangi ishlanmalarni ilgari surish tashkiliy-texnikaviy imkoniyatlarini
aniqlash bo‘yicha bozor konyunkturasi tadqiqotlarini o‘tkazish;
muhandislik-maslahat va loyiha (injiniring) xizmatlari ko‘rsatish;
biznes-rejalar tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
investitsiyalarni jalb qilish;
texnologiyalar transferi bilan bogʻliq axborotni tarqatish.
Texnologiyalar transferi markazini tashkil etish, qayta tashkil etish va
tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Innovatsion klaster
tegishli hududda innovatsiyalarni yaratishda
ishtirok etuvchi innovatsion faoliyat subyektlarining, innovatsion faoliyat
natijalari iste’molchilarining yigʻindisi sifatida yuridik shaxs tashkil
etmasdan tuziladi va ushbu subyektlarning, iste’molchilarning asosiy
maqsadi
samarali
hamkorlik
qilishdan,
quvvatlardan
birgalikda
foydalanishdan hamda bilimlar, ko‘nikmalar almashishdan, shuningdek
texnologiyalar transferiga ulushni ta’minlash orqali innovatsion faoliyatni
ragʻbatlantirishdan iborat bo‘ladi.
Innovatsion klaster faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
muayyan innovatsiyalarni yaratish, shuningdek bozor ehtiyojlarini
qanoatlantirish uchun ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohasidagi
innovatsion faoliyat subyektlarining salohiyatini birlashtirish;
innovatsion klastyerlar faoliyatiga taalluqli bo‘lgan kadrlarni
tayyorlashga va qayta tayyorlashga, shu jumladan innovatsiyalarni yaratishga
doir buyurtmalarni shakllantirish;
yangi
yoki
yaxshilangan
ishlanmalarni
ishlab
chiqarishga
ixtisoslashgan yangi tarmoqlar va korxonalar tashkil etishga ko‘maklashish;
innovatsion faoliyat natijalarini birgalikda bozorda ilgari surish.
Innovatsion klaster iqtisodiyot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda,
innovatsion faoliyat subyektlarining o‘zaro manfaatdorligi asosida tashkil
228
etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning qarori bo‘yicha
tugatiladi.
Asosiy faoliyat turi xavfli innovatsion loyihalar amalga oshirilishini
moliyalashtirishdan iborat bo‘lgan ham yuridik shaxs shaklida tashkil
etiladigan, ham yuridik shaxs sifatida tashkil etilmaydigan ixtisoslashtirilgan
moliya institutlari
venchur tashkilotlar, fondlar, shirkatlardir
.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va
jismoniy shaxslar venchur tashkilotlarining ta’sischisi bo‘lishi mumkin.
Venchur tashkilotlari:
yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ustav fondida ulush
asosida ishtirok etishga;
o‘z mablagʻlarini yangi ishlanmalarni amalga oshirish uchun garovsiz,
kafilliksiz va kafolatsiz berishga haqli.
Venchur tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sischilarning qaroriga binoan
amalga oshiriladi.
Innovatsiya markazi
innovatsion faoliyat sohasida yangi gʻoyalarni
yaratishdan yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishgacha bo‘lgan to‘liq ishlar
turkumini amalga oshirish maqsadida yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.
Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan
iborat:
yangi gʻoyalar va ishlanmalar bazasini shakllantirish;
yangi gʻoyalarni takomillashtirish va kuchaytirish bo‘yicha chora-
tadbirlar ko‘rish (akseleratsiya);
innovatsiyalarga yangi gʻoyalar va ishlanmalarni tatbiq etish uchun
moddiy-texnik shart-sharoitlarni ta’minlashga ko‘maklashish;
innovatsion menejment bo‘yicha treninglar o‘tkazish;
innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va ularni amalga oshirishga
ko‘maklashish;
marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
yangi ishlanmalarni bozor talablariga yo‘naltirish va moslashtirish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
innovatsion faoliyat subyektlari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
yangi gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirish
maqsadida reklama va ko‘rgazmaga oid xizmatlar ko‘rsatish.
229
Innovatsiya markazini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |