G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

12.3.
 
Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirish 
Bugungi kunda iqtisodiyotning integratsiyalashuvi, raqobat bozorining 
tobora kuchayib borishi, iste’molchilar ehtiyojlarining tez oʻzgara 
borayotganligi har bir tadbirkordan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 
chiqarishni talab etmoqda. Shu sababli ham korxonalarning faoliyatini 
innovatsion rivojlantirish zamon talabiga aylanib bormoqda. 
Kichik biznes sub’yektlarining innovatsion faoliyati asosan 
quyidagilarni nazarda tutadi: 

Ishlab chiqarish jarayoniga yangi hamda takomillashgan mahsulotni
kiritish; 
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish
va bu bilan tannarxning pasayishiga erishish; 

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarda doimiy ravishda iste’mol va sifat
koʻrsatkichalarini oshirib borish. 

Kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan 
maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan 
samaraliroq foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan 
iboratdir. 
Kichik biznes korxonalari kishilardagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik 
hamda mulkka egalik qilish qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish vositalaridan 


194 
biri boʻlib hisoblanadi. Oʻrta mulkdorlar sinfini shakllantirishda, aholini ish 
bilan ta’minlash va pirovardida milliy farovonlikni oshirish ushbu sektorning 
qay darajada rivojlanganligiga bogʻliq. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi koʻplab 
adabiyotlarda ushbu faoliyatning quyidagi oʻziga xos afzalliklari keltirilgan: 
bozor konyunkturasi oʻzgarishlariga tez moslashuvchan va harakatchan; oʻz 
harakatida boshqa korxonalarga bogʻliq boʻlmaydi; vaziyatga qarab tezda 
ishlab chiqarish, xizmat qilish konyunkturasini tezda oʻzgartirishga qaror 
qabul qila oladi; iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ularning 
istaklariga, urf-odatlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga tez moslasha 
oladi; ishlab chiqarish siklining qisqa muddatligi va qisqa muddatda foyda 
koʻrish va eng asosiysi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga 
tezda joriy qilishi mumkinligi. 
Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va 
kichik biznes korxonalarida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng 
joriy etish quyidagilar hisobiga muhim hisoblanadi: 

Kichik biznes korxonalarining ixcham va harakatchanligi ishlab 
chiqarish jarayonida innovatsiyalani joriy etishda tavakkalchilik darajasining 
pastligi yaxshi samara beradi; 

Kichik korxonalar faoliyatida innovatsiya va innovatsion texnologiya 
larning joriy etilishi ularning faoliyatidagi xarajatlarni kamaytirib, 
rentabellikni 
oshiradi; 
Kichik biznes korxonalarining yangilik va innovatsiyalarni tez oʻzlashtira 
olish qobiliyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad 
olish imkoniyatini beradi; 

Kichik biznes subyektlarining boshqaruv jarayonida zamonaviy
innovatsiyalarni qoʻllash orqali korxona koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlishi 
mumkin. Masalan, tovar nomenklaturasi va assortimentini oshirish; yangi 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilish hajmini oshirish; mahsulot 
sotishning istiqbolli bozorlarini oʻzlashtirish va asosiysi korxonaning eksport 
salohiyati oshadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, kichik biznes 
korxonalari faoliyatini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil 
etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyaning oʻrni ortib borayotganligi sababli 


195 
kichik biznes korxonalari faoliyatida uni qoʻllamasdan turib yangilik darajasi 
yuqori boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar yaratib boʻlmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesning innovatsion faoliyati 
raqobat kurashi uchun maqbul vositalardan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu 
faoliyat ishlab chiqarish jarayonida yangi iste’molchilarning paydo 
boʻlishiga, investitsiyalar kirib kelishining asosiy mezoni boʻlib hisoblanadi. 
Bu sababli yangi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning reytingi oshib boradi va 
yangi zamonaviy bozorlarni egallash imkoniyati tobora ortib boradi. 
Gʻoyalarni amalga oshirish, ya’ni korxonani toʻliq yoki qisman 
yangilash uchun mumkin boʻlgan tadbirkor faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 
quyidagilardan tarkib topgan: 

Ishlab chiqarishning boshqaruv tizimini har tomonlama oʻrganish; 

Zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni qoʻllash; 

Mahsulotni ishlab chiqarishda yanada tejamli yoki mustahkam yangi 
materiallardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish; 

Mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishini yaxshilash; 

Korxonada reklama faoliyatini har tomonlama samarali va mukammal 
ravishda tashkil etish. 
Bugungi kunda kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatini 
boshqarish jarayoni oʻz oldiga koʻplab vazifalarni olgan. Innovatsion 
faoliyatni boshqarish jarayoni turli vaziyatlarga tez moslashuvchan boʻlib, 
kompleks xarakter kasb etadi. Uning zimmasiga mahsulotni ishlab 
chiqarishga joriy etish, tashkiliy tuzilma shakllarini va boshqaruvchilik 
funksiyalarini qayta tuzish, yangiliklarni amaliy hayotga joriy etish, 
innovatsion jarayonlarni boshidan oxirigacha boshqarish imkoniyatini 
ta’minlash kabi vazifalar yuklatiladi. 
Kichik 
biznes 
subyektlarida 
innovatsion 
jarayonlar 
quyidagi 
bosqichlarni oʻz ichiga olgan holda amalga oshiriladi: 

Korxona mahsuloti haqida kelib tushayotgan fikrlarni tizimlashtirib
borish; 

Innovatsion gʻoyani aniqlash hamda yangi mahsulotning gʻoyasini 
ishlab
chiqish; 

Ishlab chiqariladigan yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligining 
mazmuni va marketing dasturini tayyorlash; 


196 

Yangi mahsulotning yaratilishi. 
Korxonada innovatsiya faoliyatini tashkil etishning birinchi bosqichida 
ishlab chiqarish boʻlimlaridagi marketing xizmatidan, korxonaning sotish 
apparatidan, savdo agentlaridan, iste’molchilardan kelib tushayotgan 
yangiliklar hamda bozorlardagi texnologik oʻzgarishlar haqida ma’lumotlar 
yigʻiladi. Yangi mahsulotni yaratish va oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan 
potensial imkoniyatlar ham oʻrganiladi. 
Yangi mahsulotning gʻoyasini ishlab chiqish bosqichida esa gʻoyaning 
amaliy jihatdan amalga oshirishning mavjud imkoniyatlarini aniqlash; yangi 
va an’anaviy mahsulotni texnologik umumiyligi darajasini aniqlash; 
kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulotga patent tizimini aniqlash kabilar 
aniqlanadi. 
Mahsulotning texnik holatini yaratish hamda mahsulotning iqtisodiy 
xarakteristikasini aniqlash gʻoya aniq loyiha koʻrinishiga kelganidan soʻng 
amalga oshiriladi. Uning sifati hamda iste’mol xususiyatlarini baholash; 
sotuv hajmi va potensial bozor taklifini baholash; yangi mahsulot ishlab 
chiqarish rentabelligining tahlili va uni baholash, marketing dasturini 
yaratish kabilar yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligining mazmuni
marketing dasturini yaratish deb nomlangan uchinchi bosqichida amalga 
oshiriladi. 
Kichik biznes subyektlari innovatsion faoliyatining oxirgi: yangi 
mahsulotning yaratilishi deb nomlangan bosqichida esa kichik biznes 
subyektining boʻlimlariga vazifalarni taqsimlagan holda yangi mahsulot 
rivojlanishining aniq dasturini tuzish; mahsulot namunasini yaratish va 
texnik tanlovdan oʻtkazish; mahsulotning nomini va belgisini aniqlash; narx 
va boshqa tijorat shartlariga oid test oʻtkazish kabi jarayonlar amalga 
oshiriladi. 
Yuqorida koʻrsatilgan bosqichlarda belgilangan jarayonlar samarali 
tashkil etilsa kichik biznes subyektlarini innovatsion faoliyati ham 
mukammal ravishda amalga oshadi. Buning natijasida esa korxona oʻz oldiga 
qoʻygan maqsadlar sari odimlashi mumkin boʻladi
50

50
https://fayllar.org/kirish-i-bob-kichik-biznes-korxonalari-innovatsion-faoliyatini.html 


197 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish