12.2.
Innovatsion biznesni rivojlantirishning xorij tajribasi
Bugun har bir mamlakat ilgʻor iqtisodiyot nazariyasiga asoslangan oʻz
milliy innovatsiya tizimini yaratishga intilmoqda. Bir necha rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlarning muvaffaqiyatli va kutilgan natijani bermagan
tajribasini tahlil qilinganda har qaysi mamlakatda bu tizimni rivojlantirish
strategiyasi amaldagi davlat makroiqtisodiy siyosati, me’yoriy-huquqiy
qonunchilik, toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita davlat boshqaruvi shakllari, ilmiy-
texnologik va sanoat salohiyati, ichki tovar va mehnat bozorining holati,
tarixiy-madaniy rivojlanish darajasi bilan uygʻunlikda belgilanganini koʻrish
mumkin.
Mamlakatda
qulay
tadbirkorlik
muhitini
yaratmay,
samarali
innovatsion rivojlanishga erishish mumkin emas.
Qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirmasdan innovatsiya loyihalarini
davlat tomonidan moliyalashtirishni kuchaytirish past samaradorlik
koeffitsientiga ega boʻladi.
Milliy innovatsiya tizimi yaratilishi ilmiy tadqiqotlarning tijoratlashishi
uchun qulay sharoitlar shakllanishiga olib keladi.
Innovatsiya tizimlarini tashkillashtirish va ularning amal qilish
printsiplari xorijiy mamlakatlarda rivojlanish modellariga qarab, turli
darajada farqlanadi. Mavjud tizimlarni oʻzimizga koʻr-koʻrona koʻchirish
kutilgan samarani bermaydi. Yaxshisi, oʻsha davlatlarda bu institutlar uygʻun
ishlashini va oʻzaro aloqalarni oʻrnatish mexanizmini oʻrganish kerak
Muvaffaqiyatli innovatsion rivojlanishning bosh omili iqtisodiyotga
yangi texnologiyalarni singdirish qobiliyati (absorbtion ability) boʻlib, bu
innovatsiyani oʻzlashtirish va qoʻllash uchun qulay muhit yaratilishidan
dalolat beradi.
MDH davlatlarida yaqin vaqtgacha innovatsion faoliyat faqat
byudjetdan moliyalashtiriladigan va rejalashtirishtirilib boshqariladigan yirik
davlat muassasalarida amalga oshirilgan, lekin innovatsion jarayonning
oʻziga xos xususiyatlari va qonuniyatlari hisobga olinmagan.
Innovatsion biznes – aslida kichik biznesining eng himoyaga muhtoj
boʻlagidir.
Ilmiy – texnik yangiliklarni (innovasiyalarni) yaratish jarayoni fan,
texnika, tadbirkorlik va boshqaruvni birlashtiradi.
189
Oʻzbekiston Milliy innovatsion tizimiga juda oʻxshash tuzilmaga ega
Belarus milliy innovatsiya tizimi tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki,
rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik sektoriga tadqiqotlar olib
borish uchun byudjet mablagʻlarini ajratish innovatsion mahsulotlar ishlab
chiqarish hajmini oshirishda tez natija beradi.
Qozogʻiston tajribasidan ma’lum boʻlishicha, moliyalashtirishning
venchurli mexanizmini joriy etish murakkab vazifa boʻlib, jiddiy
harakatlarni, oʻzgarishlar va vaqtni talab etadi.
AQSHning ushbu yoʻnalishdagi tajribasi yuqori ichki raqobat
iqtisodiyotda oʻz-oʻzidan innovatsiya korxonalari mustaqil ravishda paydo
boʻlishiga olib kelishini, yuqori malakali mutaxassislar (ya’ni, universitetlar)
qulay makon (laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot institutlar)da va qulay muhit
(innovatsion
klasterlar)da
barakali
ishlashini
va
innovatsiyalarni
rivojlantirishini isbotladi.
Evropa Ittifoqida shuni koʻrish mumkinki, faol moliyalashtirish
(YaIMning kamida 3 foizi miqdorida) innovatsiya salohiyatini, unga a’zo
mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishini kuchaytirdi.
Germaniya tajribasi bilvosita qoʻllab-quvvatlash toʻgʻridan-toʻgʻri
boshqarishdan samaraliroq boʻlishini, ilm-fan, ishlab chiqarish va bozorning
integratsiyalashuvi mamlakat innovatsiya tizimi elementlari hamkorligining
eng samarali shakli ekanligini, har bir investitsiya innovatsion yoʻnaltirilgan
boʻlishiga harakat qilish kerakligini koʻrsatdi.
Buyuk Britaniya tajribasiga qaraganda, hozirgi iqtisodiyotda fanlararo
tadqiqotlar va ishlanmalarning natijadorligi tor yoʻnalishli loyihalarnikiga
nisbatan yuqoriroqdir.
Finlyandiya tajribasiga asoslansak, siyosatni tubdan oʻzgartirib,
mamlakatni taraqqiyotning innovatsiya yoʻliga burish qisqa fursatda uni
dunyodagi yetakchi iqtisodiyotlardan biriga aylantirishi mumkin.
Finlyandiyani innovatsion rivojlanishida 1980 yillarda tashkil etilgan
Sitra innovatsion fondi venchur moliyalashda muhim oʻrin tutdi, ushbu
fondning maqsadi boʻlib iqtisodni raqobatbardoshligini rivojlantirish,
iqtisodni barqaror rivjlanishini, mamlakatda ishbilarmonlik faoliyatini
kuchaytirish va finlyandiya korxonalarini xalqaro hamkorligini kuchaytirish
xizmat qiladi. Finlyandiya milliy innovatsion tizimining davlat segmentida
ikkita hal qiluvchi vazirliklarni boʻlishi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim va
190
madaniyat vazirligi ilm boʻyicha siyosatga javob bersa, Finlyandiya
akademiyasi esa ilmiy tekshirishlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun
asosiy mexanizm hisoblanadi.
Bandlik va iqtisodiyot vazirligi texnik va innovatsion siyosatga mas’ul
boʻlib, moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun asosiy mexanizm Tekes xizmat
qiladi. Tekes agentligi mamlakatni rivojlantirishda muhim institut sanalib,
izlanuvchilar hamjamiyatini sanoat va servis sektorlarini qoʻllab quvvatlaydi.
Tekes har yili Finlyandiyadagi 60 %dan koʻp innovatsion loyihalarni
moliyalashtiradi, ularning 80 %i samarali natijaga ega boʻldi. SHuningdek
Finlyandiyada texnopolis yaratishga katta ahamiyat berilgan, dunyodagi yirik
va birinchilardan boʻlgan, dunyoda oʻzining oʻlchamlari bilan lol qoldirgan
“Texnopolis” tarmogʻi yaratilgan. “Texnopolis” tarmogʻida 18 ta ilmiy va
texnologik parklar kiradi va ulardan 2 tasi mamlakat tashqarisida joylashgan.
Isroil innovatsion mahsulotlarni kommertsiyalashtirish va bozorga
chiqarish uchun eng qulay sharoitlar yaratgan mamlakatdir. Xususan, Isroil
bugungi kunda texnologik jihatdan eng rivojlangan mamlakatlaridan biri
hisoblanadi. Har bir gʻoyani amalda ishlaydigan, doimiy va yuqori daromad
keltiradigan texnologiyaga aylantirish bu yerdagi biznes uchun an’anaga
aylangan. Isroil innovatsiyalar rivojiga sharoit yaratish boʻyicha Global
Innovation Index – 2017 reytingida 17-oʻrinni egalladi. U bir paytlar
parchalanayotgan sobiq SSSRdan koʻplab malakali mutaxassislarni qabul
qilib, ilmiy-texnik jihatdan jadal ilgarilab ketdi. 1989-90 yillarda bu
mamlakatga 200 mingdan ortiq muhandis va olim koʻchib kelgan.
Isroilning rivojlanganlik darajasini quyidagi faktlar bilan tavsiflash
mumkin:
unda har yili 15-20 ta yangi nanotexnologiya yaratiladi va
oʻzlashtiriladi, ular orasida ekologik jihatdan xavfsizlari ham bor. Bu ilm-fan
va innovatsiyalarga xarajatlar yuqoriligi (mamlakat YaIMning 4,4 foizi
atrofida) bilan bogʻliq
aholisining malakaviy ma’lumoti boʻyicha Isroil dunyoda AQSH va
Kanadadan keyin uchinchi oʻrinda turadi
ilmiy unvonlarga ega xodimlar barcha ishlovchilarning 25 foizini
tashkil etadi
har ming kishining 145 nafarini olimlar tashkil qiladi. Bu koʻrsatkich
Yaponiyada 70 tadan, AQSHda 85 tadan oshmaydi
191
har ming kishiga 109 sahifa ilmiy ish toʻgʻri keladi
aholi jon boshiga berilgan patentlar soni boʻyicha Isroil dunyoda
birinchi oʻrinda
mamlakatda aholi umumiy soniga nisbat boʻyicha qaralsa, dunyodagi
eng koʻp startaplar toʻgʻri keladi. Isroil yuqori texnologik va innovatsion
kompaniyalar soni boʻyicha AQSHdan keyingi yetakchi oʻrinni band etgan.
Unda har kuni 12 ta, yil davomida 4000 dan ziyod shunday kompaniyalar
paydo boʻladi
Isroil, AQSHdagi Silikon vodiysini istisno etganda, dunyodagi yuqori
texnologik kompaniyalarning eng katta kontsentratsiyasiga, ya’ni zich
joylashuviga ega
Isroil AQSHdan keyin NASDAQ birjasida kotirovkalanadigan
kompaniyalarning eng koʻp soniga ega
Isroil bir innovatsion korxonaga davlat tomonidan kiritiladigan
investitsiyalar hajmi boʻyicha jahonda AQSHdan keyin ikkinchi oʻrinda
u aholi jon boshiga yangi ochilgan biotexnologik kompaniyalar soni
boʻyicha ham eng yuqori foizga ega
Isroil tadbirkorlik rivojlanishi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinni zabt
etgan. Unda ayollar, 55 yoshdan oshganlar soni boʻyicha birinchi oʻrinni
egallaydi
Isroil kosmik kemalarni Sharqdan Gʻarbga, ya’ni Yer aylanishiga
qarama-qarshi yoʻnalishda uchira oladigan yagona davlatdir. Bu
raketalarning dushman qoʻshni hududlar ustidan uchib oʻtishini istisno etish
imkonini beradi.
Umuman, innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiyot Isroilga mintaqadagi
eng yuqori turmush darajasini ta’minladi. Aholi jon boshiga YaIM 2020 yili
33,8 ming AQSH dollarini tashkil etgan.
Isroilda turli sohalarda texnologiyalarni ishlab chiqish bilan
shugʻullanuvchi sanoat kompaniyalari va universitetlar kontsortsiumlarini
moliyalashtiradigan talay jamgʻarmalar, davlat dasturlari, infratuzilmalar
mavjud. Sirasini aytganda, bu zamindagi innovatsiya tizimi olim va
muhandislarga oʻz kashfiyotlari asosida kichik firma ochishlari, keyinchalik
ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini, ya’ni oʻz innovatsion
mahsulotlarini bozorda sotishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratgan.
192
XXI asrning boshlarida jahonning 20 dan ortiq (AQSH, Yaponiya,
Koreya Respublikasi, Finlyandiya, Shveytsariya va b.) mamlakati
innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlari sifatida tan olindi. Ushbu
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti quyidagi xususiyatlari bilan alohida
guruh sifatida ajratiladi:
ilmiy tadqiqotlarga asoslangan bilimlarga ega boʻlish, yangi
texnologiyalar yaratish va ularni amaliyotga qoʻllashga e’tibor qaratish;
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ommalashtirishni ta’minlab
beruvchi axborot infratuzilmasini yaratishni jadallashtirish;
yangi texnologiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va
ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshirish;
innovatsiyalarni ishlab chiqarish va boshqaruvdan tashqari boshqa
sohalarga ham joriy etishga olib keluvchi ijtimoiy tarkibni oʻzgartirish;
yangi bilimlarni muntazam ravishda oʻzlashtirish jarayonini yoʻlga
qoʻyish.
Mamlakatlarni amalga oshirayotgan innovatsion siyosatiga qarab uch
guruhga ajratish mumkin (37-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |