G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


Davlat boshqaruvi organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

Davlat boshqaruvi organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi 
vakolatlari: 
innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga 
oshirishda ishtirok etadi;
innovatsion faoliyat to‘gʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini 
ta’minlaydi; 
innovatsion loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirish va amalga 
oshirishda ishtirok etadi; 
o‘z tasarrufidagi innovatsion faoliyat subyektlarining innovatsion 
loyihalarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat 
sohasidagi vakolatlari:
tegishli hududda innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat 
siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
tegishli 
hududda 
innovatsion 
loyihalarni 
shakllantirish, 
moliyalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etadi; 


209 
vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda innovatsion faoliyat 
sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini 
ta’minlaydi; 
tegishli hududda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratadi; 
vakolatli davlat organining tavsiyasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan 
innovatsion faoliyatni, shuningdek yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni va 
texnologiyalar transferini moliyalashtiradi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va 
ragʻbatlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar uchun 
zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion 
loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga 
oshiriladi.
Davlat innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni quyidagi yo‘llar 
bilan amalga oshiradi: 

innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga 
oshirish; 

innovatsion 
faoliyat 
sohasidagi 
normativ-huquqiy 
bazani 
takomillashtirish; 

innovatsion faoliyat subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va 
preferensiyalar berish;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni 
yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish; 

innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
mablagʻlarini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish; 

ilm-fan 
yutuqlariga 
asoslangan 
mahsulotning 
va 
ilgʻor 
texnologiyalarning kafolatlangan tarzda tatbiq etilishini ta’minlash 
maqsadida ularning davlat xaridlarini tashkil etish; 

innovatsion 
faoliyat 
sohasida 
kadrlarni 
tayyorlashga, 
qayta 
tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish. 
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari dunyo ilm-fanining zamonaviy 
yutuqlari, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar asosida inson kapitalini, 


210 
mamlakatni jadal rivojlantirish, innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat 
siyosatini olib borish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari o‘rta muddatli va uzoq 
muddatli davrlar uchun qabul qilinishi mumkin. 
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari davlat va jamiyat oldida turgan 
kompleks maqsad va vazifalarni, tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli 
ko‘rsatkichlarni, shuningdek ularni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar 
rejalarini belgilaydi. 
Innovatsion rivojlantirish strategiyalarining loyihalari vakolatli davlat 
organi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining, ilmiy tashkilotlarning, tadbirkorlik 
subyektlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va ekspertlarning takliflari 
asosida ishlab chiqiladi. 
Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va 
tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar 
va boshqa manfaatdor tashkilotlar takliflari asosida vakolatli davlat organi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Innovatsiyalarni 
yaratishga 
doir 
davlat 
buyurtmasi 
doirasida 
bajariladigan innovatsion loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari 
quyidagilardan iborat: 

import o‘rnini bosishga va eksportga yo‘naltirilgan yoki sifatni 
takomillashtirishga, joriy etishga tayyor bo‘lgan mavjud mahsulotlar va 
texnologiyalar tannarxini pasaytirishga qaratilgan yangi milliy mahsulotlar 
va texnologiyalar ishlab chiqilishini, shu jumladan yangi ish o‘rinlari tashkil 
etish va mahalliy xomashyodan foydalangan holda ta’minlash;

tajriba, eksperimental namunalardan, texnologiyalardan, asbob-
uskunalardan, materiallardan, buyumlardan va boshqa ilmiy ishlanmalardan 
kelgusida amalda foydalanish maqsadida ularni konstruksiya qilish, 
tayyorlash hamda sinovdan o‘tkazish bilan bogʻliq tajriba-konstruktorlik 
ishlarini amalga oshirish; 

ilm-fan yutuqlariga, yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulot 
namunalarini yoki prototiplarini tayyorlashni tugallash va (yoki) ilm-fan 
yutuqlariga asoslangan mahsulotni ishlab chiqarishni tayyorlash va (yoki) 
xizmatlarni (tibbiy, moliyaviy, axborotga oid va boshqa xizmatlar) 


211 
iqtisodiyotning tegishli tarmogʻiga, ijtimoiy sohaga, bank-moliya sektoriga 
joriy etish uchun ularning tajriba-sinovini o‘tkazish va boshqalar. 
Innovatsion loyihalarni innovatsiyalarni yaratishga doir davlat 
buyurtmasi doirasida amalga oshirishning eng ko‘p muddati ikki yildan 
oshishi mumkin emas.
Innovatsion faoliyat innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi 
doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 
moliyalashtirilgan taqdirda, ularning natijalari davlatga tegishli bo‘ladi. 
Innovatsiya 
faoliyatini 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solish 
mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga 
innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish 
maqsadida: 

oliy ta’lim muassasalarida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimi 
oʻrniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavozimini joriy 
etildi; 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot 
muassasalarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini bir vaqtda 
tegishli yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va 
innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimlariga tayinlandi; 

oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamgʻarmalar va 
ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil 
etildi; 

Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
byudjeti 
mablagʻlaridan 
moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 10 ta shtat birligini ajratgan holda, 
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasida Fan 
va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etildi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish