175
15-jadval
Moliyaviy risklarning kelib chiqish omillari
Ichki
Tashqi
Boshqariladigan
Qisman
boshqarib
boʻlmaydigan
Qisman
boshqariladigan
Boshqarib
boʻlmaydigan
Boshqaruvdagi
oʻzgarishlar
Boshqaruvning
sustligi
Shartnomalar bilan
bogʻliq
Qonun
bilmaslik
Kadrlar bilan bogʻliq
Risk
qilmaslik
Axborot
yetishmaslik
Marketing
rivojlanmaganligi
Ijtimoiy
samarani
oʻylamaslik
Innovatsion gʻoyalar
yetishmasligi
Faoliyat
sugʻurtalanmaganligi
Ishlab
chiqarish
bilan bogʻliq
Selektiv risklar
Mablagʻ
kamligi
Oʻyinlar
Oʻgrilik
va
tajovuz Texnik
nosozlik
Brak
mahsulotlar
soni
Savdo
bilan
bogʻliq
Yetkazib berish
bilan bogʻliq
Qonunchilikdagi
oʻzgarishlar
Oʻgʻrilik
va
tajovuz
Monopoliyalar
Imidj
tushishi
bilan bogʻliq
Korrupsiya
va
ta’magirlik
Hamkorlikka
putur
yetishi
(buzilishi,
tugashi,
susayishi,
oʻzgarishi)
Transport
Infratuzilma
rivojlanmaganligi
Fond bozori bilan
bogʻliq
Siyosiy
xatarlar
Favqulotda
vaziyatlar
Iqtisodiy
tanglik:
Inflyatsiya
Aholi
daromadlari
kamligi
Raqobat
nosogʻlomligi
Konvertatsiya
Demak, innovatsion xavf-xatar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan
bozorda kutilgan talabni topolmasligi mumkin boʻlgan yangi tovar va
xizmatlarni, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish, kutilayotgan
samarani bermaydigan boshqaruv yangiliklarini rivojlantirish uchun sarmoya
kiritganda, yuzaga keladigan yoʻqotish ehtimoli sifatida tavsiflanadi.
176
11.2. Innovatsion xatarlarning klassifikasiyasi
Innovatsion xatarlar – innovatsion loyihalarning
amalga oshirilishiga
tahdid soluvchi va ularning samaradorligini pasaytiruvchi risklar
yigʻindisidir.
Innovatsion xatarlar toʻgʻri aniqlash va boshqarish ularni muayyan
mezonlar boʻyicha klassifikasiyalashni (tasniflash) talab etadi. Tasnif ularni
tahlil qilish metodologiyasini shakllantirish va
amalda foydalanish usullari
va
imkoniyatlarini
ishlab
chiqish
uchun
innovatsion
faoliyat
tavakkalchiliklari tasnifi ishlab chiqiladi. Bir tomondan, tasniflash ushbu
tadqiqot usulining toʻgʻriligini va natijada paydo boʻlgan tasniflash
tizimining adekvatligini ta’minlaydigan umumiy
rasmiy qoidalarni belgilab
bersa, boshqa tomondan, tasnif har doim tadqiqot maqsadlariga qat’iy rioya
qilishi, aniq ilmiy tahliliy vazifani bajarishi kerak. Natijada, shakllangan
tasniflash tizimlari oʻziga xos mazmuniga koʻra sezilarli darajada farqlanadi,
lekin ayni paytda qat’iy bir xillikka (qoida tariqasida, ierarxik tuzilishga)
ega.
Xorijlik ekspertlar tomonidan moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarish
sohasidagi nashlarda risklarni tasniflashning 40 ga
yaqin tasnif xususiyatlari
va 220 dan ortiq risk turlari hamda tasniflash sxemalari ishlab chiqilgan.
Biroq, ularni innovatsion faoliyat tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini
shakllantirish uchun toʻgʻridan – toʻgʻri ishlatish mumkin emas, chunki bir
tomondan, ularni tasniflash sxemalari boshqa muammolarni hal qilish uchun
ishlab chiqilgan boʻlsa, boshqa tomondan, ba’zi
hollarda tasnif asosiy
tamoyillarni buzadi. Bu esa ichki qarama -qarshilikni keltirib chiqarib,
innovatsiyalar xavfini tahlil qilish va boshqarish metodologiyasini
shakllantirish va keyinchali foydalanish uchun toʻsqinlik qiladi.
Tasnif (sinf) – bu ma’lum bir xususiyat bilan tavsiflangan,
tadqiqot
maqsadlari uchun zarur boʻlgan elementlar yoki muhim belgilar guruhidir.
Ob’yektlarni tasniflashda sinflarni aniqlash uchun asos boʻlib xizmat
qiladigan muhim xususiyat tasniflash asosi, ob’yektni ma’lum bir sinfga
taalluqliligi tamoyili tasnif mezoni deb ataladi.
Tasniflash elementar yoki murakkab boʻlishi mumkin. Elementar (bir
darajali) tasniflar yaxlit bitta asosga quriladi. Murakkab (koʻp darajali)
tasniflar avval aniqlangan elementar sinflar
ichidan pastki darajalarini
shakllantirish uchun qoʻshimcha asoslar va tasniflash mezonlarini oʻz ichiga
177
oladi. Shuningdek, tasniflash ham ochiq va ham yopiq boʻlishi mumkin.
Ochiq tasniflarda, yangi ob’yektlar paydo boʻlishida ilgari tuzilgan tasniflash
mezonlarining birortasiga ham mos kelmaydigan, qoʻshimcha sinflarni
shakllanishi mumkin; yopiq tasnif – bu cheklangan va oldindan belgilangan
sinflar roʻyxatiga ajratilgan tasniflardir.
Tasniflash tizimini tanlash tasniflash ob’yektining
murakkabligi bilan
belgilanadi. Biroq, tasniflash tizimidan qat’iy nazar, uning tuzilishida
quyidagi tamoyillarga rioya qilish kerak:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: