O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi



Download 478,9 Kb.
Sana08.02.2017
Hajmi478,9 Kb.
#2056

“O‘zbektelekom” AKning

2015-yil 5-iyundagi

159-son buyrug‘iga

ilova


O‘zbektelekomaksiyadorlik kompaniyasiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi




  1. Umumiy qoidalar

1. Mazkur tartib “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – Kompaniya) ijroiya apparati va filiallarida mavjud bo‘sh lavozimlarga nomzodlarni tanlash talablarini belgilab beruvchi asosiy tamoyil va qoidalarni belgilab beradi.

2. Mazkur tartibda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:

bo‘sh lavozim – nomzodni qabul qilish mumkin bo‘lgan, Kompaniya ijroiya apparati va filiallariga ishga kiruvchi, band bo‘lmagan ish joyi (lavozim);

nomzod – Kompaniyaning ijroiya apparati va filiallarida ishlashni xohlovchi, jismoniy shaxs;

ishga qabul qilish tanlovi – nomzodlarning da’vogarlik qilayotgan lavozimga bilimi, tajribasi, ko‘nikma talablari, shaxsiy-psixologik jihatlari va boshqa sifatlari bo‘yicha loyiqligini baholash bilan bog‘liq o‘tkaziladigan chora-tadbirlar majmuasi.

3. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qaror va Farmoyishlari, Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqildi.

4. Tanlov belgilangan tartibda nomzodlarni Kompaniyaning vazifa va funksiyalariga mosligini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

5. Nomzodlarni Kompaniyaga ishga qabul qilish (mehnat shartnomasini imzolash) quyidagi lavozimlardan tashqari doimiy ravishda mazkur tartib talablari asosida tashkil etiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi yoki Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar.

6. Nomzodlarni ishga qabul qilish tanlovini tashkil etish Kompaniyaning Kadrlar bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

7. Ishga qabul qilish tanlovida boshqaruv personal lavozimlarida ishlashga da’vogarlik qilayotgan shaxslarga belgilangan malaka talablariga mos bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

8. Ishga qabul qilish tanlovi nomzodlardan kelib tushgan hujjatlar, o‘tkazilgan baholash (testlash) va suhbatlashish natijalarini baholovchi Kompaniyaning Ishga qabul qilish tanlovi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tomonidan o‘tkaziladi.

9. Komissiya tarkibi Kadrlar bo‘limi tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlashga rahbariyatga taqdim etiladi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiritilishi shart:

Bosh direktor;

Bosh direktor o‘rinbosarlari;

ishga qabul qilish tanlovi o‘tkazilayotgan bo‘sh lavozim mavjud boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i (o‘rinbosari);

Maxsus ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i.

Bo‘sh lavozim xususiyatidan kelib chiqqan holda Komissiya tarkibiga boshqa xodimlar (yurist, buxgalter, va boshqalar) kiritilishi ham mumkin.



  1. Ishga qabul qilish tanlovi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

bo‘sh lavozimga ishga qabul qilish tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilish;

nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish;

nomzodlarni baholash (testlash);

nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish;

nomzodlarni ishga qabul qilish.


  1. Nomzodlarning ishga qabul qilish tanlovida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlar (yo‘l haqi, yashash, kunlik va boshqa xarajatlari) o‘z hisoblaridan amalga oshiriladi.


II. Bo‘sh lavozimga ishga qabul qilish tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilish


  1. Bo‘sh lavozimga ishga qabul qilish tanlovi o‘tkazilishi bo‘yicha e’lon matni quyidagi tartibda chop etiladi:

majburiy tartibda Kompaniyaning rasmiy veb-saytida;

Kompaniya tomonidan tanlangan davriy matbuot nashrlarida.



  1. Bo‘sh lavozim yuzaga kelishi bilan uch ish kunidan kechikmasdan Kompaniyaning Kadrlar bo‘limi tomonidan rahbariyat bilan kelishilgan holda mazkur Tartibning
    1-ilovasida keltirilgan A-shakl asosida nomzodlarga belgilangan malaka va boshqa talablar ko‘rsatilgan tanlov o‘tkazish haqidagi matn tayyorlanadi va Kompaniyaning matbuot xizmatiga taqdim etiladi.

  2. Kompaniyaning Biznesni rivojlantirish, xizmatlarni sotish va tariflar departamenti tanlov o‘tkazish haqidagi matnni bir ish kuni muddatida Kompaniyaning rasmiy veb-saytiga e’lon sifatida joylashtiradi. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda e’lon boshqa saytlarda, shuningdek, maxsus tarmoqlarda ham joylashtirilishi mumkin.

  3. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish e’lon chop etilgan kundan boshlab o‘n ish kuni davomida amalga oshiriladi.


III. Hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish


  1. E’lon asosida o‘tkazilayotgan ishga qabul qilish tanlovida ishtirok etish istagi bor nomzodlar mazkur Tartibning 1-ilovasida keltirilgan B-shakl asosida arizasi bilan Kompaniyaga murojaat etadilar.

  2. Nomzod arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim (elektron yoki qog‘oz shaklda):

  • mazkur Tartibning 1-ilovasida keltirilgan S-shaklga muvofiq to‘ldirilgan ma’lumotnoma;

  • ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi, qo‘shimcha ravishda ilmiy darajasi va unvonini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Nomzod xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lsa, diplom nusxasiga qo‘shimcha ravishda notarial idora tomonidan tasdiqlangan nostrifikasiya qilinganlik to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi ham taqdim etilishi shart;

  • mehnat daftarchasining nusxasi;

  • ikki dona foto-surat (3x4);

  • nomzodning shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti nusxasi;

  • tarjimai hol;

  • soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxalari;

  • nomzodning tanlov o‘tkazilayotgan bo‘sh ish joyida ishlash istagini tasdiqlovchi asoslanma xati (esse);

  • malaka oshirganlik yoki qayta tayyorlanganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (oxirgi uch yilda);

alohida hollarda:

  • mehnat faoliyatini yuritishga ruxsat beruvchi guvohnoma asli;

  • nomzodga berilgan tavsiya xati. Tavsiya xatining kuchga ega muddati - imzolangan sanasidan uch oy.

Nomzoddan qo‘shimcha hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.

  1. Nomzodning tanlovga taqdim etilgan hujjatlari qaytarilmaydi.

  2. Nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lgan holda yoki taqdim etilgan hujjatlar talabga javob bermagan holda nomzodga tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

  3. Tanlovda ishtirok etish uchun yuboriladigan hujjatlar belgilangan muddat davomida qo‘lma-qo‘l, pochta yoki elektron pochta orqali qabul qilinadi. Nomzodning hujjatlari qo‘lma-qo‘l qabul qilinganda Kompaniya vakili tomonidan tilxat beriladi.

  4. Hujjat qabul qilish muddati tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat davomida Komissiya tomonidan nomzodlar hujjatlari tanlov o‘tkazilayotgan bo‘sh lavozim malaka talablariga mosligi ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha nomzodni baholash (testlash) bosqichiga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va besh ish kuni davomida bu haqda nomzodga ma’lum qilinadi.


IV. Nomzodlarni baholash (testlash)


  1. Komissiya qaroriga muvofiq, baholash (testlash) bosqichiga kiritilgan nomzodlarni baholash (testlash) qaror qabul qilingan kundan 10 ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. Baholash (testlash) bosqichi o‘tkazilishi sanasi va unga kiruvchilar ro‘yxati o‘tkazish muddatidan besh ish kuni oldin Kompaniyaning rasmiy veb-saytida chop etiladi.

  2. Baholash (testlash) Kompaniyada qabul qilingan tartib asosida o‘tkaziladi.

  3. Baholash (testlash) tizimidagi savollar va ularning javoblari Kompaniya vazifalari va funksiyalari asosida ishlab chiqiladi hamda davriy ravishda yangilash maqsadida qayta ko‘rib chiqiladi.

  4. Nomzodlarni testlash (baholash) natijalari Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda o‘tkazilgan kundan bir ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda Kompaniyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Test natijalari Kompaniya Kadrlar bo‘limida bir yil muddatda o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.

  5. Baholash (testlash) natijalari bo‘yicha Komissiyaga suhbatga kiruvchi nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi.

V. Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish


  1. Komissiya qaroriga muvofiq suhbatlashish bosqichiga kiritilgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish qaror qabul qilingan kundan ikki ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. Suhbatlashish bosqichini o‘tkazish sanasi va unga kiruvchilar ro‘yxati nomzodlarni baholash (testlash) bosqichi natijalarini e’lon qilish vaqtida ma’lum qilinadi.

  2. Suhbatlashish Komissiya a’zolari tomonidan o‘tkaziladi. Komissiya a’zolari tomonidan har bir nomzodga da’vogarlik qilayotgan bo‘sh lavozim yo‘nalishiga muvofiq vazifalaridan kelib chiqqan holda savollar beriladi hamda javoblari baholanadi.

  3. Har bir nomzod bilan o‘tkazilgan suhbat natijasi bo‘yicha suhbatlashish varaqasi mazkur Tartibning 1-ilovasida keltirilgan D-shaklga muvofiq to‘ldiriladi.

  4. Suhbatlashish varaqasida Komissiyaning har bir a’zosi quyidagi karorni ko‘rsatadi:

mehnat shartnomasini tuzish tavsiya etilsin;

muayyan muddatga mehnat shartnomasini tuzish tavsiya etilsin;

kadrlar zaxirasiga kiritish tavsiya etilsin;

mehnat shartnomasini tuzish tavsiya etilmasin.



  1. Nomzod bilan mehnat shartnomasini tuzish (yoki mehnat shartnomasini muayyan muddatga tuzish yoki mehnat shartnomasini tuzmaslik) to‘g‘risida yakuniy qaror Komissiya raisi tomonidan qabul qilinadi.


VI. Nomzodlarni ishga qabul qilish


  1. Suhbatlashish varaqasi qarori asosida nomzod mehnat qonunchiligiga muvofiq ishga qabul qilinadi.



Tartibga ilova

A-shakl



Ishga qabul qilish tanlovini o‘tkazish haqida

E’LON

“O‘zbetelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bo‘sh ______________________________ lavozimga ishga qabul qilish tanlovini o‘tkazishi haqida e’lon qiladi.




Kompaniya manzili




Bog‘lanish uchun telefon va faks raqamlari




Elektron pochta manzili




Bog‘lanish uchun vakil F.I.O




Hujjatlarni qabul qilish muddati




Bo‘sh lavozim vazifalari




Nomzodlarga belgilanadigan malaka talablari




Ish haqi va qo‘shimcha to‘lovlar haqida ma’lumot




Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati






Tartibga ilova

B-shakl


ARIZA

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bo‘sh _____________________________ lavozimiga ishga qabul qilish tanlovida ishtirok etishga ruxsat berishingizni so‘rayman.

Arizaga ilova qilinadi:

1.

2.



3.

....


“___” __________20__yil _____________ ___________________

Imzo F.I.O.




Tartibga ilova

S-shakl

Shrift14

MA’LUMOTNOMA


Shrift14

3x4 sm, oxirgi 3 oy davomida olingan rangli fotosurat, elеktron ko‘rinishda (rasmiy kiyimda).



Eshmatov Botir Bahodirovich

2007-yil 5-oktabrdan:



Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

Tug‘ilgan yili: Tug‘ilgan joyi:

25.10.1960 Toshkent viloyati, Qibray tumani



Millati: Partiyaviyligi:

o‘zbek yo‘q



Ma’lumoti: Tamomlagan:

oliy 1982-yil. Toshkent davlat universiteti (kunduzgi)



Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodchi

Harbiy (maxsus) unvoni faqat harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun ko‘rsatiladi.



Ilmiy darajasi: Ilmiy unvoni:

iqtisod fanlari doktori professor



Qaysi chet tillarini biladi: Harbiy (maxsus) unvoni:

rus, ingliz tillari yo‘q



Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

2005-yil. "Mehnat shuhrati" ordeni



Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa

saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

Shrift 14

2010-yil. - h.v. - Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi

MEHNAT FAOLIYaTI

1977-1982 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi

1982-2004 yy. - Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti kichik ilmiy xodimi

2004-2007 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mikroiqtisodiyot fakulteti dekani

2007 y. - h.v. - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

Izoh:

  1. Shrift: Times New Roman, 11, MS Word .doc formatida

  2. Sahifa chegaralari: yuqoridan 1,5 sm, pastdan 1 sm, o‘ngdan 1 sm, chapdan 2 sm

  3. Ma’lumotnomada qisqartirishlar ishlatish mumkin emas.

  4. F.I.Sh. pasport ma’lumotlari bilan tekshirilishi kerak.

  5. Mehnat faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar Mehnat daftarchasi bilan, Tamomlagan OO‘Yu va mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumotlar diplom nusxasi bilan tekshirilishi lozim.

  6. Faqat mukammal biladigan chet tillari ko‘rsatiladi. Lug‘at yordamida biladiganlari ko‘rsatilmaydi.

Botir Bahodirovich Eshmatovning yaqin qarindoshlari haqida


Shrift14

MA’LUMOT

Qarin-

doshligi

Familiyasi, ismi
va otasining ismi


Tug‘ilgan yili
va joyi


Ish joyi va lavozimi

Turar joyi

Otasi

Eshmatov Bahodir Temirovich

1935-yil,
Toshkent viloyati,

Qibray tumani



Pensiyada
(Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dosenti)

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Binokor ko‘chasi, 5-uy

Onasi

Abdushukurova (Xamdamova)

Rahima


1936-yil,
Toshkent viloyati,

Qibray tumani



2000-yil vafot etgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dosenti)

Opasi

Soatova

(Eshmatova) Gulchehra

Bahodirovna


1959-yil,
Toshkent viloyati,

Qibray tumani



Qibray tumanidagi kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Binokor ko‘chasi, 25-uy

Ukasi

Eshmatov Toxir

Bahodirovich



1972-yil,
Toshkent viloyati,

Qibray tumani



O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki etakchi iqtisodchisi

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Binokor ko‘chasi, 5-uy

Turmush o‘rtog‘i

Eshmatova (Pirmatova) Nozima

Sharofxodjaevna



1968-yil,
Toshkent shahri

Toshkent shahar

1-markaziy poliklinikasi fizioterapiya bo‘limi shifokori



Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi,
20-uy, 21-xonadon

Qizi

Eshmatova Ziyoda

Botirovna



1991 yil,
Toshkent viloyati,

Qibray tumani



O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi,
20-uy, 21-xonadon

Qaynotasi

Pirmatov Sharofxodja Nigmatovich

1939-yil,
Toshkent shahri

2000-yil vafot etgan

(O‘zbekiston Milliy universiteti dosenti)



Qaynonasi

Pirmatova (Yunusbekova) Mashkura Sobirovna

1945-yil,
Toshkent shahri

Pensiyada

(Toshkent davlat texnika universiteti dosenti)



Toshkent shahri, Olmazor tumani,

Ipakchi ko‘chasi, 33-uy



Izoh:

Zarur:

To‘g‘ri:




Noto‘g‘ri:

- qarindoshligi, familiyasi, ismi va shariflari hamda turmushga chiqishdan avvalgi familiyasi aniq ko‘rsatilishi.

O‘g‘li

Ro‘ziev Asror

Holmatovich






O‘g‘lim

Ro‘ziev A.H.

Turmush o‘rtog‘i

Islamova (Pirmatova) Nilufar

Sharipovna






Rafiqam

Islamova N.

- tug‘ilgan yili, viloyati va tumani (shahri) aniq ko‘rsatilishi.


1976-yil,

Samarqand viloyati, Urgut tumani



1956-yil, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri




1976 -yil,

Sam. vil. Urgut tum.



1956-yil, Farg‘ona viloyati

- ish joyi va lavozimi to‘liq ko‘rsatilishi. Ma’lumotlar taqdim etilayotgan muddatda to‘g‘riligiga e’tibor qaratish.

"Foton" ochiq aksiyadorlik jamiyati iqtisod bo‘limi mutaxassisi

Beshariq tumanidagi
20-maktab o‘qituvchisi




MTP ishchisi

1990 yil, maktab o‘quvchisi

- vafot etgan bo‘lsa vafot etgan yili va (pensiyada bo‘lsa ham) avvalgi lavozimi to‘liq ko‘rsatilishi ("ilgari", "bo‘lgan" so‘zlarisiz).


1992-yil vafot etgan (1-markaziy poliklinika shifokori)

Pensiyada
(50-maktab o‘qituvchisi)




Vafot etgan

Pensiyada (ilgari o‘qituvchi bo‘lgan)

- turar joyida viloyat, shahar, tuman, daha so‘zlarining nomlari to‘liq ko‘rsatilishi.

Andijon viloyati, Asaka tumani, Ipakchilik qishloq fuqarolari yig‘ini,
5-uy

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Darg‘a qishlog‘i, 6-uy




Tosh. sh. Chilonzor 15/14/20

Buxoro vil., Vobkent tum.




Tartibga ilova

D-shakl

O‘zbektelekomaksiyadorlik kompaniyasining bo‘sh bo‘lgan



_________________________________________________ lavozimiga

nomzod_______________________________________________bilan

suhbatlashish varaqasi


Komissiya a’zosi F.I.O.

Lavozimi

Qarori (taklifi)

Imzo va sana









































































Download 478,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish