4.3. BORTDAGI NAZORAT TIZIMI
Bortdagi nazorat tizimi ( BNT) – avtomobil tugunlari va agregatlarida
nosozlik yuzaga kelganligi yoki noto‘g‘ri ishlayotganligi haqida haydovchini
ogohlantirish uchun xizmat qiluvchi axborot tizimidir. BNT yordamida
haydovchi, o‘zining ish joyidan jilmasdan, ya’ni o‘rindig‘ida o‘ltirib avtomobilni
ekspluatatsiyaga tayyorligini tekshirish yoki yo‘lga chiqish oldidan texnik xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha bajariladigan ishlar ko‘lamini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi.
BNT tomonidan asosan quyidagi ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi: motordagi
moy sathi, sovitish suyuqligining sathi, oynatozalagich bakchasidagi suyuqlik
sathi, tormoz suyuqligining sathi, tormoz ustquymalariningyeyilish darajasi,
yoritish va yorug‘lik darakchilari tizimidagi lampalarning sozligi. Bu
ko‘rsatkichlar majmui harakat havfsizligini ta’minlovchi va avtomobilning
ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tizimlarga qo‘yiladigan talablarning soniga
ko‘ra o‘zgarishi va to‘ldirilishi mumkin.
Zamonaviy BNT lari, odatda, mikroprotsessor texnikasi asosida ishalb
chiqiladi. Bu nazorat-diagnostik jaryonlarni avtomatlashtirish imkonini beradi.
BNT tizimni joriy qilishning asosiy shartlaridan biri – nazorat qilinishi zarur
bo‘lgan tizim va agregatlarga tegishli datchiklarni o‘rnatish va ulardan olingan
ma’lumotni asboblar panelida aks ettirishdir. BNT quyidagi masalalarni xal qilishi
mumkin:
4.20-rasm. Elektron taxometr sxemasi
200
avtomobilning
asosiy
tizim
va
agregatlarining sozligini nazorat qilishni
o‘z zimmasiga olib, harakat vaqtida
haydovchini diqqatini maksimal darajada
yo‘ldagi vaziyatni nazorat qilishga qaratish;
nosozlik
yuzaga
kelganda,
uni
muhimligiga baho berish va haydovchini
tegishli shaklda ogohlantirish;
alohida tizim yoki agregatga texnik
xizmat
ko‘rsatish
zarurligi
haqida
haydovchini ogohlantirish.
BNT ni joriy qilishning mohiyati
shundan iboratki, davriy ravishda muayyan
tizimlarni nazorat qilish , ishdan chiquvchi agregatlarga, ularga rejali texnik
xizmat ko‘rsatishdan ancha avval xizmat ko‘rsatiladi, va bu avtomobilning texnik
tayyorlik darajasini oshiradi.
Eng oddiy BNT tarkibiga nazorat qilinayotgan ko‘rsatkichlarning datchiklari,
boshqarish bloki va ma’lumotni aks ettiruvchi vositalar kiradi.
Avtomobildagi texnik suyuqliklarni (yuvuvchi, sovituvchi, motordagi moy)
sathini nazorat qilish uchun ko‘p hollarda maxsus qobiq 3 ga o‘rnatilgan gerkon 1
(germetik kontakt) va gerkon o‘qi bo‘ylab harakatlana oluvchi halqali magnitli
datchik 2 ishlatiladi (4.21-rasm). Gerkon shisha kolbaga kavsharlangan bir yoki
bir necha juft kontaktlardan iborat bo‘ladi. Suyuqlik sathini belgilangan
chegaragacha kamayishi qalqovuchga mahkamlangan halqali magnitning holati
bilan aniqlanib, aynan shu holatda magnit maydon ta’sirida gerkon kontaktlari
tutashadi, ya’ni BNT tablosida joylashgan habarchi zanjiri ulanadi.
Tormoz ustquymalariniyeyilish datchiklarining ikki turi mavjud: nazorat
zanjirini uzuvchi va tutashtiruvchi. Uzuvchi datchikda, zanjir simi ustquymaning
4.21-rasm. Suyuqlik sathining gerkonli
datchigi
4.22-rasm. Lampalarnining nosozligini qilish relesining elektr sxemasi
201
yoyilishi chegarasi chuqurligida joylashtiriladi vayeyilish o‘sha darajagayetganda
tormoz diski simni ishqalab nazorat zanjirini uzadi. Tutashtiruvchi
datchikdayeyilish chegargayetganda nazorat qilinayotgan zanjir tormoz diski yoki
baraban orqali massaga tutashtiriladi.
Yoritish va yorug‘lik darakchilari tizimidagi lampalarning sozligini nazorat
qilish uchun nazorat relelari ishlatiladi. (4.22-rasm). U stop-signal , gabarit
chiroqlarning sozligini nazorat qiladi. Rele, nazorat qilinayotgan zanjirga ulangan
L1…L5
chulg‘amlardan iborat. Har bir chulg‘am o‘zining gerkoniga ega bo‘lib,
nazorat qilinayotgan lampa soz bo‘lsa, gerkon tutash holda bo‘ladi ( chulg‘amdan
o‘tayotgan tok hosil qilgan magnit maydon gerkon kontaktlarini
tutashtirishgayetarli bo‘ladi).
VT1…VT3
tranzistorlar, ularning baza-emitter
zanjiriga ulangan gerkonlar vositasida boshqariladi.
VT4
chiqish tranzistori bo‘lib,
u BNT ning tablosidagi nazorat lampasini boshqaradi. Nosozlik yuzaga kelganda
(masalan, lampalarning birortasi kuysa) ushbu lampa gerkonidan o‘tayotgan tok
kamayadi (yoki butunlay yo‘qoladi) va natijada gerkon kontaktlari uziladi.
Gerkon uzilganda, unga tegishli oraliq tranzistor to‘yinish holatiga o‘tadi va
tranzistor
VT4
ochadi va nazorat lampa yonadi.
BNT tomonidan nazorat qilinadigan yana bir muhim ko‘rsatkich-
shinalardagi havo bosimidir. Shu maqsadda, shinalardagi havo bosimini nazorat
qilish uchun maxsus tizim ishlab chiqilgan. 4.23-rasmda shinalardagi bosimni
nazorat qilish tizimining blok-sxemasi va datchiklarning avtomobil g‘ildiragiga
o‘rnatilishi ko‘rsatilgan. Tizim uchta asosiy elementlardan tashkil topgan.
G‘ildirak gardishiga juda kichik o‘lchamga ega bo‘lgan membranali bosim
datchigi ( birinchi element) o‘rnatilgan. SHinadagi bosim kamayganda datchik
kontaktlari tutashadi va tormoz kolodkalari mahkamlanadigan tugunga (support)
joylashtirilgan yuqori chastotali tarqatgich (ikkinchi element) zanjirini ulaydi.
G‘ildirak aylanganda bosim datchigi tarqatgichga juda ham yaqin masofadan
o‘tadi. Tarqatgich zanjirining ulanishi elektron boshqarish bloki tomonidan qayd
qilinadi va asboblar panelida bosimi kamaygan shinaga mos keladigan indikator
4.23-rasm. Shinadagi bosimni nazorat qilish tizimi:
a) g‘ildirakda joylashishi; b) blok sxemasi
202
(uchinchi element) yonadi. Tizim bosimni
Do'stlaringiz bilan baham: |