G‘. N. Mahmudov


-rasm. Tashqi ilashishli hisoblash



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

     4.18-rasm. Tashqi ilashishli hisoblash 
mexanizmi 
 
 


 
197 
murakkabligi. 
Dvigateli 
orqa 
tomonida  joylashgan  (ЛАЗ)  yoki 
kabinasi ko‘tariladigan (MAЗ, KРAЗ) 
avtomobillarida 
elektr 
yuritmali 
spidometrlar ishlatiladi. 
  Elektr 
yuritmali 
spidometrlarda 
ham  mexanik  yuritmali  spidometr-
larda  ishlatiladigan  tezlik  o‘lchash  va 
hisoblash  mexanizmlari  qo‘llanadi. 
Elektr  yuritma  -  uzatmalar  qutisiga 
o‘rnatilgan  datchik,  tezlik  o‘lchash 
mexanizmining 
kirish 
valini 
aylantiruvchi 
uch 
fazali 
sinxron 
elektrodvigatel  va  elektrodvigatelni 
boshqaruvchi  elektron  sxemadan  iborat.  Elektrodvigatel  rotori    tutashgan  doimiy 
magnit  ko‘rinishida  tayyorlangan.  Elektordvigatel  va  boshqarish  sxemasi 
spidometrning tezlik o‘lchash mexanizmi bilan birga bitta qobiqqa joylashtirilgan.  
Datchik  sifatida  uch  fazali  o‘zgaruvchan  tok  generatori  ishlatilib,  unda  rotor 
vazifasini  to‘rt  qutbli  doimiy  magnit  bajaradi.  Egiluvchan  val  singari  datchik 
rotori  ham  harakatni  uzatmalar  qutisining  yetaklanuvchi  validan  oladi. 
Elektrodvigatel  va  generator    statorlarining  uchtadan  g‘altagi  bo‘lib,  ular  bir-
biriga nisbatan 120
0
 burchak ostida joylashtirilgan va «yulduz» sxemasi  bo‘yicha 
ulangan (4.19-rasm). 
  Generator  (datchik)  rotori  aylanganda  statorning  L1,  L2  va  L3  chulg‘amlarida 
faza  bo‘yicha  bir-biriga  nisbatan  120
0
  ga  surilgan  sinusoidal  EYUK 
induksiyalanadi.  EYUK  impulslari  chastotasi  rotorning  aylanishlar  chastotasiga 
proporsional  bo‘ladi.  EYUK  ning  musbat  yarim  davri  biron  tranzistorning 
bazasiga  uzatilsa,  ushbu  tranzistorda  boshqarish  toki  paydo  bo‘ladi.  Natijada,  bu 
tranzistor  ochiladi  va    elektrodvigatel  statorining  L1

,  L2

  va  L3

  g‘altaklarining 
biriga tok manbaidan tok o‘tadi (4.19-rasmda punktir strelkalar bilan tokning  L1 
g‘altakka  borish  yo‘li  ko‘rsatilgan).  Generator  rotori  120
0
  ga  burilganda,  uning 
statoridagi  boshqa  g‘altakda  hosil  bo‘lgan  EYUK  impulsi  ta’sirida  keyingi 
tranzistor  ochiladi.  Bu  holda  tok  manbaidan  kelayotgan  tok  elektrodvigatel 
statorining  ham  keyingi  g‘altagidan o‘tadi. Shunday qilib, elektrodvigatel  statori  
chulg‘amlaridan  tok  manbaidan  kelayotgan  impulsli    tok    o‘tadi    va  datchik 
rotorining  aylanish  chastotasiga  sinxron  bo‘lgan  aylanuvchi  magnit    maydon  
vujudga  keladi.  Bu    aylanuvchi  magnit  maydon  elektrodvigatel  rotorining 
magnitlari  bilan  o‘zaro  ta’sirlanib,  rotorni  aylantira  boshlaydi.  Rotor  esa,  o‘z 
navbatida,  spidometrning  tezlik  o‘lchash  va  hisoblash  mexanizmlarini  harakatga 
keltiradi.  Elektrodvigatel  rotorining  aylanish  chastotasi  generator  (datchik) 
rotorining  aylanish  chastotasi,  demak  avtomobilning  harakatlanish  tezligiga 
proporsional  ravishda  o‘zgaradi.  R1  -  R6    rezistorlar  tranzistorlarni  ochilib-
yopilish sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi. 
   Dvigatel  tirsakli  valining  aylanish  chastotasini  uch  xil  usul  bilan  o‘lchash 
mumkin: 
       4.19-rasm. Elektr yuritmali 
spidometr sxemasi 


 
198 
1)
 
aylanish chastotasini qayd qiluvchi maxsus datchiklar yordamida ; 
2)
 
o‘t oldirish tizimidagi uzgich kontaktlarining uzilish chastotasini qayd qilish 
orqali ; 
3)
 
generator  fazalarining  birida  kuchlanish  impulslarining  chastotasini  qayd 
qilish yo‘li bilan. 
   Aylanish  chastotasini  qayd  qiluvchi  datchik  bilan  ishlaydigan  taxometrning 
tuzilishi  va  ishlashi,  elektr  yuritmali  spidometrlarnikiga  o‘xshash  bo‘lib,  ular 
datchikning o‘rnatilish joyi  va shkalaning  darajalanishi bilan  farq qiladi. Bundan 
tashqari, taxometrlarda hisoblash mexanizmiga ehtiyoj yo‘q.  
   Benzinli    dvigatellar  tirsakli  valining  aylanishlar  chastotasini  nazorat  qilish 
uchun  ko‘p  hollarda 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish