G‘. N. Mahmudov


 2.4. Akkumulatorlar batareyasining  zaryad rejimini nazorat qilish



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

4. 2.4. Akkumulatorlar batareyasining  zaryad rejimini nazorat qilish  
asboblari 
 
  Akkumulatorlar  batareyasining  zaryadlash  rejimini  nazorat  qilish  bir  vaqtning 
o‘zida  generator  va  rele-rostlagichning  texnik  holatini  ham  nazorat  qilish 
imkoniyatini  beradi.  Zaryadlash  rejimini  nazorat  qilish  ampermetr,  voltmetr  yoki 
signal  lampa  yordamida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Ampermetr  zaryadlash 
zanjiriga ketma-ket, ya’ni akkumulyator va generatorning musbat qutblari orasiga 
ulanadi.  Avtomobil  ampermetrlari  elektromexanik  asboblar  turkumiga  mansub 
bo‘lib, ularning elektromagnitli yoki magnitoelektr turlari mavjud. 
   Elektromagnitli  yoki qo‘zg‘almas  magnitli ampermetrlar  sodda tuzilishiga ega 
bo‘lganligi sababli kengroq tatbiq topgan. Ampermetr (4.15-rasm) asos 4, doimiy 
magnit  3,  jezdan  tayyorlangan  o‘tkazgich  1,  yakorcha  5  va  strelka  2  dan  iborat. 
Asbob  zanjirida  tok  bo‘lmaganda  yakorcha  5  doimiy  magnit  yo‘nalishi  bo‘ylab 
gorizontal  holda  bo‘ladi  va  strelka  ko‘rsatkich  shkalasining  o‘rtasida,  ya’ni  0 
belgisi  ro‘parasida  turadi.  Asos  4  va  jez  o‘tkazgich  1  orqali  tok  o‘ta  boshlasa, 
uning atrofida hosil bo‘lgan magnit maydon ta’sirida yakorcha 6 va u bilan birga 
strelka  1  tok  yo‘nalishiga  ko‘ra  u  yoki  bu  tomonga  og‘a  boshlaydi.  Agar  strelka 
o‘ng  tomonga  og‘sa  zaryadlanish,  chap  tomonga  og‘sa  razryadlanish  jarayonini 
ko‘rsatadi. O‘tayotgan tokning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, strelkaning burilish 
burchagi shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
   Generator  qurilmasi  haydovchi  kabinasidan  uzoqroq 
joylashgan  bo‘lsa  (masalan,  ЛАЗ  avtobuslari)  yoki 
generatorlarning  quvvati  va  o‘lchanadigan  tok  qiymati 
katta  bo‘lgan  hollarda,  kesim  yuzi  katta  bo‘lgan  simlarni 
kamroq  ishlatish  maqsadida  magnitoelektr  tizimga 
mansub, 
qo‘zg‘aluvchi 
magnitli 
ampermetrlar  
qo‘llaniladi.  Bu  turdagi  ampermetrlarning  tuzilishi 
logometrik  ko‘rsatkichlarning  (4.3-rasm)  tuzilishiga  juda 
o‘xshash.  Po‘lat  qobiq  4  (4.16-rasm)  ichida  murvatlar 
yordamida  ikkita  plastmassa  karkas  3  mahkamlangan. 
Yig‘ish  jarayonida  karkaslar  orasiga  qo‘zg‘aluvchi, 
lappaksimon magnit 6 joylashtirilib, unga  o‘q va strelka 7 
harakatini  cheklagich  8  mahkam      biriktirilgan.    Strel-ka  
  4.15-rasm. Elektro- 
magnitli   tizimdagi 
ampermetr
 


 
194 
o‘qi    podshipnik    va  ustki  karkasning  yo‘nal-
tiruvchisida  aylanadi.  Qo‘zg‘aluvchi  magnit  6, 
cheklagich  8  bilan  birgalikda  karkaslar  orasidagi 
halqa-simon  bo‘shliqda,  ustki  karkasda  o‘yilgan 
yoysimon  teshik  doirasi  bilan  cheklangan 
burchakka  burilishi  mumkin.  Karkasga  kichkina 
simdan  g‘altak  5  o‘ralgan.  G‘altakka  parallel 
ravishda  shunt  1  ulangan.  Po‘lat    qobiqning 
tashqi  sirtiga  qo‘zg‘almas  doimiy  magnit  2 
o‘rnatilgan.  G‘altakda  tok  bo‘lmagan  holda 
qo‘zg‘aluvchi  6  va  qo‘zg‘almas  2  doimiy 
magnitlarning  o‘zaro  ta’siri  natijasida  strelka 
shkalaning  nol  belgisi  ro‘parasiga  turadi. 
G‘altakdan  tok  o‘tganda  uning  atrofida  qo‘zg‘a-luvchi  magnit  6  ning  magnit 
maydonga  90
0
  burchak  bilan  yo‘nalgan  magnit  maydon  hosil  bo‘ladi.  Bu  ikkala 
magnit  maydonlarini  o‘zaro  ta’siri  natijasida  qo‘zg‘aluvchi  magnit  6  va  u  bilan 
birga  strelka  7  ma’lum  burchakka  buriladi.  G‘altakdan  o‘tayotgan    tok  miqdori 
ortishi  bilan  uning  atrofida  hosil  bo‘layotgan  magnit  maydon  ham  kuchayadi  va 
strelka yana kattaroq burchakka og‘adi. G‘altakdagi tok yo‘nalishining o‘zgarishi 
(masalan,  razryadlanish  jarayoni  )  uning  atrofida  hosil  bo‘layotgan  magnit  oqim 
yo‘nalishini ham o‘zgarishiga olib keladi va strelka teskari tomonga og‘adi. 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish