G‘. N. Mahmudov


mJ   ga  yetkazilgan  (boshqa  tizimlarda    20-30    mJ



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

mJ
  ga 
yetkazilgan  (boshqa  tizimlarda    20-30   
mJ
)  va  bu  dvigatelni  suyultirish  darajasi 


 
162 
katta  bo‘lgan  yonilg‘ida  ishlatish  imkonini  berib,  uning  tejamliligini  oshiradi.  
Ko‘rilayotgan    o‘t  oldirish  tizimining  bu  afzalliklari  o‘t  oldirish  g‘altagining 
magnit  maydonida energiy to‘planish  vaqtini  dvigatel   aylanishlar chastotasi  va 
tok manbai kuchlanishi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda rostlash hisobiga erishiladi. 
   Xoll  effektiga  asoslangan  yarim  o‘tkazgichli  datchikning  ishlash  prinsipi 
yuqorida  ko‘rib  chiqildi  (3.26;  3.27rasmlarga  qarang).  Datchik  -  taqsimlagich 
40.3706  ning    vali  aylanganda  datchik  "D"  ning  chiqish  joyida  to‘g‘ri  burchakli 
signal paydo bo‘ladi va u kommutator I (36.3734) ning  kirish joyiga uzatiladi. 
   Signal,  elektromagnit  energiya  to‘planish  vaqtini  me’yorlash  bloki    II  ning 
invertori  "I"  orqali  integrator  A1.2  ga  keladi  va  undan  chiqqan   

  arra  tishi 

 
shakliga ega bo‘lgan signal  - kuchlanish komparatori   A1.3  ga  uzatiladi  va  unda 
tayanch kuchlanish U
t2
 bilan taqqoslanadi.  Agar integratordan chiqqan kuchlanish 
tayanch  kuchlanishdan  katta  bo‘lsa,  komparator  A1.3  ning  chiqish  joyida  (  d 
nuqta) musbat kuchlanishli signal shakllanadi (mantiqiy 1). Integratordan chiqqan 
kuchlanish  tayanch  kuchlanishdan  kichik  bo‘lgan  holda  komparatorning  chiqish 
joyida  kuchlanish  bo‘lmaydi  (mantiqiy  0).  Signal  komparator  A1.3    dan  chiqish 
bloki IV dagi tranzistor VT  ishini boshqaruvchi mos tushish sxemasi I1 ga keladi. 
Komparator  A1.3    mantiqiy  1  holdan  mantiqiy  0  holatga  o‘tish  vaqtida  mos 
tushish  sxemasi  tranzistor  VT  ni  ochadi  va  o‘t  oldirish  g‘altagi  O‘OG‘  ning 
birlamchi  chulg‘ami  L1  dan  I
1
  tok  o‘ta  boshlaydi.    Komparator  A1.3  dan  mos 
tushish sxemasi I1 ga mantiqiy 1 signal kelishi bilan tranzistor VT yopiladi, tok I
1
 
zanjiri  uziladi  va  o‘t  oldirish  g‘altagining  ikkilamchi  chulg‘ami  L2  da  yuqori 
kuchlanish induksiyalanadi. 
   I
1
  tok  o‘t  oldirish  g‘altagidan  o‘tish  vaqtini  zarur  darajada  me’yorlash, 
datchikning  boshqaruvchi  signaliga  nisbatan  chiqish  tranzistori    VT    ulanishini 
kechiktirish  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Bu  kechiktirish  kattaligi  kondensator  C1 
    3.31-rasm. O‘t oldirish g‘altagida energiya to‘planishi boshqarilidigan o‘t oldirish  
tizimining  funksional sxemasi 
 


 
163 
da  to‘planishi  mumkin  bo‘lgan  eng  katta  kuchlanish  va  tayanch  kuchlanishi  U
t2
 
orasidagi  farq  bilan  belgilanadi.    Dvigatelning  aylanishlar  chastotasi  qanchalik 
yuqori  bo‘lsa,  C1  kondensatordagi  kuchlanish  shuncha  kam  bo‘ladi  va  demak, 
energiyani to‘plash vaqti kamayadi. 
   Magnitelektr  energiya  to‘plash  vaqtini,  tok  manbai  kuchlanishining 
o‘zgarishiga  mos  ravishda,  tayanch  kuchlanishi  U
t2
  ni  o‘zgartirish  yo‘li  bilan 
rostlanadi. Birlamchi zanjirdagi tok qiymati kommutatorning V  bloki yordamida 
cheklanadi. Birlamchi zanjirda tranzistor VT bilan ketma-ket ulangan qarshilik R
4
 
dagi kuchlanish pasayishi  undan o‘tayotgan tok I
1
  qiymatiga  to‘g‘ri  proporsional 
bo‘ladi.  Bu  kuchlanish  komparator  A1.4  ga  uzatiladi  va  tayanch  kuchlanish  U
t3
 
bilan  taqqoslanadi.  Agar  I
1
  tok  belgilangan  qiymatdan  (  8  -  9  A)    yuqori  bo‘lsa, 
komparator A1.4 dan mantiqiy signal 1 mos tushish sxemasi I1 ga uzatiladi va I1 
tranzistor  VT    ning    emitter-kollektor    o‘tish    joyi  qarshiligini  oshiradi  va  tok  I
1
 
belgilangan  qiymatgacha  kamayadi.    Blok  VI,    o‘t  oldirish  kaliti  ulangan,  ammo 
dvigatel    ishga    tushmagan    holda  chiqish  tranzistori  VT    yopilib  turishini 
ta’minlaydi. Blok III sxemani tok manbai kuchlanishi belgilangan qiymatdan ortib 
ketishidan saqlaydi. 
   Datchik-taqsimlagich  40.3706  (3.32-rasm)  dvigatelga    gorizontal    holda  
joylashtiriladi.  Datchik-taqsimlagich  mufta  1  va  val  2  orqali  harakatni  bevosita  
dvigatelning  gaz  taqsimlash  validan  oladi.  Val  2  ning  ikkinchi  uchiga  
taqsimlagich yugurdagi 11  o‘rnatilgan. Datchik-taqsimlagich qopqog‘i 10 qobiq 5 
ga  uchta  murvat  12  bilan  mahkamlanib,  uning  yuqori  kuchlanishli  moslamalari 
qolgan qismidan to‘siq 9 bilan ajratilgan. Val 2 vtulka 3 va sharsimon vkladish 6 
da  aylanadi.  Salnik  4  moyni  qobiqning  ichki  qismiga  o‘tishdan  saqlaydi. 
Sharsimon  vkladish  qo‘zg‘almas  plastina  8  ga  o‘rnatilgan.  Vakuum-rostlagich 
tortqisi  mahkamlangan  qo‘zg‘aluvchan  plastina  7,  podshipnikning  ichki  halqasi 
bilan burilishi mumkin. Podshipnik tashqi halqasi bilan qo‘zg‘almas plastina 8 ga 
presslangan.  Qo‘zg‘aluvchan  plastinaga  yarim  o‘tkazgichli datchik 13 va uning 
magniti  o‘rnatilgan.    Datchikning  tirqishida  vtulka  15  ga    o‘rnatilgan    darchali 
rotor 14 aylanadi. O‘z navbatida vtulka 15, markazdan qochma rostlagich 16 ning 
yetaklovchi plastinasiga mahkamlab biriktirilgan. Shu  tarzda  markazdan qochma 
rostlagich  ishlaganda  uning  yetaklovchi  plastinasi,  rotorni  datchikka  nisbatan 
buraydi, vakuum-rostlagich  ishlaganda esa, qo‘zg‘aluvchan plastina datchik bilan 
birgalikda darchali rotorga nisbatan buraladi. 
   O‘t  oldirish    g‘altagi  27.3705  tuzilishi  bo‘yicha  kontaktli  sistemalarning 
g‘altagiga  o‘xshashdir,    ya’ni  uning  chulg‘amlari  avtotransformator  sxemasi 
bo‘yicha  ulangan.  Bu  g‘altakning  o‘ziga  xos  tomoni  -  birlamchi  chulg‘amining 
qarshiligi  nisbatan kichik  bo‘lganligi (0,5 Ω) tufayli, tok manbai kuchlanishi 6 V 
gacha  kamayganda  ham  o‘t  oldirish  jarayoni  me’yorida  amalga  oshiriladi.  
G‘altak,  elektron  kommutator  ishdan  chiqqanda  portlashdan  himoya  qiluvchi 
moslama bilan ta’minlangan. 
 
3.4.3. Mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimi 
 


 
164 
Elektronika  va  ayniqsa  mikroelektronika  tez  va    izchil    rivojlanishi  tufayli, 
mexanik  boshqaruv  moslamalari  (markazdan  qochma  va  vakuum  rostlagichlar) 
bo‘lmagan,  va  demak,  ularga  xos  kamchiliklardan  holi  bo‘lgan  o‘t  oldirish 
tizimlarining  yangi  avlodi  yaratilmoqda.    Bu  tizimlarda  o‘t  oldirish  daqiqasini 
belgilashda  dvigatelning  aylanishlar  chastotasi  va  yuklamasi  bilan  birga    yonish 
jarayoniga  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi bir  qator qo‘shimcha omillar  ham  hisobga 
olinadi  va  o‘t  oldirishni  ilgarilatish  burchagi,  o‘zining  eng  manfaatli  qiymatiga 
yaqinlashtiriladi.             
Bunday  tizimlardan  amalda  tatbiq  qilinganlari  sifatida  analogli,  raqamli  va 
mikroprotsessorli  o‘t    oldirish  tizimlarini  keltirish  mumkin.    Analogli  sistema 
elektron boshqarish tizimlarining to‘ng‘ich avlodlariga mansub bo‘lib,  ular jiddiy  
kamchiliklarga ega bo‘lganligi sababli deyarli qo‘llanilmadi. Xotira   qurilmasiga  
ega  bo‘lgan  raqamli  o‘t  oldirish  tizimida  ancha  keng  imkoniyatlar  mavjud.  Bu 
tizim dasturi  funksional  moslamalar orasidagi  mantiqiy aloqalar asosida  ishlaydi, 
ushbu  moslamalarni  tavsiflovchi  ma’lumotlar  esa  zarurat      bo‘yicha    tizim 
tomonidan  chiqarib  beriladi.  Raqamli  o‘t  oldirish  tizimining  afzal  tomonlaridan 
biri  o‘t  oldirishni  ilgarilatish  burchaklar  to‘g‘risidagi  juda  katta  hajmdagi 
ma’lumotni    xotirada  saqlash  imkoniyatining  mavjudligidir.  Lekin  o‘t  oldirish 
tizimining  tavsiflari  yoki  ishlash  algoritmlari  o‘zgarganda  moslamaning  apparat 
qismini  (elektron  blokni)  almashtirish  zarurligi  raqamli  o‘t  oldirish  tizimining 
jiddiy kamchiligi hisoblanadi. 
3.32-rasm. 40.37006 belgili datchik-taqsimlagich
.          
 


 
165 
   Mikroprotsessorli  o‘t  oldirish  tizimi  (MPO‘OT)  bu  kamchilikdan  holi  bo‘lib, 
unda  ish  algoritmi  o‘zgarsa,  doimiy  xotira  qurilmasidagi  boshqaruv  dasturini 
almashtirish kifoya bo‘ladi.   
   MPO‘OT  o‘t  oldirish  tizimlarining  oldingi  avlodlariga  nisbatan  quyidagi 
tomonlar bilan farq qiladi: 
-
 
ularning  boshqarish  moslamalari  diskret  tartibotida  ishlovchi    va 
mikroelektron  texnologiya  asosida  (katta  integral  sxemalar)  yaratilgan  elektron-
hisoblash  blokidan  iborat  bo‘lib,  u  o‘t  oldirish  daqiqasini  avtomatik  boshqarish 
vazifasini bajaradi. Odatda bu elektron bloklar 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish