G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

kontroller
 deb yuritiladi; 
-
 
 mikroelektron  texnologiyasining    joriy  qilinishi  o‘t  oldirish  tizimining 
ishonchliligini  oshiradi,  elektron  boshqarish  imkoniyatlarini  kengaytiradi. 
Kontroller o‘t oldirish tizimdan tashqari yana bir qator, xususan, yonilg‘i purkash,  
majburiy  salt  ishlash  ekonomayzeri  va  bortdagi  diagnostika  tizimlarini  ham  
boshqaradi; 
-
 
  bu o‘t oldirish tizimlarida  yuqori kuchlanishni  mexanik  uzgich-taqsimlagich 
o‘rniga  aksariyat  hollarda  statik  yoki  ko‘p  kanalli  usul  bilan  taqsimlash    joriy 
qilingan. 
     MPO‘OTda  (3.33-  rasm)  o‘t  oldirish  jarayoni  ko‘rsatkichlari  uning  davom 
etish  vaqti bilan emas, balki elektr  impulslar soni bilan shakllantiriladi. Bu  yerda 
raqamli  signallarni  elektron  hisoblash  vazifasini  mikroprotsessor  bajaradi. 
Shuning  uchun,  mikroprotsessorli  o‘t  oldirish  tizimining  elektron  boshqarish 
3.33-rasm. Mikroprotsessorli o‘t  oldirish  tizimining tarkibiy sxemasi 
 
1…4 - kirish datchiklari; 5…8 - noelektr kattaliklarni analogli elektr signallarga aylantiruvchi moslama; 9 
– absolyut bosim datchigi;  10 – analog-raqamli o‘zgartkich; 11  – mikroprotsessorning integral sxemasi; 
12 – tezkor xotira qurilmasi; 13  – doimiy xotira qurilmasi; 14, 15  – kommutatorlar; 16, 17  - ikki chiqish 
joyli o‘t oldirish g‘altagi; 18 – o‘t oldirish shamlari 
 


 
166 
blokida  datchiklar  va  protsessor  orasiga  analog-raqamli  o‘zgartkich  qo‘yiladi. 
Analog-raqamli  o‘zgartkich  datchiklardan  kelayotgan  analog  ko‘rinishidagi 
signallarni raqam shakliga aylantiradi va protsessorga uzatadi. 
     MPO‘OT  muayyan benzinli dvigatel  uchun avvaldan tayyorlangan boshqarish 
dasturi asosida ishlaydi. Shuning uchun MPO‘OTning protsessori tarkibida tezkor 
va  doimiy  xotira  qurilmalari  mavjud.  Yangi  yaratilayotgan  benzinli  dvigatelning 
boshqarish  dasturi    uni  ishlab  chiqarish  jarayonida  o‘tkazilgan  sinov  natijalari 
asosida  tuziladi.  Dvigatel  maxsus  qurilmaga  o‘rnatilib  uni  ishlatish  davomida 
yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  barcha  sharoit  va  rejimlarda  sinaladi.  Har  bir 
eksperimental  nuqta  uchun  o‘t  oldirishni  ilgarilatish  burchagining  eng  manfaatli 
qiymati  tanlanadi  va  qayd  qilinadi.  Shu  tarzda,  o‘t  oldirishni  ilgarilatish 
burchaklarining  eng  manfaatli  qiymatlarining  ko‘p  sonli  to‘plami  yaratiladi.  Bu 
to‘plamdagi  o‘t  oldirishni  ilgarilatish  burchagining  har  bir  qiymati  kirish 
datchiklaridan 
kelayotgan 
signallarning 
ma’lum 
belgilangan 
qat’iy 
munosabatlariga to‘g‘ri keladi. Bu raqamlar to‘plami protsessorning doimiy xotira 
qurilmasiga  «tikib  qo‘yiladi»  va  dvigatelni  real  sharoitlarda  ishlatish  jarayonida 
o‘t oldirish daqiqasini aniqlash uchun tayanch ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. 
 MPO‘OT  ga  asosiy  datchiklardan  tashqari  qo‘shimcha  datchiklar  o‘rnatilsa 
(masalan,  detonatsiya  datchigi),  bu  datchiklardan  kelayotgan  signallarga  ko‘ra 
protsessorda  shakllantiralayotgan  o‘t  oldirishni  ilgarilatish  burchagi  qiymatiga 
tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.  
  Zamonaviy avtomobillarda MPO‘OTning barcha boshqarish vazifalari bortdagi 
markaziy  kompyuterga  integrallashgan  va  o‘t  oldirishni  boshqaruvchi  alohida 
blok  bo‘lmasligi  ham  mumkin.  Bunday  hollarda  ichki  yonuv  dvigatellarini 
avtomatik  boshqarish  tizimiga  o‘rnatilgan  datchiklar  bir  vaqtning  o‘zida  o‘t 
oldirish  daqiqasini  aniqlash  uchun  ham  xizmat  qiladi.  O‘t  oldirishning  asosiy 
signali elektron kommutatorga bortdagi kompyuterdan bevosita uzatiladi. 
 Yuqorida  ta’kidlanganidek,  MPO‘OTda  yuqori  kuchlanish  asosan  statik    yo‘l 
bilan taqsimlanadi va bu usul silindrlardagi o‘t oldirish daqiqasini belgilashni juda 
katta aniqlik (

0,3…0,5
0
) bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi. 
 Yuqori  kuchlanishni  statik  taqsimlash  bir  necha  usul  bilan  amalga  oshirilishi 
mumkin: 
3.34-rasm.  Ikki  chiqish  joyiga  ega 
bo‘lgan o‘t oldirish g‘altagini ulash 
sxemasi 
3.35 – rasm. To‘rtta chiqish joyiga ega 
bo‘lgan  o‘t  oldirish  g‘altagini  ulash 
sxemasi 
  


 
167 

 
ikki 
yuqori  kuchlanishli  chiqish 
joyiga  ega  bo‘lgan  o‘t  oldirish  g‘altagi 
yordamida, 

 
to‘rtta  yuqori  kuchlanishli  chiqish 
joyiga  ega  bo‘lgan  o‘t  oldirish  g‘altagi 
yordamida,  ya’ni  4  silindrga  bitta  g‘altak. 
Bu  sxemani  amalga  oshirish  uchun  har  bir 
silindrga  boruvchi  zanjirga  yuqori  voltli 
yarim o‘tkazgichli diodlar o‘rnatiladi, 

 
har  bir  silindr  uchun  alohida  o‘t 
oldirish g‘altagi o‘rnatish yo‘li bilan. 
Ikki  yuqori  kuchlanishli  chiqish  joyiga 
ega bo‘lgan o‘t oldirish g‘altagi o‘rnatilgan 
tizimlarda  (  3.34  -  rasm)  bir  vaqtni  o‘zida 
ikkita  silindrdagi  shamlarda  uchqun  hosil 
bo‘ladi. Ularning biri ishchi uchqun bo‘lib,  
u  siqish  taktining  oxirida  ,  ikkinchisi    salt 
uchqun  bo‘lib    u  chiqarish  taktida  sodir 
bo‘ladi. 
Siqish 
taktining 
oxirida  
aralashmaning  harorati  hali  ancha  past 
(200…300
0
C)  ,  bosim  esa  yuqori  (1,0  … 
1,2  mPa)  bo‘ladi,  shuning  uchun  bu    yerda    teshib  o‘tish  kuchlanishi  katta 
qiymatga  (  10,0  …  12,0  kV)  ega  bo‘ladi  va  uning  ta’sirida  yonilgi  –havo 
aralashmasi  o‘t  oladi.  Chiqarish  taktida  chiqindi 
gazlarning  harorati  ancha  baland  (800…10000C  ) 
bosim  esa  juda  kichik  (0,2  …  0,3  mPa)  bo‘lganligi 
sababli teshib o‘tish kuchlanishi past bo‘ladi (

 5,0 … 
7,0  kV),  natijada    o‘t  oldirish    g‘altagida  to‘plangan 
energiyaning  asosiy  qismi  ishchi  uchqun  orqali 
uzatiladi. 
To‘rtta  yuqori  kuchlanishli  chiqish  joyiga  ega 
bo‘lgan o‘t oldirish g‘altaklar bir-biriga qarama-qarshi 
o‘ralgan  ikkita  birlamchi  va  bitta  ikkilamchi 
chulg‘amga  ega  (  3.35  -  rasm).  Ikkilamchi 
kuchlanishning  qutblanish  belgisi  birlamchi  chulg‘am 
o‘ramlarini  o‘ralish  yo‘nalishi  bilan  aniqlanadi.  Agar  
S  nuqtada  kuchlanish  musbat  qutblansa  VD1,  VD4 
yuqori  kuchlanish  diodlari  ochiladi  va  ularga  mos 
silindrlardagi shamlarda uchqun  hosil bo‘ladi ( salt va 
ishchi). 
Birlamchi 
chulg‘amning 
ikkinchisi 
birinchisiga  nisbatan  teskari  o‘ralgan  va  undan 
o‘tayotgan 
tok 
zanjiri 
uzilganda 
ikkilamchi 
chulg‘amda  induktsiyalanadigan  yuqori  kuchlanish    S  
nuqtada  manfiy  qutblanadi.  Bunda  VD2,  VD3  diodlar 
3.36-rasm.  Har  bir  silindrga  alohida 
o‘rnatilgan  g‘altaklarning  ulanish 
sxemasi 
3.37 - rasm. O‘t oldirish  
transformatori: 
1-past kuchlanish kirish joyi; 
2-o‘zak;  3-birlamchi  chul-
g‘am; 
4-ikkilamchi  chul-
g‘am;  5-yuqori  kuchlanish 
chiqish  joyi;  6-o‘t  oldirich 
shami 
 


 
168 
ochiladi  va  uchqunli razryad endi №2, №3 shamlar o‘rnatilgan silindrlarda sodir 
bo‘ladi.  Birlamchi  chulg‘amlarni  o‘z  aro  ta’sirini  istesno  qilish  maqsadida 
ularning chiqish joylariga  ajratuvchi VD5 va VD6 diodlari ulangan. 
  Ikki  va  to‘rt  chiqish  joyiga  ega  bo‘lgan  g‘altaklarning  umumiy  kamchiligi 
shundan  iboratki,  ulardagi  juft  shamlardan  o‘tadigan  yuqori  kuchlanish  
impulslarini «massa» ga  nisbatan turli qutblanishidir. Shuni hisobiga teshib o‘tish 
kuchlanish qiymati juft shamlar orasida  1,5 … 2,0 kV ga farq qilishi mumkin. 
  Energiyani  to‘plash  tartibotida  ishlaydigan  zamonaviy  o‘t  oldirish  tizimlarida 
o‘t oldirish g‘altagi faqat kuchlanishni oshiradigan impuls transformator vazifasini 
bajaradi va uning o‘lchamlarini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Bu har bir 
silindr uchun alohida g‘altak ( o‘t oldirish transformatori) yasash  va uni bevosita 
o‘t  oldirish  shamiga  joylashtirish  imkoniyatini  beradi  (3.36  va  3.37-  rasmlar). 
Bunday  tizim  uchun  yuqori  kuchlanish  o‘tkazgichlariga  zarurat  yo‘qoladi  va 
ularda salt uchqun hosil bo‘lmaydi. 
 
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish