G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

                     
3.4.2. Energiya  to‘planishi boshqarilmaydigan  o‘t 
                     oldirish tizimi 
 
Bu  turdagi  o‘t  oldirish  tizimiga  misol  tariqasida  8  silindrli  dvigatellar  uchun 
mo‘ljallangan,  tarkibiga  elektron  kommutator  13.3704,    datchik-taqsimlagich 
24.3706,  rezistorlar  bloki  14.3729  va  o‘t  oldirish  g‘altagi    Б116  bo‘lgan 
magnitoelektr datchikli  o‘t   oldirish   tizimini  keltirish mumkin (3.28-rasm).            
O‘t  oldirish  tizimi  quyidagicha  ishlaydi.  O‘t  oldirish  kaliti  O‘OK  ulanib,  
dvigatel  ishlamay  turgan  holda  tranzistor  VT1  ning  baza  va  emitter  potensiallari 
teng  bo‘lganligi  tufayli,  u  yopiq  bo‘ladi.  VT1  tranzistor    yopiq    bo‘lganda  VT2 
tranzistor  bazasining  potensiali  emitternikidan  yuqori  bo‘ladi  va  uning  baza-
emitter  o‘tish  joyidan  quyidagi  zanjir  bo‘ylab  boshqarish  toki  o‘ta  boshlaydi: 
akkumulatorlar  batareyasi  AB  ning  musbat  qutbi 

  o‘t  oldirish  kaliti    O‘OK 

 
kommutator drosseli Dr 

 diod VD6 

 rezistorlar R5, R6 

 VT2 tranzistorning 
baza-emitter  o‘tish  joyi 

  rezistorlar  R10,  R11 

  "massa" 

  akkumulatorlar 
batareyasining  manfiy  qutbi.  Boshqarish  toki  ta’sirida  tranzistor  VT2  ochiladi. 
VT2 tranzistorining ochilishi qo‘shma  tranzistor VT3  - VT4 da  ham boshqarish 
toki  hosil  bo‘lishiga  va  uni  ochilishiga  olib  keladi.  VT3-VT4  qo‘shma 
tranzistorning  ochilishi  bilan  o‘t  oldirish  g‘altagining  birlamchi  zanjiri  tok 
manbaiga  ulanadi  va  undan  I
1
  tok  o‘ta  boshlaydi:  AKB  ning  musbat  qutbi 

 
O‘OK 

  rezistorlar  bloki    (14.3729) 

  o‘t  oldirish  g‘altagining  birlamchi 
chulg‘ami 

  VD7  diodi   

  VT3-VT4  qo‘shma  tranzistorning  kollektor-emitter  
o‘tish joyi 

 "massa" 

 AKB ning manfiy qutbi. Bunda o‘t oldirish g‘altagining 
magnit maydonida elektromagnit energiya to‘plana boshlaydi. Tirsakli val startyor 
yordamida  aylantirilganda  magnitli  elektr  datchikda  o‘zgaruvchi  EYUK  
induksiyalanadi  va  u  kommutatorning  "D"  qisqichiga  uzatiladi.  Datchik  signali 
"D" qisqichdan VD1 diod  va R1,  С3 zanjir  orqali  VT1  tranzistorning  bazasiga  
keladi.  VD1  diod  datchikning  faqat  musbat  qutbli  impulslarini  o‘tkazadi.  VT1 
tranzistor  bazasiga  datchikdan  kelgan  musbat    impuls  ta’sirida  baza  potensiali 
emitternikiga  nisbatan  ortadi  va  tranzistordan  boshqarish  toki  o‘ta  boshlaydi: 
datchik chulg‘ami 

 VD1  diod 

 R1, С3 zanjircha - VT1  tranzistorning baza-
emitter  o‘tish  joyi 

  "massa" 

  datchik  chulg‘ami.  Natijada    VT1  tranzistor  
ochiladi va VT2 tranzistorning baza-emitter o‘tish joyini shuntlaydi va u yopiladi. 
VT2  tranzistorning  yopilishi  VT3-VT4  qo‘shma  tranzistor  ham  yopilishiga  olib 
keladi,  chunki  uning  baza  toki  zanjiri  uziladi.  VT3-VT4  qo‘shma  tranzistorning 
yopilishi  o‘t  oldirish    g‘altagining  birlamchi  chulg‘amidan  o‘tayotgan  tok  I
1
 


 
158 
zanjiri  keskin  uzilishiga  va  ikkilamchi  chulg‘amda  yuqori  kuchlanish 
induksiyalanishiga    olib  keladi  va  u  taqsimlagich  yordamida  tegishli  o‘t  oldirish 
shamiga  yetkaziladi.  Keyingi  daqiqada  datchikdan  kelayotgan  musbat  impuls 
yo‘qoladi,  VT1  tranzistor  yopiladi,  VT2,  VT3-VT4  tranzistorlar  ochiladi  va  o‘t 
oldirish  g‘altagining  magnit  maydonida  yana  elektromagnit  energiya  to‘plana 
boshlaydi. Bu jarayon davriy ravishda davom etadi. 
   13.3704  elektron  kommutator  tarkibiga,  sxemaning  ishlash  sharoitlarini 
yaxshilash,  uni  himoya  qilish  vazifalarini  bajaruvchi  bir  qator  elementlar  
kiritilgan.  Stabilitron  VD5  va  kondensator  С7,  tranzistor  VT1  ochilganda  o‘t  
oldirish  g‘altagining    birlamchi  chulg‘amida  induksiyalanadigan  EYUK  ta’sirida 
VT3-VT4  qo‘shma  tranzistor  kuyib  qolishidan  saqlaydi.  VD3  diodi  datchikdan 
kelgan  impuls  amplitudasini    cheklab,  VT1  tranzistorning  baza-emitter  o‘tish 
joyini kuyishdan saqlaydi. VD6 va VD7 diodlar sxemani tok  manbaining  teskari 
qutbli  EYUK  dan  himoya  qiladi.  Kondensator  C6  va  rezistor  R7  teskari  aloqa 
zanjirini  tashkil  qilib,  VT1  tranzistorning  ochilishini  tezlatadi.    C4,  C5 
kondensatorlar  VT2,  VT3-VT4  tranzistorlarning  baza-emitter  o‘tish  joyida 
kuchlanish  keskin  o‘sish  hollaridan  himoya  qilib,  ularni  barqaror  ishlashini 
ta’minlaydi.  Rezistor  R12  va  kondensator  C8,  VT3-VT4  tranzistor  yopilishi 
jarayonida  sarflanadigan  quvvatni  kamaytirib,  uni  ortiqcha  qizib  ketishdan 
saqlaydi. C1, C2 kondensatorlar va drossel Dr kommutator zanjiridagi kuchlanish 
pulsatsiyasini kamaytiradi. 
   Stabilitronlar  -  VD2,  VD4  va  rezistorlar  -  R2,  R3  dan  tashkil  topgan  zanjir 
elektron  kommutatorni  tok  manbai  kuchlanishini  belgilangan  chegaraviy  
qiymatidan oshib ketishidan himoya qiladi. Tok manbai kuchlanishi  17-18  V ga 
ko‘tarilganda, VD2 stabilitron teshiladi  va VT1 tranzistor bazasi tok manbaining 
musbat  qutbiga  ulanib  qoladi  va  ochiladi.  Natijada  VT2,    VT3-VT4  tranzistorlar 
yopiladi va dvigatel ishlashdan to‘xtaydi. 
   Elektron  o‘t  oldirish  tizimlariga  o‘rnatilgan  ochiq  magnit  tizimli  g‘altaklar 
kontakt-tranzistorli  o‘t  oldirish  tizimiga  o‘rnatilgan  Б114  g‘altagi  kabi 
chulg‘amlari  bir-biridan  ajratilgan  holda  o‘raladi  va  undan  asosan  o‘ramlar  soni 
3.28-rasm. Magnitoelektr datchikli kontaktsiz o‘t oldirish  tizimining umumiy sxemasi 
 


 
159 
bilan  farqlanadi.  Ularning  o‘ziga  xos  tomonlarini  Rossiya  avtomobillarining 
kontaktsiz  o‘t oldirish  tizimlari  tarkibida  keng  qo‘llanilgan  (Masalan,  ВАЗ 2108 
avtomobilida) 27.3705 rusumli g‘altakda ko‘rib chiqish mumkin. Bu g‘altak ochiq 
zanjirga  ishlaganda  ikkilamchi  chulg‘amida  35000...40000  V  kuchlanish  avj 
oldirishi  mumkin.  Shu  sababli  uning  izolyatsiya  xususiyatlari  ancha 
kuchaytirilgan. Yuqori kuchlanishli qopqog‘i uchqun-yoyga chidamli materialdan 
tayyorlangan.  G‘altak  birlamchi  chulg‘amining  qarshiligini  nisbatan  kichik  
(0,4...0,5 Om) bo‘lishi, tok manbaini minimal qiymatlarida  (6 V) ham o‘t oldirish 
tizimini  barqaror  ishlashi  uchunyetarli  bo‘lgan  yuqori  kuchlanish  ishlab 
chiqarilishini  ta’minlaydi.  Elektron  kommutator  ishdan  chiqqanda,  birlamchi 
zanjirdagi tok ortib ketib, g‘altak qizishiga va uni ichidagi moyning bosimi keskin 
ortib,  g‘altakni  portlashiga  olib  kelishi  mumkin.  Bu  xavfli  hodisani    oldini  olish 
maqsadida o‘t oldirish g‘altagiga maxsus himoya klapani o‘rnatilgan. 
O‘t oldirish g‘altaklarining tavsifnomalarini yaxshilash, tutash magnit tizimli 
g‘altaklarning  tuzilishi  va  ishlab  chiqarish  texnologiyasini  takomillashtirishga 
yo‘naltirilgan.  Bu  turdagi  g‘altaklar  ochiq magnit  tizimli  g‘altaklardan  (masalan, 
yuqorida  ko‘rilgan  27.3705  g‘altakdan)    energiyani  uzatish  koeffitsientini 
kattaligi,  uchqunli  razryad  vaqtini  uzoqroq  davom  etishi  bilan  farqlanadi. 
Zamonaviy  avtomobillarda,  xususan  mamlakatimizda  ishlab  chiqarilayotgan 
Nexia,  Matiz,  Lasetti,  Spark  avtomobillarida  ham  aynan  magnit  tizimi  tutash 
bo‘lgan g‘altaklar o‘rnatilgan. 3009.3705 rusumli (Rossiya) tutash magnit tizimli 
ikki chiqishli g‘altak (...rasm) quyidagicha tuzilishga ega. G‘altakning ikkilamchi 
chulg‘ami ( 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish