G‘. N. Mahmudov


 ELEKTRON O‘T OLDIRISH TIZIMLARI



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

3.4. ELEKTRON O‘T OLDIRISH TIZIMLARI 
      
3.4.1. Umumiy ma’lumotlar 
 
Kontaktli  o‘t oldirish  tizimi tarkibiga  tranzistor  kiritilishi,    bu    sistemaga    xos 
bo‘lgan  barcha  kamchiliklarni  bartaraf  qilish  imkoniyatini  bermaydi.  Xususan, 
ko‘p  silindrli  dvigatellarda    aylanishlar  chastotasining  katta  qiymatlarida  uzgich 
pishangchasining  dirillash  hodisasi  ruy  berib,  bu  bir  sikl  (ya’ni  bir  uchqun  hosil  
bo‘lish    uchun    ajratilgan    vaqt)  davomida  kontaktlarni  ko‘p  marta  uzilib-
tutashishiga olib keladi. Natijada, bir uchqun o‘rniga quvvati  ancha kam bo‘lgan 
bir necha uchqun hosil bo‘ladi, o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining belgilangan 
qiymati  o‘zgarib  ketadi,  o‘t  oldirish  ishonchli  amalga  oshirilmaydi.  Bundan 
tashqari  uzgich  kontaktlarining  eyilishi,  oksidlanishi  va  ifloslanishi  o‘t  oldirish 
tizimining  ishonchlilik darajasini pasaytiradi. Kontaktlar oksidlanishi,  ifloslanishi 
va moylanib  qolishi,  ularning  kontakt qarshiligi ortib ketishiga va tranzistorning 
boshqarish  toki  I
b
  qiymatini  kamayib  ketishiga  olib  keladi.  Bu  tranzistorni 


 
154 
ochilmaslik  va  o‘t  oldirish 
tizimini  ishlamaslik  hollarini 
vujudga 
keltiradi. 
Ishlatish 
davrida  qo‘shimcha  mehnat  va 
vaqt  sarf 
qilib, 
muntazam 
ravishda, 
uzgich 
kontaktlarining  tutashib  turish 
burchagini 
rostlab 
turish 
ehtiyoji 
ham 
kontakt-
tranzistorli 
o‘t 
 
oldirish  
tizimining 
kamchiliklariga 
kiradi. 
   Zamonaviy  avtomobillarda 
keng 
tatbiq 
topayotgan 
kontaktsiz-tranzistorli 
o‘t 
oldirish 
tizimlari 
yuqorida 
keltirilgan 
kamchiliklardan 
holidir. 
Bu 
o‘t 
oldirish 
tizimlaridagi  asosiy  yangilik  - 
uzgich kontaktlarining yo‘qligidir. Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. 
Kontaktsiz-tranzistorli  o‘t  oldirish  tizimlari  bir-biridan  asosan  datchiklarning  turi 
va tuzilishi bilan farq qiladi. 
   Magnitoelektr  datchik    (3.23-rasm)  uzgich-taqsimlagich  2  valiga  o‘rnatilgan 
doimiy  magnit  3  va  o‘zakka  o‘ralgan  stator  chulg‘ami    4  dan  iborat.  Doimiy 
magnit  aylanganda  uning  magnit  maydon  ta’sirida  stator  chulg‘amida  o‘zgaruv-
chan  EYUK    induksiyalanadi.  Datchik  kuchlanishining  musbat  yarim  davri 
qiymati  ta’sirida  tranzistor  5  ochiladi  va  akkumulatorlar  batareyasi  8  dan    o‘t  
oldirish  g‘altagi  6  ning    birlamchi  chulg‘ami  hamda  tranzistorning  kollektor-
emitter  o‘tish  joyi  orqali  birlamchi  tok    I
1     
o‘ta  boshlaydi.    Datchik  kuchlanishi 
manfiy  bo‘lganda  tranzistor  yopiladi,  o‘t  oldirish  g‘altagining  birlamchi 
chulg‘amidan  o‘tayotgan  tok  zanjiri    uziladi  va  ikkilamchi  chul-g‘amda  yuqori 
kuchlanish  induksiyalanadi.  Shunday  qilib,  datchik  magniti  bir  aylanganda 
chulg‘am 4 da EYUK ning bitta musbat va bitta manfiy impulsi mavjud bo‘ladi va 
natijada  tranzistor  bir  marta  ochilib,  bir  marta  yopiladi,  ya’ni  o‘t    oldirish 
g‘altagida  yuqori  kuchlanishning  bir  impulsi  hosil  bo‘ladi.    Ko‘p  silindrli 
dvigatellar  uchun  datchikning  juft  magnit  qutblar  soni,  silindrlar  soniga  teng 
bo‘lishi  kerak.  3.22-rasmda  4  silindrli  dvigatellar  uchun  mo‘ljallangan 
magnitoelektr datchikning sxemasi keltirilgan.  
   Magnitoelektr  datchik  ishlashining  o‘ziga  xos  tomonlaridan  biri,    stator 
chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYUK amplitudasi doimiy mag-nitni, ya’ni tirsakli 
valning  aylanishlar  chasto-tasiga  bog‘liqligidir.  Aylanish  chastotasi  ortishi  bilan 
EYUK amplitudasi ham ortadi. Bu esa tranzistor ochilishi va yopilishi  va demak 
o‘t oldirish daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi. 
    3.22-rasm. Magnitoelektr datchikli 
kontaktsiz-tranzistorli  o‘t oldirish 
tizimi. 
 


 
155 
   Aylanish  chastotasi  va  yuklamaning  o‘t  oldirishning  ilgarilatish  burchagiga 
ta’siri  kontaktsiz-tranzistorli  o‘t  oldirish  tizimining  to‘ngich  avlodlarida  ham 
markazdan qochma va vakuum rostlagichlar yordamida hisobga olinadi. 
  Magnitoelektr  datchiklar  avj  oldiradigan  EYUK  qiymati  juda  kichik  va    u 
tranzistorni  ochish  uchun  etarli  bo‘lmaganligi  tufayli  kontaktsiz  o‘t  oldirish 
sistemalarining  amaliy  sxemalarida  maxsus  bir  necha  bosqichli  ko‘chaytirgichlar 
qo‘llaniladi. 
  Kontaktsiz  o‘t  oldirish  sistemalarida  magnitoelektr  datchiklardan  tashqari 
yuqori  chastotali  generator,  fotoelektr,  yarim  o‘tkazgichli  va  boshqa  turdagi 
datchiklar qo‘llanishi mumkin. 
  Yuqori  chastotali  generator-datchiklarda  (3.24-rasm)  boshqaruvchi  signal 
yuqori  chastotali  kuchlanishni  o‘zgartirish  yo‘li  bilan  hosil  qilinadi.  Generator  1 
ishlab  chiqqan  kuchlanish  transformatorning  birlamchi  chulg‘ami  2  ga  uzatiladi. 
Transformatorning  ikkilamchi  chulg‘ami  3  da  hosil  bo‘ladigan    kuchlanish 
birlamchi    va  ikkilamchi  chulg‘am  o‘zaklari  orasidagi  havo  tirqishining  magnit 
qarshiligiga  bog‘liq.  Bu  magnit  qarshilik  dvigatel  silindrlar  soniga  teng 
teshiklarga ega bo‘lgan po‘lat rotor yordamida davriy ravishda o‘zgartirilib turadi. 
Transformator  o‘zaklari  orasiga  rotor  teshiklari  to‘g‘ri  kelganda,  havo  
tirqishining  magnit  qarshiligi  eng  katta  va  aksincha,  o‘zaklar  orasi  rotor  tanasi 
bilan  berkitilganda  eng  kichik  qiymatga  ega  bo‘ladi.  Transformatorning 
ikkilamchi  chulg‘amida  hosil  bo‘ladigan  kuchlanish  ham  shunga  mos  ravishda 
o‘zgaradi. 
     Fotoelektr  datchik    (3.25-rasm)  eng  umumiy 
ko‘rinishda  yorug‘lik  manbai,  darchalari  silindrlar 
soniga  teng  bo‘lgan  aylanuvchi  lappak  va  yorug‘lik 
sezuvchi 
elementdan 
iborat 
bo‘ladi. 
Uzgich-
taqsimlagich valiga  mahkamlangan  lappak aylanganda 
yorug‘lik  manbai    1    dan    chiqqan  nur  lappak 
darchasidan  o‘tib,  yorug‘lik  sezuvchi  element  2  ga 
tushganda, unda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi. 
Yorug‘lik 
sezuvchi 
element 
sifatida 
fotodiod, 
fototranzistor  yoki  fotoelement  ishlatilishi  mumkin. 
Fotoelektr  datchiklarning  qo‘llanilishi    vibratsiyaga 
chidamli,    uzoq  muddat  davomida  ishlovchi  yorug‘lik 
manbai  yo‘qligi  bilan  cheklanadi.  Keyingi  vaqtda,  bu 
3.23-rasm. 
Magnitoelektr 
datchik  sxemasi. 
  
1  -  magnit,  2  -  stator,  3  - 
chulg‘am 
 
   
3.24-rasm. Yuqori chastotali 
generator-datchikning umumiy 
sxemasi. 
 
3.25-rasm. Fotoelektr datchik 
ning umumiy sxemasi. 
 
   3.26-rasm. Holl  elementining 
   Ishlash  prinsipi
 


 
156 
maqsadda,  o‘zidan    yorug‘lik  chiqaruvchi  diodlar  ishlatilishi  fotoelektr 
datchiklarni  keng  tatbiq  qilish  imkonini  yaratmoqda.  Masalan,  o‘zimizning 
mamlakatimizda chiqarilayotgan Matiz avtomobilining o‘t oldirish tizimida aynan 
fotoelektr datchik o‘rnatilgan. 
      Mikroelektronikaning  rivojlanishi  tufayli  kontaktsiz  o‘t  oldirish  sistemalarida 
Xoll  effektiga  asoslangan  yarim  o‘tkazgichli  datchiklar  ishlatila  boshlandi.  Xoll 
elementi  germaniy,  kremniy  va  boshqa  yarim  o‘tkazgichlardan  tayyorlangan 
yupqa ( 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish