Avtomobil o‘t oldirish tizimiga xizmat ko‘rsatishdagi ishlarning eng katta
qismi
uzgich-taqsimlagichga
to‘g‘ri keladi. Uzgich-taqsimlagichning
ishqalanuvchi qismlari ishlash jarayonida yeyiladi va muntazam ravishda
moylab turilishini talab qiladi. Bunday elementlar qatoriga uzgich-
taqsimlagich vali va vakuum rostlagich podshipniklari, markazdan qochma
rostlagichning alohida qismlari, uzgich pishangchasinning o‘qi va kulachokli
muftalar kiradi.
Har to‘rtinchi TXK-2 da uzgich-taqsimlagich avtomobildan yechib olinadi
va unga chuqurlashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatiladi.
Uzgich-taqsimlagichning yuqori kuchlanish ta’sirida ishlaydigan qopqoq
va yugurdak holatiga, ayniqsa katta e’tibor berish zarur. Qopqoqning tashqi
yuzida darz, kuyish izlari bo‘lmasligi kerak. Uning tashqi va ichki yuzi kir,
Do'stlaringiz bilan baham: |