176
kontaktlari orasidagi tirqishni kamayishiga olib keladi. Bu kontaktlar orasida
uchqun hosil bo‘lishini kuchaytirib, volframni qo‘zg‘aluvchi kontaktdan
qo‘zg‘almas kontaktga o‘tish hodisasini (eroziya) yuzaga keltiradi. Natijada
yuqori kuchlanish qiymati pasayadi, o‘t oldirish shamlaridagi uchqun hosil bo‘lish
jarayonida uzilishlar sodir bo‘ladi. Kontaktlar orasidagi tirqishning ortishi
kontaktlarning tutashib turish burchagini kamaytiradi, ya‘ni birlamchi tokning
o‘sish vaqti qisqaradi va yuqori kuchlanish qiymati pasayadi. Shunday qilib
uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni me’yoridan kamayishi ham, ortishi ham o‘t
oldirish tizimining ishini yomonlashtirar ekan. Uzgich kontaktlarining tutashib
turish burchagi СПЗ–8, СПЗ–12 belgili qurilmalar yordamida rostlanadi.
Kondensatorni tekshirish uchun taqsimlagich qopqog‘i va yugurdagi yechiladi
va o‘t oldirish g‘altagidan kelgan yuqori kuchlanish o‘tkazgichini “massa”ga
yaqinlashtirildi (taxminan 5…7 mm ga) va dastak yordamida dvigatelning tirsakli
vali aylantiriladi. Bunda agar yuqori kuchlanish o‘tkazgichi va “massa” orasida
uchqun hosil bo‘lmasa (yoki uchqun barqaror bo‘lmasa) lekin uzgich kontaktlari
orasida kuchli uchqun chiqa boshlasa – kondensator nosoz yoki kondensator
ulangan joydagi kontakt shikastlangan.
Vakuum va markazdan qochma rostlagichlarning nosozligi dvigatelning
quvvati, tejamkorligini pasaytiradi, u notekis ishlaydi. Vakuum va markazdan
qochma rostlagichlarning sozligi maxsus asbob – stroboskop yordamida
aniqlanadi.
Bundan tashqari, TXK da uzgich-taqsimlagichning ishqalanuvchi yuzalariga
ham e’tibor berish zarur. Pishangcha o‘qi va kulachok valchasining namatli filtsi
bir yoki ikki tomchi, kulachok vtulkasi esa to‘rt-besh tomchi motor moyini
tomizish yo‘li bilan moylanadi. Podshipnik o‘qini moylash uchun taqsimlagich
qobig‘iga joylashtirilgan moydon murvatini 1–2 marta buraladi.
Taqsimlagich diskining podshipnigi o‘z o‘qi atrofida erkin aylanish kerak. Har
TXK-2 da podshipnikdagi eski moy qoldiqlarini kerosin bilan yuvish va yangi
moy bilan to‘ldirish kerak.
O‘t oldirish shamlariga har TXK-2 da xizmat ko‘rsatiladi. Shamlar dvigateldan
yechilib ularning texnik holati tekshiriladi. Zarurat bo‘yicha sham kuyukdan
tozalanadi., elektrodlar orasidagi tirqish rostlanadi. Shamlarning holati o‘t oldirish
tizimi va dvigatelni ishi haqida ko‘p ma’lumot berishi mumkin.
Shamning hamma elementlari qurum bilan qoplangan bo‘lsa uzgich
kontaktlarining tutashib turish burchagi yoki ular orasidagi tirqish me’yorida
emasligi, kondensatorning nosozligi, dvigatelni uzoq vaqt davomida salt
ishlaganligi, ishchi aralashmani quyuqligi to‘g‘risida belgi bo‘ladi.
Hamma shamlarning moylanib qolishi silindr va porshen halqalarining
yeyilganligini ko‘rsatadi. Sham elektrodlari va uning boshqa elementlarini kuyishi
o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, ishchi
aralashmaning suyilib ketganligi, oktan soni kichik bo‘lgan benzin ishlatilganligi
haqida dalolat beradi Shamlarni bosim ostida qum sochuvchi maxsus qurilma
yordamida tozalash maqsadga muvofiqdir. Shamlarni ochiq olovda qizdirish yo‘li
bilan tozalash mumkin emas. Chunki bunday usulda tozalangan shamlarning
izolyatsiya xususiyati keskin kamayadi va ko‘p hollarda ular to‘la ishdan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: