G‘. N. Mahmudov


cho‘g‘-dan  o‘t  olish  hodisasi



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

cho‘g‘-dan  o‘t  olish  hodisasi
  deb  yuritiladi. 
Bu  jarayon  o‘ta  zararli    bo‘lib,    silindrdagi 
gazlar  bosimi  keskin  ortib  ketishiga,  dvigatel 
kuchli  detonatsiya    bilan    ishlashiga  va 
natijada,  krivoship-shatun    mexanizmining  
alohida  qismlarini  tez  ishdan  chiqishiga  olib 
keladi.  Cho‘g‘dan  o‘t  olish  natijasida 
izolyatorning  pastki  uchi  oq  tusga  kiradi, 
issiqlik konusi  va  markaziy elektrodning erish 
hollari kuzatilishi mumkin. 
  Shamning 
issiqlik 
konusi 
o‘z-o‘zini 
tozalash  temperaturasida  bo‘lishini  ta’minlash 
uchun  shamlarning  konstruksiyasi  ortiqcha 
issiqlikni 
tashqi 
muhitga 
chiqarishga 
moslashgan  bo‘ladi.  Yonish  kamerasida 
shamga 
uzatilgan 
issiqlik, 
uning 
turli 
elementlari    (korpus,    izolyator,    markaziy 
elektrod)  va  yonilg‘i  aralashmasi  orqali  tashqi 
muhitga  chiqariladi  (3.39-rasm).    Masalan,  
shamga  uzatilgan    issiqlikning  10%    korpus,  yana  10%    -  izolyator  va  30% 
markaziy  elektrod  orqali  tashqariga  chiqariladi.  Yonilg‘i  aralashmasiga  esa  20% 
ga yaqin issiqlik o‘tadi. 
   Yonish kamerasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori dvigatelning aylanishlar 
chastotasiga,  siqish  darajasiga  va  uning  quvvatiga  bog‘liq  bo‘ladi.    Shuning 
uchun,    yuqorida  keltirilgan  ko‘rsatkichlar  bilan  farq  qiladigan  dvigatellarga, 
issiqlik  chiqarish  qobiliyati  har  xil  bo‘lgan  o‘t  oldirish  shamlari  o‘rnatiladi.  
Aylanishlar  chastotasi,  siqish  darajasi  va  quvvati  uncha  katta  bo‘lmagan,  issiqlik 
rejimi  o‘rtamiyona  bo‘lgan  dvigatellarga  mo‘ljallangan  shamlarining  issiqlik 
konusi  nisbatan  uzun  qilib  yasaladi  (3.38-rasm,  а)  va  uni  uchidan  issiqlikni 
tashqariga  chiqarish    qiyinroq  bo‘ladi.  Bunday  shamlar  "issiq"    sham  deb 
yuritiladi.  Va  aksincha,    aylanishlar  chastotasi,  siqish  darajasi    va  quvvati    katta, 
issiqlik  rejimi  ancha  og‘ir  bo‘l  gan  dvigatellarga  o‘rnatiladigan  shamlarning 
issiqlik  konusi  kalta  (3.38-rasm,  b)  va  issiqlik  uzatish  qobiliyati  yuqori  bo‘ladi. 
Bunday shamlar "sovuq" sham deb yuritiladi. 
   "Issiq"  shamni  tez  yurar,  siqish  darajasi  katta,  jadallashtirilgan  dvigatelga 
qo‘yilsa, izolya-torining issiqlik konusi qizib ketadi va uning temperaturasi 900
0
С 
dan  ortib  ketadi.  Bu  muqarrar  ravishda  dvigatel  silindrida  cho‘g‘dan  o‘t  olish 
hodisasi sodir bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, agar "sovuq" sham issiqlik rejimi 
mo‘’tadil,  aylanishlar  chastotasi  va  siqish  darajasi  past  bo‘lgan  dvigatelga 
3.39-rasm. O‘t oldirish 
shamidan   issiqlikni chiqish 
yo‘llari 


 
172 
o‘rnatilsa,  tez  orada  issiqlik  konusining  yuzi  va  elektrodlar  orasidagi  tirqish  
qurum bilan qoplanadi, chunki izolyator temperaturasi 400
0
C dan kamayib ketadi. 
   O‘t oldirish shamlarining issiqlik tavsifnomasi ularning cho‘g‘lanish soni bilan 
belgilanadi.  Cho‘g‘lanish  soni  shartli  kattalik    bo‘lib,    u  maxsus  bir  silindrli 
dvigatelga  o‘rnatilgan  shamni  sinash  vaqtida  cho‘g‘dan  o‘t  olish  sodir  bo‘la 
boshlagan daqiqadagi o‘rtacha indikator bosim qiymatiga proporsional qilib qabul 
qilingan.  Hozirgi vaqtda cho‘g‘lanish sonlarining quyidagi qatori kiritilgan: 8, 11, 
14, 17, 20, 23, 26. Cho‘g‘lanish soni qanchalik katta bo‘lsa, izolyatorning issiqlik 
konusi  shunchalik  kalta  bo‘ladi  va  shamning  issiqlik  chiqarish  xususiyati  yuqori 
bo‘ladi. 
   Sobiq  ittifoq  mamlakatlarida  islab  chiqarilgan  o‘t  oldirish  shamlari 
quyidagicha belgilanadi:  
   - birinchi harf korpusdagi rezba o‘lchamini va turini bildiradi: 
               A - M14 

 1,25;   M - M18 

 1,5; 
   - keyingi bitta yoki ikkita raqam cho‘g‘lanish sonini bildiradi; 
   - keyingi harf korpusning rezbali qismining uzunligini ko‘rsatadi: 
            H - 11 mm; Д - 19 mm; harf bo‘lmasa - 12 mm; 
   -  izolyatorning  issiqlik  konusini  korpusdan  tashqariga  chiqib  turishi  B  harfi 
bilan ko‘rsatiladi; 
   -  izolyator  bilan  markaziy  elektrod  orasi  termosement  bilan  zichlashtirilgan 
bo‘lsa    T   harfi  qo‘yiladi,  zichlash-tirish  boshqa  usulda  amalga  oshirilgan  bo‘lsa 
belgilanmaydi. 
   O‘t oldirish shamlarining belgilash misollari: 
  A17ДB 

  korpusdagi  rezbasi  -  M14 

  1,25,  cho‘g‘lanish  soni  -  17,  korpus 
rezbali  qismining  uzunligi  -  19  mm,    izolyatorning    issiqlik  konusi  korpusdan 
tashqariga chiqib turuvchi o‘t oldirish shami. 
  M8T   

 korpusdagi rezbasi - M18 

 1,5, cho‘g‘lanish soni - 8, korpus rezbali 
qismining uzunligi - 12 mm, izolyator bilan markaziy elektrod orasi termosement 
yordamida zichlashtirilgan  o‘t  oldirish shami. 
     GM-Uzbekistan  qo‘shma  korxonasining  NEXIA  avtomobilida  konussimon 
zichlashtiruvchi  qirrali  o‘t  oldirish  shamlari  (3.40-rasm)  o‘rnatilgan.  Ularda 
zichlashtiruvchi  halqalar  qo‘yilmaydi.  Temperaturaga  chidamli    keramik  
materiallardan tayyorlangan izolyator o‘rtasiga markaziy elektrod joylashtirilgan.                     
     NEXIA avtomobiliga o‘rnatilgan shamlar quyidagi tartibda belgilanadi: 
       -  birinchi  harf  odatda  sham  turini  ko‘rsatadi.  Masalan,  R  harfi  shamga 
elektrmagnit xalaqitlarni kamaytiruvchi qarshilik o‘rnatilganligini bildiradi;  
 -  sham  belgisidagi  birinchi  raqam  sham  qobig‘idagi  rezba  o‘lchami  va  turini 
bildiradi: 
 
Belgidagi 
raqam 
Ma’nosi 
Belgidagi 
raqam 
Ma’nosi 

M14 

1/2

 , konussimon 

M18 

1/2

 
10 
M10 

3/4

 


 
173 
12 
M12 

7/8

 
 
  - sham belgisidagi ikkinchi raqam shamning cho‘g‘lanish sonini bildiradi: 
        










«Sovuq shamlar»    

---------------------------------------------------

    «Issiq 
shamlar» 
       
      - sham belgisidagi keyingi  harflar odatda rezba uzunligini bildiradi. Masalan, 
XL - 19 mm; 
   -  izolyator  issiqlik  konusining  korpusdan  chiqib  turishi    S  harfi  bilan 
ko‘rsatiladi. 
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish