G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

3.4.  O‘T OLDIRISH SHAMLARI 
 
3.4.1. Umumiy ma’lumotlar 
 
   O‘t  oldirish  shamlari  benzinli  dvigatellarning  silindrlaridagi  yonilg‘i 
aralashmasini  o‘t  oldirish  uchun  xizmat  qiladi.  O‘t  oldirish  sham  elektrodlari 
orasida  davriy  ravishda  hosil  bo‘ladigan  uchqunli  razryad  hisobiga  amalga 
oshiriladi. 
   Dvigatelning yonish kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish shamlari qiymati katta 
bo‘lgan  elektr,  issiqlik  va  mexanik  yuklamalar  ta’siri  ostida  ishlaydi.  Benzinga 
tarkibida  agressiv  metallar  (qo‘rg‘oshin  va  marganes)  bo‘lgan  detonatsiyani 
pasaytiruvchi  qo‘shimchalar  qo‘shilishi  shamlarning  ishlash  muddatini 
qisqartiradi. 
   Shamning  o‘t  oldirish  kamerasidagi  qismining  temperaturasi  70
0
С  dan 
(silindrga  uzatilayotgan  yonilg‘i  aralashmasining  yangi  ulishini  harorati)    2000  -
2700
0
С  gacha  (siklning  eng  maksimal  temperaturasi)  o‘zgarib  tursa,  yonish 
kamerasidan  tashqaridagi  qismining  temperaturasi  -60
0
С    dan    +100
0
С    gacha 
(kapot  osti  bo‘shliq  harorati)  bo‘lishi  mumkin.  Shamning  ikki  qismi  har  xil 
temperaturaga  ega  bo‘lishi    va  uni  turli  materiallardan  (  keramika,  metall  ) 
tayyorlangan  elementlarini  chiziqli  kengayish  koeffisientlari  turli    bo‘lganligi, 
shamlarda issiqlik deformasiyalari va kuchlanishlarni vujudga keltiradi. 
   Shamlarning  o‘t  oldirish  kamerasiga  kiritilgan  qism  yuziga  silindrdagi 
gazlarning  10  mPa  gacha  bo‘lgan  bosimi  ta’sir    qiladi.  Bundan    tashqari,  o‘t 
oldirish  shamlariga  ishlayotgan  dvigateldan  vibrasiya  yuklamalari  ta’sir  qilib 
turadi.  Ishlash  jarayonida  o‘t oldirish  shamlari,  uning  elektrodlariga  uzatiladigan 
va  uchqunli  tirqishni  teshib  o‘tish  kuchlanishiga  teng  bo‘lgan    (20  kV    gacha)  
yuqori kuchlanish ostida bo‘ladi. 


 
169 
   Demak,  o‘t  oldirish  shamlarining  tuzilishi,  uning  elementlarini  tayyorlashga  
ishlatiladigan  materiallar,  yuqorida  keltirilgan  yuklamalarga  chidamli  bo‘lishi  va 
ular ta’sirida o‘z ish qobiliyatini  yo‘qotmasligi kerak. 
   Uchqun  hosil  bo‘lish  jarayonida  va  yonilg‘i  aralashmasi  yonishi  davomida  
hosil  bo‘ladigan  mahsulotlardagi  agressiv  moddalarning  ta’siri  natijasida  sham 
elektrodlari  korroziyaga  uchraydi  va  emirila  boshlaydi.  Dvigatelning    ishlash 
jarayonida o‘t oldirish shamlari elektrodlari orasidagi tirqish, avtomobil har 1000 
km masofani bosib o‘tganda o‘rta hisobda 0,015 mm ga kattalashadi. 
   Yonilg‘i  to‘la  yonmasligi  natijasida  shamning  issiqlik  konusi  9  (3.38-  rasm) 
yuzida, elektrodlarida tok o‘tkazuvchi qurum hosil bo‘ladi va u uchqunli tirqishni 
shuntlaydi,  ya’ni  yuqori  kuchlanishning  bir  qismi  qurum  orqali  o‘tib,    uchqun 
hosil  bo‘lish  jarayonini  susayishiga  olib  keladi.  Sham  izolyatorining  ifloslanishi 
va namlanishi ham yuqoridagi hodisaga sabab bo‘lishi mumkin. 
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish