G‘. N. Mahmudov


 O‘t oldirish shamlarining tuzilishi



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

3.4.2. O‘t oldirish shamlarining tuzilishi 
 
   Zamonaviy  o‘t    oldirish  shamlari  (3.38  -rasm)  bo‘laklarga  ajralmaydigan 
konstruksiyaga ega bo‘lib, metall korpus 4, izolyator 1, markaziy elektrod 7, yon 
elektrod 8 dan iborat. Shamni silindr kallagiga o‘rnatish uchun korpusning pastki  
qismi  rezbali  qilib  ishlangan.  Silindr  kallagi  bilan  o‘t  oldirish  shami  orasiga  
metall  zichlagich  qis-tirma    6   o‘rnatiladi.  Zichlashtirish  maqsadida  korpus    4  va 
izolyator  1  orasiga  yuqori  issiqlik  o‘tkazuvchanlikka  ega  bo‘lgan  mis  qistirma  5 
joylashtirilib,    korpusning  yuqori  qirrasi  jo‘valanadi.  Izolyatorning  o‘rta  qismiga 
kontakt - o‘zak 2 o‘rnatilib,  u  markaziy elektrod 7 bilan  tok o‘tkazuvchi shisha  - 
zichlagich 3 orqali tutashadi. 
Markaziy  elektrod  materiali  korroziya  va  erroziyaga  chidamli,  issiqlikka 
bardoshli, yuqori issiq o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Markaziy 
elektrodlar  yuqoridagi  talablarga  javob  beruvchi    xrom-titanli  (13X25T)  yoki 
xrom-nikelli  (X20H80)  po‘latlardan  tayyorlanadi.  Oxirgi  vaqtda  zamonaviy 
jadallashtirilgan  dvigatellar  uchun  o‘zagi  mis,  ustki  qismi  nikel-xrom 
qotishmasidan  tayyorlangan,  poyga  avtomobil  dvigatellariga  esa  kumushdan 
yasalgan  markaziy  elektrodlar  o‘rnatilmoqda.  Mis  va  ayniqsa  kumushning  juda 
yuqori  issiqlik  o‘tkazuvchanlik  qobiliyati  markaziy  elektrodni  nisbatan  ingichka 
qilib  tayyorlash  va  o‘t  oldirish  jarayonini  ancha  yaxshilash  imkoniyatini  beradi. 
Lekin kumush elektrodli shamlarning ishlash muddati ancha qisqa bo‘ladi. 
Markaziy  elektrodi  platinadan  tayyorlangan  o‘t  oldirish  shamlari  ishlash 
muddati  va  ishonchlilik  darajasini  yuqoriligi  bilan  tavsiflanadi.  Platinaning 
koroziya  va  eroziyaga  o‘ta  chidamliligi,  yaxshi  issiqlik  o‘tkazuvchanlik 
xususiyatlariga  ko‘ra  markaziy  elektrod  juda  ingichka  qilib  tayyorlanadi.  Bu 
ishchi  yonuvchi  aralashmani  uchqunli  razryad  tirqishiga  bemalol  kirib  kelishi  va 
uni  kafolatli  o‘t  oldirilishini  ta’minlaydi.  Markaziy  elektrod  o‘lchamlarining 
kichikligi,  yon  elektrodlarning  uchli  shakli  va  platinaning  katalitik  xususiyatlari 
teshib o‘tish kuchlanish qiymatini ancha kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga 
platinali  shamlarning  narxi  oddiy  shamlarga  nisbatan  4…  5  barobar  yuqori 
ekanligini ham qayd qilish lozim. 


 
170 
   Yon 
elektrodlar 
nikel-margansli 
qotishmalardan 
(masalan, 
НМц-5) 
tayyorlanib, 
korpusga 
kontaktli 
payvandlash  usuli  bilan  mahkamlanadi. 
O‘t  oldirish  jarayonining  barqarorligini 
ta’min-lash,    shamlarning  ishlash 
muddatini  oshirish  maqsadida  ba’zi 
firmalar  (masalan,    Bosch  )  yon 
elektrodi  ikki,  uch  va    to‘rtta  bo‘lgan 
o‘t 
oldirish 
shamlarini 
ishlab 
chiqmoqdalar 
   Markaziy 
va 
yon 
elektrodlar 
orasidagi  tirqish  0,6-0,9  mm  ni  tashkil 
qiladi,  elektron  o‘t  oldirish  tizimlarida 
tirqish 
1,0-1,2 
mm 
gacha 
kattalashtirilishi mumkin. 
   O‘t  oldirish  shamlarining  eng  og‘ir 
sharoitda  ishlaydigan  qismi  izolyator  1  bo‘lib,  uni  materialining  xususiyatlari  
shamning    sifatini    va    tavsifnomasini  belgilaydi.  Izolyator  tarkibi  asosan 
alyuminiy  oksidi  Al
2
O
3
  dan  tashkil  topgan  keramik  materiallardan  tayyorlanadi. 
Bunday materiallar qatoriga uralit (75% Al
2
O
3
), borkorund (95% Al
2
O
3
 va 0,16% 
B
2
O
3
), sinoksal (98% Al
2
O
3
), xilumin (97-98% Al
2
O
3
) va boshqalar kiradi. 
   O‘t  oldirish  tizimi  ekranlangan  dvigatellarga  ekranlangan  va  odatda 
zichlashtirilgan  o‘t oldirish  shamlari  o‘rnatiladi. Yuqori  kuchlanishli  o‘tkazgich 
o‘t  oldirish  shami  bilan  KУ-20  belgili  maxsus  kontakt  moslamasi    yordamida 
tutashadi.  Shamning  namdan  saqlash  vazifasini  rezina  zichlagich  va  ekranga 
buraladigan ustama gayka bajaradi. 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish