Operatsion tizim
|
2014
|
2018
|
Windows 7
|
50,1
|
38,4
|
Windows XP
|
25,3
|
0,7
|
Mac OS X
|
7,4
|
0
|
Windows 8
|
12,5
|
8,7
|
Windows Vista
|
2,9
|
0
|
Windows 10
|
0
|
51,6
|
Boshqa
|
1,8
|
0,6
|
Yillar davomida to‘plangan statistika ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi holat qayd etilgan:
Zamonaviy operatsion tizimlar. 2003 yilda WINDOWS Longhorn OT ishlab chiqildi. Fayl tizimi o‘zgartirilgan bo‘lib WinFS deb ataladi. Ushbu tizim ma’lumotlar bazasidek tashkil etilgan bo‘lib, fayllar aniq katalogda emas, balkim virtual kataloglar tashkil etilib, undagi fayllar ma’lum bir kriteriya bo‘yicha to‘planadi. Masalan, oxirgi hafta mobaynida o‘zgartirilgan matnli fayllar. Bu yerdagi asosiy g‘oya internetdan olingan bo‘lib, unda ham kerakli ma’lumotlarni kriteriyalar orqali qidirib olish asos qilib olingan.
1991 yilda finlyandiyalik talaba Linus Torvalds Linux operatsion tizimi ishlab chiqdi. Ushbu tizim Unix oilasiga mansubdir. Hozirgi kunda uning Debain, Mandrake, Slockware, Red Hat versiyalari mavjud. Ushbu tizimni o‘rganish uchun maxsus LiveCD kompakt disk mavjud bo‘lib, undan kompyuterni yuklab, bevosita tizimni o‘rgansa bo‘ladi va asosiy OT buzilmaydi.
Hozirgi kunda WINDOWS va Linux operatsion tizimlar g‘oyalari birlashtirilib gibrid Lindows operatsion tizimi yaratildi, uning keyinchalik Linspire nomi bilan atasha boshlashdi, sababi Microsoft kompaniyasi Lindows va WINDOWS so‘zlarining aytilishi bir-biriga o‘xshash deb sudga bergan edi. Ushbu tizimni bevosita WINDOWS tizimi ustidan o‘rnatish mumkin va unda asosiy WINDOWS dasturlarini ishlatish mumkin.
Hozirgi kunda yana bir tushuncha kiritilgan, bu ham bo‘lsa, dasturiy mahsulot – bu ma’lum bir ommaviy masalani hal qilishga mo‘ljallangan dasturlar to‘plamidir. Dasturiy mahsulot boshqa mahsulotlarga o‘xshagan holda sotuvga chiqariladi. Umuman olganda dasturiy ta’minot va dasturiy mahsulot tushun-chalari sinonim hisoblanadi. Servis dasturiy ta’minoti-foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo‘shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamg‘armasidan iborat.
Biroq, funksional imkoniyatlarga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi vositalarga bo‘lish mumkin:
foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan himoya qiluvchilar;
ma’lumotni qayta ishlovchilar;
disk va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
virusga qarshi vositalar.
OT ning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib, har biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi.
Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi. Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘l qo‘yadi:
disklarga xizmat ko‘rsatish;
fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
arxivni yaratish va yangilash;
turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;
kompyuterni virusdan himoya qilish.
Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi.
Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy-apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi.Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: EHM va uning ayrim qismlari ishining to‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning EHMda muayyan lokalizatsiyasi bo‘lgan xatolar va shikastlanishlarni avtomatik izlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |