tizimni EHM ning boshqa turlariga o‘tishini soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi;
operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi.
OS/2oilasidagi OT. OS/2 OT lari IBM firmasi tomonidan 1987 yilda ishlab chiqarilgan. U IBM PC - mos kompyuterlar uchun 32 razryadli grafik ko‘p vazifali OT sifatida bir necha amaliy dasturlar parallel ishini tashkil etish imkonini berib, bunda bir tizimni ikkinchisidan, OT ni unda ishlayotgan dasturlardan muxofaza qilishni ta’minlaydi. OS/2 da dastur yozish uchun amaliy dasturlashtirish interfeysi API da mavjud tayyor dasturiy modullardan foydalanish mumkin.
UNIX oilasidagi OT.Ular 32 razryadli ko‘p vazifali ko‘p (kishi) foydalanadigan OTdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda – superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi, bu xol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga kam sarf bilan o‘tkazish imkonini beradi.
UNIX taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkonini o‘zida birlashtiradi.
UNIX da pochta xizmati - uning asosiy tarkibiy qismlaridandir.
WINDOWSoilasidagiOT. Windows oilasidagi OT lar MS firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali OTlardir.
Windows 95 OT va Windows NT OT lar shu oilaning asosiy vakilidir.
Windows NT OT - eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli OTdir. U ikki xil - Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqarilgan.
Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Tizim samaradorligi zarar yetmagan holda yuqori safarbarlik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Windows NT Server axborotning tezkor ishlashini tashkil etish va global tarmoqlar zaxiralarini ko‘rib chiqish uchun vositalarni o‘zida saqlaydi, istalgan aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning o‘zida 256 gacha shaxsiy kompyuterlarni ulanishini qo‘llab
quvvatlaydi, bir necha server esa hammabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanishi mumkin. Windows NT Workstation lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo‘ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli OT dir. Windows NT
Workstation maxfiy ma’lumotlar yoki dasturlarni ishonchli muhofaza qilish zaruriyati tug‘ilganda, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlilida yuqori samaradorlik muhim bo‘lgan ishlarni bajarishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Windows XP OT 2001-yildan boshlab sotuvga chiqarilgan edi. Birinchi 5 yil ichida 400 mln. nusxa sotilgan. Xattoki Windows Vista, keyinchalik Windows 7 va Windows 8 ishlab chiqilgani qaramay Windows XP tizimi 2010-yilgacha sotuvda bo‘lgan. 2014-yilning aprel oyidan boshlab Microsoft kompaniyasi Windows XP OT ni qo‘llashni rasman to‘xtatdi. Shunga qaramay hozirgacha ushbu OT dan foydalanuvchilar yuz o‘girishmagan. Quyidagi sxemada shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimlarning bozordagi egallagab turgan ulushlari keltirilgan.