Nazorat savollari
Axborot bilan qanday amallarni bajarish mumkin?
Mantiqiy tuzilishga ko‘ra axborot qanday bo‘laklardan tashkil topgan? 3.Axborot texnologiyalari o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha qanday tasniflanadi?
Sintaksis axborot o‘lchovi deganda nimani tushunasiz?
Axborot texnologiyalari ta’rifini ayting.
Iqtisodiyotda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari asosida yaratilgan qanday axborot tizimlarini bilasiz?
Neyrokompyuterli texnologiyalarni qo‘llash sohalarini ayting.
BOB. DASTURIY TA’MINOT VA UNING RIVOJLANIB BORISH TЕNDЕNTSIYALARI
Dasturiy ta’minotning asosiy tushunchalari
Zamonaviy axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi birinchi navbatda dasturiy ta’minotning ilg‘or qadamlar bilan rivojlanishiga bog‘liq. Kompyuter texnologiyalariga qilinadigan harajatlarni quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu yerda EDI – electronics document interchange, ya’ni interaktiv elektron hujjatlar. Shuni ta’kidlash kerakki, 1990 yilda jahon jamiyatida dasturiy ta’minotga 100 mlrd. AQSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi. Dasturiy ta’minotga qilinadigan harajatlar , o‘rtacha hisobda, har yili 20% ga oshib bormoqda.
Axborot tizimlari nuqtayi nazaridan dasturiy ta’minot – bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi.
Dasturiy ta’minotlarni tasniflash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Foydalanuvchining kompyuter apparat qismi bilan bo‘lgan o‘zaro munosabati, buni klassik yondashuv deb atasak ham bo‘ladi va uning asosiy tushunchalari keyingi bandlarda ko‘rib chiqiladi;
-
|
O‘rta pog‘onadagi DT Uskunaviy vositalar
|
OT va utilitalar
|
|
BIOS va ichki DT
|
Dasturiy ta’minotning litsenziyasi bo‘yicha tasnifi. Bunda erkin DT va erkinmas DT. Erkin DT bevosita GPL tomonidan litsenziyasi bo‘lishi kerak va unda quyidagilar muhim hisoblanadi:
foydalanishdagi erkinlik;
o‘rganish va tuzatishdagi erkinlik;
tarqatishdagi erkinlik;
o‘zgartirishdagi erkinlik;
Erkinmas DT quyidagilarni qamrab oladi :
tijoratli dasturlar (bunda tijoratli dastur litsenziyalangan va mualliflik huquqlari himoyalangan bo‘ladi);
chegaralangan dasturlar (bunda dasturdan ma’lum vaqtgacha bepul foydalanish mumkin);
shartli bepul dasturlar ( shareware, bunda dasturdan ma’lum vaqtgacha bepul foydalanish mumkin, ammo uning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi);
reklamali bepul dasturlar (adware, bunda dasturdan bepul foydalanish mumkin, faqatgina unda reklama elementlari mavjud bo‘ladi);
bepul dasturlar (freeware, bunda dasturdan bepul foydalanish mumkin, faqatgina dastur kodi bo‘lmaydi );
ochiq kodli dasturlar (bunda GPL litsenziyasi mavjud bo‘lmaydi, shu bois uni erkin DT deb hisoblab bo‘lmaydi ) ;
Dasturiy ta’minotni kompyuter platformasi bo‘yicha tasnifi. Bunda operatsion tizim platforma sifatida olingan:
bir platformali DT (faqatgina bitta OT muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan);
bir platformadan boshqasiga o‘tkaziladigan DT (portable, Perl, Python, C++ tillarida yozilgan dasturlarni Windows, Unix, Linux OT muhitlarida ishlatish mumkin);
platformalararo DT (masalan, Java va web ilovalar barcha OT muhitlarida bir xil ishlaydi );
Dasturiy ta’minotni dastur interfeysi bo‘yicha tasnifi:
grafik interfeysli dasturlar ;
konsolli dasturlar ;
masalalar panelidagi dasturlar (masalan, “Soat” dasturi, va uni faqatgina kontekst menyu orqali boshqarish mumkin bo‘ladi ) ;
ishchi stol Vidjetlari (gadjetlari) ( Gadjet – yangi juda kichik qurilma bo‘lib, ularga quyidagilar bo‘lishi mumkin: smartfon, pleer, qo‘shimcha kuler va b. Dasturiy ta’minotda esa vidjet (gadjet) yangi juda kichik ilova bo‘lib, qo‘shimcha har xil ma’lumotlarni olishga imkon beradi, ob-havo, valyuta kurslari va b. Bunga Google Gadjets, SideShow misol bo‘la oladi.) ;
Dasturiy ta’minotni apparat ta’minoti bo‘yicha tasnifi:
superkompyuterlarga mo‘ljallangan dasturlar ;
server va maynfreymlarga mo‘ljallangan dasturlar ;
shaxsiy kompyuter va ishchi stansiyalarga mo‘ljallangan dasturlar ;
kissali kompyuter va kommunikatorlarga mo‘ljallangan dasturlar ;
mikroprosessorli qurilmalarga o‘rnatiladigan dasturlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |