Ichki tormozlanishning ahamiyati.
Ichki tormozlanishning kashf etilishi
barcha shartli signallarni ikki kategoriyaga: shartli reaksiya-ni vujudga keltiruvchi,
ijobiy shartli signallar va shartli tormoz-lanishni vujudga keltiruvchi, salbiy shartli
signallarga ajratish imkonini berdi.
Organizmning moslanish faoliyatida shartli tormozlanishning ahamiyati juda
katta. Ichki tormozlanish kelib chiqmagan taqdirda, shartsiz ta‘sirlovchilar bilan
mustahkamlanmay qo‗yilgan yoki hyech qachon mustahkamlanmagan, ammo
mustahkamlanuvchi ta‘sirlovchilarga o‗xshaydigan har xil ta‘sirotlarga javoban
organizm bir talay ortiqcha
,
biologik jihatdan nomaqbul reaksiyalarni yuzaga
chiqargan bo‗lur edi.
Tormozlanish tufayli organizm reaksiyalari tashqi sharoitga ancha yaxshiroq
mos keladi, organizm muhitga mukammalroq moslashadi. Yagona asab jarayonining
135
namoyon bo‗ladigan ikki formasi — qo‗zg‗alish va tormozlanishning birgaligi va
o‗zaro ta‘sir etishi organizmning har xil murakkab vaziyatda yo‗l topa bilishi
(orientirovka) ga imkon beradi, ta‘sirotlarni analiz va sintez qilish shartlari
hisoblanadi.
4.11. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida ta’sirotlarning analiz va sintez qilinishi
Ta‘sirotlarni analiz va sintez qilish — bosh miya katta yarim
sharlari
po‗stlog‗ining eng muhim funksiyalaridir.
Ta’sirotlarni analiz qilish
miya po‗stlog‗ining turli neyronlari va neyron
guruhlari o‗rtasida qaror topadigan o‗zaro ta‘sir tufayli katta yarim sharlar
po‗stlog‗ining turli qismlarida ro‗y beruvchi qo‗zg‗alishlarni o‗zaro bog‗lash,
yakunlash va birlashtirishdan iborat. Har qanday shartli refleksni hosil qilishga asos
bo‗ladigan vaqtincha aloqaning vujudga kelishi miya po‗stlog‗idagi sintetik faoliyat
belgisidir.
Ta’sirotlarni analiz qilish
organizmga ta‘sir etuvchi har xil
signallarni
(ta‘sirotlarni) farq qilish, ajratish, differensiallashdan iborat.
Ta‘sirotlar reseptor apparatidayoq analiz qilina boshlaydi, bu apparatning turli
elementlari xarakter e‘tibori bilan har xil ta‘sirotlarga reaksiya ko‗rsatadi; asab
tizimining tuban bo‗limlari ham analiz qiladi. Ammo, analiz jarayonlari katta yarim
sharlar po‗stlog‗ida yuksak darajada taraqqiy etadi.
Miya po‗stlog‗idagi sensor zonalarning tuzilmasi va asab yo‗llari shundayki,
reseptorlarning har bir turidan impulslar po‗stloqdagi asab hujayralarining muayyan
guruhlariga boradi. Bundan tashqari, reaksiyaga tortiladigan hujayralar soni va har bir
hujayradagi impulslar chastotasi ta‘sirlovchining kuchiga, uzunligiga va ortib borish
tikligiga qarab katta farq qiladi. Shu sababli har bir periferik ta‘sirotga
qo‗zg‗alishning o‗z fazo-vaqt naqshini, I. P. Pavlov ta‘biri bilan aytganda, o‗ziga xos
«dinamik struktura kompleksi»ni mos keltiruvchi sharoit vujudga keladi. Uz
xossalariga ko‗ra yaqin ta‘sirlovchilar bir-biridan shunday qilib farqlanadi.
Analizning katta yarim sharlar po‗stlog‗iga spesifik shakli ta‘sirlovchilarni
136
signal ahamiyatiga qarab farq qilish — differensiallashdan iborat, ichki
tormozlanishning vujudga kelishi esa shunga imkon beradi.
Analiz va sintez bir-biriga chambarchas bog‗liq. Organizmga ayrim-ayrim ikki
ta‘sirlovchi ta‘sir etganda analiz va sintezning eng oddiy shakllarini ko‗ramiz. Bir
qancha komponentlarni o‗z ichiga oluvchi kompleks ta‘sirotlarni analiz qilishga
asoslanib, miya po‗stlog‗idagi analitik-sintetik faoliyatning murakkabroq shakllari
to‗g‗risida fikr yuritish mumkin.
Shu maqsadda muayyan tartib bilan ketma-ket keluvchi bir necha signal shartli
ta‘sirlovchi sifatida qo‗llaniladi; shu signallarning o‗zi esa shartsiz ta‘sirot bilan
mustahkamlanmay, boshqa tartibda qo‗llaniladi. Ta‘sirotlar differensiallanadigan
bo‗lsa, bu, katta
yarim sharlar po‗stlog‗i signallarning har birini alohida emas,
ularning faqat yig‗indisinigina emas, balki qo‗llanish tartibini, izchilligini ham idrok
etayotganligini ko‗rsatadi.
Analiz va sintezning murakkab shakllarini tekshirish uchun A.G. Ivanov-
Smolenskiy to‗rtta: A+B+V+G tovushning ketma-ket qo‗llanilishiga doir mustahkam
shartli refleks vujudga keltirgan. So‗ngra tovushlarning yuqoridagi tartibini ularning
boshqa (A+V+B+G) tartibidan farq qilishga (differensiallashga) 5 oy urinib
ko‗rishgan. Itning bu murakkab ta‘sirovchilarni to‗la farq qilishiga muvaffaq
bo‗linmadi. Bunday vazifaga itning qurbi yetmaydi. Differensiasiyalanadigan
kombinasiya o‗rta hisob bilan 7 marta qo‗llanilganda odam bunday vazifani bemalol
uddalaydi.
Ko‗pgina hayvonlarda analizning oddiy shakllari odamdagiga nisbatan
yaxshiroq rivojlangan. Masalan, itning hid bilishi hammaga ma‘lum, it hidlarni
odamga nisbatan beqiyos aniqroq va yaxshiroq ajratadi. Xuddi shuningdek, it tovush
ta‘sirotlarini ham yuksak darajada differensiallaydi. Bir tovush shartsiz ta‘sirot bilan
mustahkamlansa-yu, ikkinchi tovush mustahkamlanmasa, it 1/8 ton qadar farq
qiluvchi ikki tovushni bir-biridan ajratganini kuzatish mumkin. Odam qulog‗i
sezmaydigan balandlikdagi tovushlarni it qulog‗i eshitadi.
Shunday qilib, ayrim qo‗llanilgan ta‘sirotlarni farq qilish, ya‘ni kortikal
137
analizning quyi shakli odamga nisbatan hayvonda yaxshiroq rivojlangan bo‗lishi
mumkin. Ammo ta‘sirotlarni analiz va sintez qilishning oliy shakllari hiyla yuksak
rivojlanganligi bilan odam hayvondan oldinda turadi. F. Engelsning ta‘biri bilan
aytganda, «burgut odamga qaraganda ancha uzoqni ko‗radi, lekin odamning ko‗zi
buyumlarda burgut ko‗ziga qaraganda ancha ko‗p narsani ajratadi».
Odamdagi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sintetik faoliyat jarayonlarida
shartli va shartsiz ta‘sirlovchilarning po‗stloq vakilligi hujayralari o‗rtasidagi
vaqtincha aloqalargina emas, indifferent ta‘sirotlar yig‗indisini idrok etishda
qatnashuvi asab hujayralarining guruhlari o‗rtasida vujudga keladigan vaqtincha
aloqalar ham muhim rol o‗ynaydi. Masalan, biron kuy tovushlari eshitilganda eshituv
analizatorining po‗stloqdagi tegishli hujayralari periferiyadan keluvchi ta‘sirotlar
bilan muayyan tartibda qo‗zg‗aladi va shu hujayralar o‗rtasida vaqtincha aloqalar
vujudga keladi. Kuyni esda qoldirish — eshituv analizatorida vaqtincha aloqalarning
vujudga kelishi demakdir. Boshlang‗ich bir necha notaning jaranglashi butun kuyni
esga tushirish uchun kifoya qilishi vaqtincha aloqalar vujudga kelishidan guvohlik
beradi. Biron surat yoki narsani ko‗zdan kechirganda ko‗z to‗r pardasidan va ko‗z
mushaklaridan afferent impulslar ko‗ruv analizatori bilan proprioreseptiv
analizatorning po‗stloqdagi hujayralariga muayyan tartib bilan boradi, shu tufayli
mazkur hujayralar o‗rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Natijada ko‗ruv obrazi
iz qoldiradi.
Ta‘sirlovchi qancha murakkab bo‗lsa, ya‘ni qancha ko‗p komponentlardan
tuzilgan bo‗lsa, miya po‗stlog‗ining idrok etuvchi hujayralari o‗rtasida o‗shancha
ko‗p vaqtincha aloqalar vujudga kelishi kerak.
Ta‘sirotlarni analiz va sintez qilish uchun fiziologik jarayonlar — oliy
formalari odamda hodisa va tushunchalarni logik analiz va sintez qilishning sifat
jihatidan o‗ziga xos jarayonlari vujudga kelishi uchun asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |