G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Ichki tormozlanishning ahamiyati. 
Ichki tormozlanishning kashf etilishi 
barcha shartli signallarni ikki kategoriyaga: shartli reaksiya-ni vujudga keltiruvchi, 
ijobiy shartli signallar va shartli tormoz-lanishni vujudga keltiruvchi, salbiy shartli 
signallarga ajratish imkonini berdi. 
Organizmning moslanish faoliyatida shartli tormozlanishning ahamiyati juda 
katta. Ichki tormozlanish kelib chiqmagan taqdirda, shartsiz ta‘sirlovchilar bilan 
mustahkamlanmay qo‗yilgan yoki hyech qachon mustahkamlanmagan, ammo 
mustahkamlanuvchi ta‘sirlovchilarga o‗xshaydigan har xil ta‘sirotlarga javoban 
organizm bir talay ortiqcha

biologik jihatdan nomaqbul reaksiyalarni yuzaga 
chiqargan bo‗lur edi. 
Tormozlanish tufayli organizm reaksiyalari tashqi sharoitga ancha yaxshiroq 
mos keladi, organizm muhitga mukammalroq moslashadi. Yagona asab jarayonining 


135 
namoyon bo‗ladigan ikki formasi — qo‗zg‗alish va tormozlanishning birgaligi va 
o‗zaro ta‘sir etishi organizmning har xil murakkab vaziyatda yo‗l topa bilishi 
(orientirovka) ga imkon beradi, ta‘sirotlarni analiz va sintez qilish shartlari 
hisoblanadi. 
4.11. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida ta’sirotlarning analiz va sintez qilinishi 
Ta‘sirotlarni analiz va sintez qilish — bosh miya katta yarim
 
sharlari 
po‗stlog‗ining eng muhim funksiyalaridir. 
Ta’sirotlarni analiz qilish 
miya po‗stlog‗ining turli neyronlari va neyron 
guruhlari o‗rtasida qaror topadigan o‗zaro ta‘sir tufayli katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ining turli qismlarida ro‗y beruvchi qo‗zg‗alishlarni o‗zaro bog‗lash, 
yakunlash va birlashtirishdan iborat. Har qanday shartli refleksni hosil qilishga asos 
bo‗ladigan vaqtincha aloqaning vujudga kelishi miya po‗stlog‗idagi sintetik faoliyat 
belgisidir. 
Ta’sirotlarni analiz qilish 
organizmga ta‘sir etuvchi har xil
 
signallarni 
(ta‘sirotlarni) farq qilish, ajratish, differensiallashdan iborat. 
Ta‘sirotlar reseptor apparatidayoq analiz qilina boshlaydi, bu apparatning turli 
elementlari xarakter e‘tibori bilan har xil ta‘sirotlarga reaksiya ko‗rsatadi; asab 
tizimining tuban bo‗limlari ham analiz qiladi. Ammo, analiz jarayonlari katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ida yuksak darajada taraqqiy etadi. 
Miya po‗stlog‗idagi sensor zonalarning tuzilmasi va asab yo‗llari shundayki, 
reseptorlarning har bir turidan impulslar po‗stloqdagi asab hujayralarining muayyan 
guruhlariga boradi. Bundan tashqari, reaksiyaga tortiladigan hujayralar soni va har bir 
hujayradagi impulslar chastotasi ta‘sirlovchining kuchiga, uzunligiga va ortib borish 
tikligiga qarab katta farq qiladi. Shu sababli har bir periferik ta‘sirotga 
qo‗zg‗alishning o‗z fazo-vaqt naqshini, I. P. Pavlov ta‘biri bilan aytganda, o‗ziga xos 
«dinamik struktura kompleksi»ni mos keltiruvchi sharoit vujudga keladi. Uz 
xossalariga ko‗ra yaqin ta‘sirlovchilar bir-biridan shunday qilib farqlanadi. 
Analizning katta yarim sharlar po‗stlog‗iga spesifik shakli ta‘sirlovchilarni 


136 
signal ahamiyatiga qarab farq qilish — differensiallashdan iborat, ichki 
tormozlanishning vujudga kelishi esa shunga imkon beradi. 
Analiz va sintez bir-biriga chambarchas bog‗liq. Organizmga ayrim-ayrim ikki 
ta‘sirlovchi ta‘sir etganda analiz va sintezning eng oddiy shakllarini ko‗ramiz. Bir 
qancha komponentlarni o‗z ichiga oluvchi kompleks ta‘sirotlarni analiz qilishga 
asoslanib, miya po‗stlog‗idagi analitik-sintetik faoliyatning murakkabroq shakllari 
to‗g‗risida fikr yuritish mumkin. 
Shu maqsadda muayyan tartib bilan ketma-ket keluvchi bir necha signal shartli 
ta‘sirlovchi sifatida qo‗llaniladi; shu signallarning o‗zi esa shartsiz ta‘sirot bilan 
mustahkamlanmay, boshqa tartibda qo‗llaniladi. Ta‘sirotlar differensiallanadigan 
bo‗lsa, bu, katta
 
yarim sharlar po‗stlog‗i signallarning har birini alohida emas, 
ularning faqat yig‗indisinigina emas, balki qo‗llanish tartibini, izchilligini ham idrok 
etayotganligini ko‗rsatadi. 
Analiz va sintezning murakkab shakllarini tekshirish uchun A.G. Ivanov-
Smolenskiy to‗rtta: A+B+V+G tovushning ketma-ket qo‗llanilishiga doir mustahkam 
shartli refleks vujudga keltirgan. So‗ngra tovushlarning yuqoridagi tartibini ularning 
boshqa (A+V+B+G) tartibidan farq qilishga (differensiallashga) 5 oy urinib 
ko‗rishgan. Itning bu murakkab ta‘sirovchilarni to‗la farq qilishiga muvaffaq 
bo‗linmadi. Bunday vazifaga itning qurbi yetmaydi. Differensiasiyalanadigan 
kombinasiya o‗rta hisob bilan 7 marta qo‗llanilganda odam bunday vazifani bemalol 
uddalaydi. 
Ko‗pgina hayvonlarda analizning oddiy shakllari odamdagiga nisbatan 
yaxshiroq rivojlangan. Masalan, itning hid bilishi hammaga ma‘lum, it hidlarni 
odamga nisbatan beqiyos aniqroq va yaxshiroq ajratadi. Xuddi shuningdek, it tovush 
ta‘sirotlarini ham yuksak darajada differensiallaydi. Bir tovush shartsiz ta‘sirot bilan 
mustahkamlansa-yu, ikkinchi tovush mustahkamlanmasa, it 1/8 ton qadar farq 
qiluvchi ikki tovushni bir-biridan ajratganini kuzatish mumkin. Odam qulog‗i 
sezmaydigan balandlikdagi tovushlarni it qulog‗i eshitadi. 
Shunday qilib, ayrim qo‗llanilgan ta‘sirotlarni farq qilish, ya‘ni kortikal 


137 
analizning quyi shakli odamga nisbatan hayvonda yaxshiroq rivojlangan bo‗lishi 
mumkin. Ammo ta‘sirotlarni analiz va sintez qilishning oliy shakllari hiyla yuksak 
rivojlanganligi bilan odam hayvondan oldinda turadi. F. Engelsning ta‘biri bilan 
aytganda, «burgut odamga qaraganda ancha uzoqni ko‗radi, lekin odamning ko‗zi 
buyumlarda burgut ko‗ziga qaraganda ancha ko‗p narsani ajratadi». 
Odamdagi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sintetik faoliyat jarayonlarida 
shartli va shartsiz ta‘sirlovchilarning po‗stloq vakilligi hujayralari o‗rtasidagi 
vaqtincha aloqalargina emas, indifferent ta‘sirotlar yig‗indisini idrok etishda 
qatnashuvi asab hujayralarining guruhlari o‗rtasida vujudga keladigan vaqtincha 
aloqalar ham muhim rol o‗ynaydi. Masalan, biron kuy tovushlari eshitilganda eshituv 
analizatorining po‗stloqdagi tegishli hujayralari periferiyadan keluvchi ta‘sirotlar 
bilan muayyan tartibda qo‗zg‗aladi va shu hujayralar o‗rtasida vaqtincha aloqalar 
vujudga keladi. Kuyni esda qoldirish — eshituv analizatorida vaqtincha aloqalarning 
vujudga kelishi demakdir. Boshlang‗ich bir necha notaning jaranglashi butun kuyni 
esga tushirish uchun kifoya qilishi vaqtincha aloqalar vujudga kelishidan guvohlik 
beradi. Biron surat yoki narsani ko‗zdan kechirganda ko‗z to‗r pardasidan va ko‗z 
mushaklaridan afferent impulslar ko‗ruv analizatori bilan proprioreseptiv 
analizatorning po‗stloqdagi hujayralariga muayyan tartib bilan boradi, shu tufayli 
mazkur hujayralar o‗rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Natijada ko‗ruv obrazi 
iz qoldiradi. 
Ta‘sirlovchi qancha murakkab bo‗lsa, ya‘ni qancha ko‗p komponentlardan 
tuzilgan bo‗lsa, miya po‗stlog‗ining idrok etuvchi hujayralari o‗rtasida o‗shancha 
ko‗p vaqtincha aloqalar vujudga kelishi kerak. 
Ta‘sirotlarni analiz va sintez qilish uchun fiziologik jarayonlar — oliy 
formalari odamda hodisa va tushunchalarni logik analiz va sintez qilishning sifat 
jihatidan o‗ziga xos jarayonlari vujudga kelishi uchun asos hisoblanadi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish