G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Ikkinchi signal tizimining funksiyalarida miya po‘stlog‘idagi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

5.3. Ikkinchi signal tizimining funksiyalarida miya po‘stlog‘idagi
turli zonalarning ahamiyati 
«Dinamikani strukturaga to‗g‗ri keltirish», boshqacha aytganda, markaziy asab 
tizimi faoliyatining muayyan ko‗rinishlarida har xil asab tuzilmalarining ahamiyatini 
aniqlash fiziologiyaning muhim vazifalaridan biri, deb hisoblagan edi I. P.Pavlov. Bu 
vazifani hal etish ikkinchi signal tizimiga kelganda g‗oyatda muhim vazifadir. Bu 
masalada bir necha nuqtai nazar bor. Bir nuqtai nazar — psixomorfologik oqim 
tarafdorlarining faraz qilishicha, odam intellekti bilan bog‗langan oliy asab 
funksiyalarining turli ko‗rinishlari miyaning muayyan qismlarida joylashgan. 
Masalan, ba‘zi mualliflar bosh miya po‗stlog‗ining «funksional xaritalari»ni 
tuzishgan va psixik faoliyatning «faol tafakkur», «son tasavvurlari» kabi 
ko‗rinishlarini va hatto «shaxsiy, ijtimoiy va diniy «men» larini miya po‗stlog‗ining 
turli qismlariga joylashtirishgan edi. Ikkinchi nuqtai nazar oliy asab faoliyatining eng 
murakkab ko‗rinishlarini va ikkinchi signal tizimining funksiyalarini muayyan asab 
tuzilmalariga bog‗lash mutlaqo mumkin emas, deydi. Bu tasavvurga ko‗ra, xulq-
atvorning har qanday murakkab aktida umuman butun miya po‗stlog‗i qatnashadi. 
Ikkala nuqtai nazar ham xatodir. Avvalo, ikkinchi signal tizimining 
funksiyalarida bosh miya chap va o‗ng yarim sharlarining ahamiyati birday 
emasligini ko‗rsatib o‗tish kerak. Aksari kishilar (o‗naqaylar)da bosh miyaning chap 
yarim shari ustun turadi va muayyan qismlari shikastlanganda, jarohatlanganda, qon 
quyilganda yoki o‗smadan zararlanganda nutq funksiyalari, tanib olish va maqsadga 
muvofiq ish ko‗rish funksiyalari, ya‘ni odamga xos, ikkinchi signal tizimi bilan 
bog‗langan funksiyalar buziladi. Chapaqaylar miyasining o‗ng yarim shari chap 
yarim sharidan ustun bo‗ladi, ularning o‗ng yarim shari shikastlanganda yuqoridagi 
kabi hodisalar kuzatiladi. Bu faktlar ikki yoqlama diqqatga sazovordir; birinchidan, 


156 
ular ikkinchi signal tizimining funksiyalarida bir yarim sharning ahamiyati kattaroq 
ekanligini ko‗rsatadi; ikkinchidan, ular bir yarim sharning ko‗proq ahamiyatga ega 
ekanligi mehnat faoliyatida katta rol o‗ynaydigan qo‗lga qandaydir bog‗liq ekanligini 
ko‗rsatadi. 
Ikkinchi signal tizimi normal ishlashi uchun miya po‗stlog‗ining keng zonalari 
kerak. Ammo, ikkinchi signal tizimining faoliyatida miyaning ba‘zi qismlari kattaroq 
rol o‗ynashi shubhasiz. Nutq, so‗zlarning ma‘nosini tushunish, ularni aytish, 
buyumlarni tanib, maqsadga muvofiq ish ko‗rish, ish natijasini oldindan bilish bilan 
bog‗liq bo‗lgan murakkab funksiyalar yuzaga chiqishi uchun dinamik jihatdan 
vujudga keluvchi murakkab asab strukturalari, ya‘ni miya po‗stlog‗ining birgalashib 
ishlovchi ko‗p apparatlari kerak. Ana shu apparatlar juda ko‗p neyronlar va ularning 
zanjirlaridan iborat «burjlarni», ya‘ni funksional tizimlarni hosil qiladi. 
Miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ida faqat birinchi yoki faqat ikkinchi signal 
tizimlariga taalluqli asab elementlari anatomiya nuqtai nazaridan bir-biridan 
chegaralanmaganligini nazarda tutish kerak. 
Odamda buyumni tanib olish, maqsadga muvofiq ish ko‗rish va nutq 
funksiyalari ko‗proq buziladi, ularni anatomiya-klinika nuqtai nazaridan kuzatish 
ikkinchi signal tizimi asab strukturalarining lokalizasiyasini aniqlashda asosiy metod 
hisoblanadi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish