G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

 
 


149 
V BOB. ODAM OLIY ASAB FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI 
5.1. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari 
Shartli reflektor faoliyatning yuqorida tasvir etilgan barcha qonuniyatlari yuksak 
darajadagi hayvonlar va odam uchun umumiy qonuniyatlardir. Eksteroreseptorlarning 
yoki interoreseptorlarning har xil ta‘sirlanishi bilan birga shartsiz yoki shartli 
reflekslarni yuzaga chiqaruvchi qanday bo‗lmasin ta‘sirotlar ham bo‗lsa, odamda 
ham tashqi olamning yoki organizm ichki holatining turli signallariga doir shartli 
reflekslar vujudga keladi. Tegishli sharoitda tashqi (shartsiz) yoki ichki (shartli) 
tormozlanish jarayoni odamda ham kelib chiqadi. Qo‗zg‗alish va tormozlanish 
irradiasiyasi va konsentrasiyasi, induksiya, dinamik stereotipiya va shartli reflektor 
faoliyatning boshqa xarakterli belgilari odamda ham kuzatiladi. 
Tashqi olamning bevosita signallarini analiz va sintez qilish hayvonlar uchun 
ham, odam uchun ham umumiy xususiyatdir, bu signallar voqelikning 
birinchi signal 
tizimini 
tashkil etadi. I. P. Pavlov shu haqida quyidagilarni aytgan edi: «Deyarli nuqul 
ko‗ruv, eshituv reseptorlari va organizmning boshqa reseptorlaridagi maxsus 
hujayralarga bevosita keluvchi ta‘sirotlar va ularning katta yarim sharlardagi izlari 
hayvonga voqelik haqida signal beradi. Tevarak-atrofdagi tashqi tabiat — umuman 
tabiat, shuningdek ijtimoiy tabiatimizdan taassurot, sezgi va tasavvurlar shaklida 
oladiganimiz shuning o‗zginasidir (eshitadigan va ko‗radigan so‗zimiz bundan 
mustasno). Bu voqelikning birinchi signal tizimi bo‗lib, biz bilan hayvonlarda 
umumiydir». 
Odamning iltimoiy taraqqiyot jarayonida, mehnat faoliyati natijasida miyaning 
ishlash mexanizmlariga favqulodda qo‗shimcha qo‗shilgan. Nutq signallari, nutq 
bilan bog‗langan 
ikkinchi signal tizimi 
shunday qo‗shimchadir. Signal berishning 
yuksak darajadagi ushbu mukammal tizimi eshittirib yoki eshittirmasdan aytiladigan, 
eshitiladigan yoki o‗qiganda ko‗riladigan so‗zlarni idrok etishdan iborat. Ikkinchi 
signal tizimining taraqqiy etishi odamning oliy asab faoliyatini misli ko‗rilmagan 
darajada kengaytirib va sifat jihatidan o‗zgartirib yubordi. Nutq signallarining kelib 


150 
chiqishi katta yarim sharlar faoliyatiga yangi prinsip kiritdi. «Tevarak-atrofdagi 
olamga doir sezgi va tasavvurlarimiz, — degan edi I. P. Pavlov,— biz uchun 
vo‘qelikning birinchi signallari, konkret signallar bo‗lsa, nutq, avvalo nutq 
a‘zolaridan miya po‗stlog‗iga boruvchi kinestetik ta‘sirotlar ikkinchi signallardir, 
signallarning signalidir. Ular vo‘qelikdan yiroqlashish bo‗lib, umumlashtirishga yo‗l 
qo‗yadi, bu esa bizning ortiqcha, faqat odamga xos bo‗lgan oliy tafakkurimizni 
tashkil etadi, bu tafakkur avval umuman insoniyat empirizmini, pirovardida esa 
odamning tevarak-atrofdagi olamda va o‗zida yo‗l topishi (orientirovka)ga yordam 
beradigan oliy quroli — fanni vujudga keltiradi». 
Odam o‗z reseptorlari yordamida idrok qiladigan narsalarning hammasini 
so‗zdan iborat signallar bilan ifodalaydi. «Signallar signali» bo‗lgan so‗z konkret 
narsa va hodisalardan yiroqlashishga imkon beradi. Nutq signallarining taraqqiy 
etishi umumlashtirish va yiroqlashishni mumkin qilib qo‗ydi, bular esa odamning 
tushunchalarida o‗z ifodasini topadi. Ikkinchi signal tizimi odamning iltimoiy 
hayotiga chambarchas bog‗liq bo‗lib, individium bilan uning atrofidagi ijtimoiy 
muhit o‗rtasida mavjud bo‗lgan murakkab o‗zaro munosabatlar natijasidir. Nutq 
signallari, nutq, til kishilarning aloqa vositalari bo‗lib, jamoaviy mehnat jarayonida 
taraqqiy etgan. Shunday qilib, ikkinchi signal tizimi jamiyat taqozosi bilan kelib 
chiqadi. 
Jamiyatdan tashqarida — boshqa kishilar bilan aloqa qilmagan taqdirda 
ikkinchi signal tizimi taraqqiy etmaydi. Yovvoyi hayvonlar olib qochgan bolalarning 
yirtqichlar uyasida omon qolib, voyaga yetish hodisalari tasvir etilgan. Ular nutqni 
tushunmagan va so‗zlashni bilmagan. Yoshlikda odamlardan necha o‗n yillab 
yakkalanib qolgan kishilarning nutqni unutib yuborganliklari ham ma‘lum; ularda 
ikkinchi signal tizimi ishlamay qo‗ygan. 
Oliy asab faoliyati haqidagi ta‘limot ikkinchi signal tizimining ishlash 
qonuniyatlarini ochishga imkon berdi. Qo‗zg‗alish va tormozlanishning asosiy 
qonunlari birinchi va ikkinchi signal tizimlari uchun umumiy qonuniyatlar ekanligi 
aniqlandi. Odam katta yarim sharlar po‗stlog‗ining har bir pushtasi nutqni eshitish va 


151 
ifodalash zonalari, ya‘ni nutqning sensor va motor markazlari bilan bog‗langan holda 
qo‗zg‗aladi.
Qanday bo‗lmasin tovush yoki yorug‗lik signaliga, masalan, qo‗ng‗iroq 
tovushiga yoki qizil chiroqning yalt etib yonishiga doir shartli refleks vujudga 
kelgach, shartli signalning so‗zdan iborat ifodasi, ya‘ni «qo‗ng‗iroq», «qizil» so‗zlari 
shartsiz ta‘sirlovchi bilan birga qo‗llanilmasdan turib shartli refleksni darrov yuzaga 
chiqaradi. Tajriba aksincha olib borilganda — so‗zdan iborat signalga doir shartli 
refleks hosil qilinganda, ya‘ni «qo‗ng‗iroq» yoki «qizil chiroq» so‗zlari shartli signal 
bo‗lganda ilgari hech qachon shartsiz ta‘sirot bilan birga qo‗llanilmagan qo‗ng‗iroq 
tovushi yoki qizil chiroqning yonishi ta‘sirlovchi sifatida birinchi marta qo‗llanishi 
bilanoq shartli refleks kuzatildi. 
L.I. Kotlyarevskiyiing ba‘zi tajribalarida ko‗zni qorong‗ilatish (qorachiqning 
kengayishiga sabab bo‗ldi) shartsiz ta‘sirlovchi sifatida qo‗llanildi. Ayni vaqtda 
qo‗ngiroq tovushi shartli ta‘sirlovchi bo‗ldi. Qo‗ng‗iroq tovushiga doir shartli refleks 
hosil bo‗lgach, «qo‗ng‗iroq» so‗zi aytilishi bilanoq shartli refleks vujudga kelaverdi. 
Buning ustiga, tekshiriladigan kishining o‗zi shu so‗zni aytganda ham qorachiqning 
torayish yoki kengayish shartli refleksi yuzaga chiqaverdi. Ko‗z soqqasini bosish 
(yurak urishining refleks yo‗li bilan siyraklanishiga sabab bo‗ldi) shartsiz ta‘sirlovchi 
sifatida qo‗llanilganda ham shunday hodisalar kuzatildi. 
Shunday shartli reflektor reaksiyalarning kelib chiqish mexanizmi shunga 
bog‗liqki, nutq o‗rganish jarayonida, tajribalardan ancha oldin miya po‗stlog‗ining 
turli buyumlardan keluvchi signallarni idrok qiluvchi nuqtalari bilan buyumlarning 
so‗zlardan iborat ifodalarini idrok etuvchi nutq markazlari o‗rtasida vaqtincha 
aloqalar vujudga kelgan. Shunday qilib, odamning miya po‗stlog‗ida vaqtincha 
aloqalar hosil bo‗lishida nutq markazlari qatnashadi (46-rasm). Yuqorida tasvir 
etilgan tajribalarda biz 
elektiv irradiasiya 
hodisasini ko‗ramiz. Elektiv irradiasiya 
shundan iboratki, birinchi signal tizimining qo‗zg‗alishi ikkinchi signal tizimiga va 
ikkinchi signal tizimidan birinchi signal tizimiga o‗tadi. Elektiv irradiasiya 


152 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish