G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish va tormozlanish induksiyasi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish va tormozlanish induksiyasi. 
Tormozlovchi agent qo‗llanilgach (masalan, differensiallangandan keyin) bir necha 
sekund mobaynida shartli ta‘sirotlar effekti bir qancha hollarda ancha kuchayib 
qolishi shartli reflekslarga doir tajribalarda payqalgan edi. Xuddi shuningdek, ijobiy 
shartli ta‘sirlovchilardan keyin differensiallanuvchi agentning tormozlovchi ta‘siri 
kuchayadi. Bu markaziy asab tizimining boshqa bo‗limlariga ham xos bo‗lgan 
musbat va manfiy ketma-ket induksiya natijasidir (tormozlanishdan keyin 
qo‗zg‗alish jarayoni ro‗y beradi, qo‗zg‗alishdan keyin esa tormozlanish jarayoni 
boshlanadi). Tormozlovchi agent ta‘sir etib bo‗lgach faqat dastlabki sekundlarda 
musbat induksiya hodisalari ro‗y beradi (tormozlovchi agent ta‘sir etgandan keyin 
ijobiy refleksning kuchayishi), so‗ngra musbat induksiya hodisalari o‗rniga shartli 
reflekslar susayadi. Shunga asoslanib, tormozlanish irradiasiyasidan oldin induksiya 
hodisalari ro‗y beradi, deb xulosa chiqarildi. Tormozlovchi agent po‗stlog‗ida 
konsentrlangan tormozlanish jarayonini vujudga keltirgandagina induksiya hodisasi 
ro‗y beradi. 
Musbat yoki manfiy induksiya fenomenlari kontrast hodisalariga ko‗p jihatdan 
o‗xshaydi, bular resepsiya a‘zolarini tekshirishda tasvir etilgan edi. 
4.14.Shartli reflektor faoliyatining patologik buzilishi 
I. P. Pavlov shartli reflektor faoliyatning asosiy qonuniyatlarini aniqlab, bu 
faoliyatning buzilishini ham o‗rgangan. Oliy asab faoliyatining eksperimental 
patologiyasi asoslari shu tariqa yaratilgan, bu esa psixiatriya va klinik nevrologiya 
uchun ayniqsa muhimdir. 
Ko‗pgina zaharlardan birdaniga yoki surunkasiga zaharlanish, yuqumli 
kasalliklar, turli a‘zolar funksiyasining buzilishi, jumladan, qon aylanishi, nafas, 
ovqat hazm qilish, chiqarish a‘zolari faoliyatining buzilishi, og‗rituvchi ta‘sirotlar, 
endokrin bezlar faoliyatining o‗zgarishlari va shunga o‗xshashlar oliy asab 
faoliyatining patologiyasiga sabab bo‗la oladi. 


142 
Eksperimental nevrozlar degan patologik holatlar alohida diqqatga sazovor. 
Ular katta yarim sharlar po‗stlog‗ining patologik holati bo‗lib, asab tizimi yoki 
organizmning boshqa a‘zolari shikastlanmasdan turib vujudga kelishi mumkin. 
Eksperimental nevroz oliy asab faoliyatining funksional buzilishidan iborat. Bosh 
miya faoliyati qiyinlashganda, asab jarayonlarini o‗ta zo‗riqtiradigan sharoitda 
eksperimental nevroz ro‗y berishi mumkin. Masalan, juda kuchli shartli va shartsiz 
ta‘sirotlar qo‗llanilganda, murakkab va nozik differensirovkalar hosil qilinganda (bir-
biriga yaqin ikki tonni yoki bir-biriga o‗xshaydigan ikki shaklni differensiallash), 
tormozlovchi signallar uzoq (bir necha minut) qo‗llanilganda va tormozlovchi 
ta‘sirotdan shartli ta‘sirotga tez o‗tilganda ko‗pincha eksperimental nevrozlar 
kuzatilgan. 
Oliy asab faoliyatining patologik holati ko‗pincha hayotga xavf tug‗diruvchi 
vaziyat ro‗y berishi natijasida kelib chiqqan. A. D.Speranskiy kuzatgan eksperimental 
nevroz shu jihatdan ibratlidir. Leningraddagi (hozirda Sankt-Peterburg) katta toshqin 
vaqtida suvdan zarar ko‗rgan itda normal shartli reflektor faoliyat buzilgan: shartli 
reflekslarni tekshirish tajribasi vaqtida it ovqat yemay qo‗ygan va barcha shartli 
reflekslari yo‗qolib ketgan. Oliy asab faoliyati faqat ½ oydan keyin birmuncha 
normal holatga kelgan. Ammo, tajriba xonasiga suv oqimini qo‗yish bilanoq shartli 
reflekslar yana buzilavergan. Jildirayotgan suvning tovushi va poldagi halqobni 
ko‗rish toshqin vaqtida hayvonga ta‘sir etgan shartsiz ta‘sirlovchilarning shartli 
signallari bo‗lib qolgan va shu sababli patologik holatning takrorlanishiga sabab 
bo‗lgan. 
Eksperimental 
nevrozlar 
yoki 
tormozlanishning 
susayishida, 
yoki 
qo‗zg‗alishning susayishida yoki ikkala jarayon harakatchanligining o‗zgarishida 
namoyon bo‗ladi. Tormozlanish jarayonining kuchi kamayganda ta‘sirotlarni 
differensiallash buziladi, shartli reflekslar so‗nadi va kechikadi; qo‗zg‗alish jarayoni 
susayganda 
esa 
shartli 
reflekslar 
miqdori 
kamayadi. 
Asab 
jarayonlari 
harakatchanligining o‗zgarishi ularning yo inertligi (faoliyasizligi) da, yoki haddan 
tashqari harakatchanligida, anchagina irradiasiyaga moyilligida namoyon bo‗ladi. 


143 
Eksperimental nevrozlarda shartli signallar kuchi bilan shartli refleks miqdori 
o‗rtasidagi nisbatlar ko‗pincha xarakterli ravishda o‗zgaradi. 
Nevroz holati avj ola boshlaganda 
baravarlovchi faza
kuzatiladi: turli kuchdagi 
ta‘sirlovchilar taxminan teng reflektor javobni yuzaga chiqara boshlaydi. Bu fazadan 
keyin 
paradoksal faza
keladi; unda shartli signal kuchi bilan shartli refleks miqdori 
o‗rtasidagi normal nisbat buziladi: kuchli shartli signallar kuchsiz effektni, kuchsiz 
shartli signallar esa kuchli effektni yuzaga chiqaradi. Nevroz holati yanada avj 
olganda kuchli, shuningdek, kuchsiz shartli signallarning effektlari juda ham susayadi 
(narkotik faza). Nihoyat, muayyan hollarda 
ultraparadoksal fazani
kuzatish mumkin. 
Bu fazaning xarakterli belgisi shuki, ijobiy shartli signallar tormozlovchi effekt 
beradi, tormozlovchi shartli signallar esa, aksincha, ijobiy shartli reaksiyaga sabab 
bo‗ladi. 
Baravarlovchi, paradoksal va ultraparadoksal fazalar ko‗p kunlar va hatto 
haftalar davom etishi mumkin. Ba‘zan nevroz holati barqaror bo‗lganda shartli 
signallar kuchi bilan shartli refleks miqdori o‗rtasidagi anormal nisbatlar surunkali 
tus oladi. 
Bedorlik holatidan uyquga o‗tishda eksperimental nevroz bo‗lmaganda ham 
ba‘zan shunga o‗xshash hodisalar uchraydi. Ayni vaqtda itlar ustidagi tajribalarda 
ko‗pincha shunday holatlar kuzatiladiki, ovqatlanish shartli refleksining sekretor 
komnonenti saqlangani holda harakat komponenti tormozlanadi: shartli signalning 
ta‘siriga javoban so‗lak chiqadi-yu, hayvonga hatto ovqat berilgandan keyin ham, u 
ovqat idishi sari harakatlanmaydi. Murakkab reaksiyadagi ayrim komponentlarning 
shunday ajralib qolishi gipnozda ham qayd qilinadi. I. P. Pavlov gipnozga butun miya 
po‗stlog‗ini emas, balki uning katta bo‗lagini o‗z ichiga olgan juz‘iy (parsial) uyqu 
deb qaragan edi. 
Yuqorida sanab o‗tilgan fazalar N. Ye. Vvedenskiy kashf etgan parabioz 
fazalariga o‗xshash ekanligi e‘tiborni jalb etadi. Ammo, bu o‗xshashlik faqat yuzaki 
o‗xshashlikmi yoki shartli tormozlanish bilan N. Ye. Vvedenskiy tasvir etgan 


144 
parabiotik tormozlanishning tabiati asos e‘tibori bilan birligidan kelib chiqadimi, bu 
masala hali ravshan emas. 
Nevroz holatlari yo butun yarim sharlar po‗stlog‗ini yoki uning o‗ta zo‗riqqan 
va funksional jihatdan susaygan ayrim qismlarini o‗z ichiga olishi mumkin. Miya 
po‗stlog‗idagi ayrim qismlarning funksiyasi buzilgan taqdirda oliy asab faoliyatining 
o‗zgarishlari ko‗ruv yoki eshituv, yoki terining muayyan reseptorlariga ta‘sir 
etilgandagina aniqlanishi mumkin. 
M. K.Petrovaning kuzatishlariga qaraganda, chuqur nevroz holatlari somatik 
buzilishlarga, masalan, terining ekzematoz zararlanishiga, ba‘zi umumiy 
kasalliklarning yomonlashuviga va zo‗riqishiga sabab bo‗lishi mumkin. 
Oliy asab faoliyatining buzilishi bir necha kun va haftalardan ko‗p yillargacha 
kuzatilishi mumkin. Miya po‗stlog‗idagi patologik holatning chuqurligi va qancha 
davom etishi uning sababiga va hayvonning individual xususiyatlariga — asab 
tizimining tipiga bog‗liq. 
Asab jarayonlarining o‗ta zo‗riqishi sababli hayvonda kelib chiqqan patologik 
holatlarni bartaraf qilish uchun dam beriladi, ya‘ni shartli refleks tajribalari bir necha 
hafta yoki oylab to‗xtatib qo‗yiladi va tajriba sharoiti yengillashtiriladi (buning uchun 
nevroz holatini vujudga keltirgan ta‘sirotlar qo‗llanilmay turadi). Shartli reflektor 
faoliyatning buzilishini tuzatish uchun brom va kofein tuzlari dori moddalar sifatida 
ishlatilib, yaxshi natijalar olinadi. Natriy bromid tormozlanish jarayonlarini, kofein 
esa qo‗zg‗alish jarayonlarini kuchaytiradi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish